▫️Samarqand viloyati prokuraturasi tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i A.Vaxobov tomonidan, Investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi hamda erkin iqtisodiy zonasi xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan uchrashuv o’tkazdi.
▫️Uchrashuvda, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, ushbu turdagi jinoyatlarni oqibatlari xususida to‘xtalib o‘tilib, bu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.
▫️Bundan tashqari, hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda Urgut EIZ va kichik sanoat zonalaridagi loyihalar oʻrganildi.
▫️Shuningdek, A.Vaxobov tumandan amalga oshirilayotgan hududiy investitsiya loyihalari bilan tanishildi va loyiha tashabbuskorlarining taklif va muammolarini ijobiy hal qilish boʻyicha topshiriqlar berilib, ijrosi yuzasidan tegishli masʼullarga vazifalar belgilandi.
✅ @urgut_axborot
📝
Facebook 💻
Instagram
🎞
Youtube 🌍 urgut.uz