World Boxing tashkiloti tuzilganidan buyon ilk marta o‘smirlar o‘rtasida (15 yoshgacha va 17 yoshgacha) Osiyo chempionati tashkil qilibdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Gap turnir haqida emas, undagi bitta jang haqida. Musobaqada 40 kg vazn toifasida ishtirok etish uchun olib borilgan Kamron Komilov birinchi jangidayoq turkmanistonlik bokschiga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan. Ikkinchi suratda hisob qanchalik yirik bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin.
Jang davomida o‘zbekistonlik bokschi ikki marta nokdaun holatiga tushib qolgan. Ya’ni ikki marta unga nisbatan hisob ochilgan.
Boksimiz kelajagi zo‘r deb maqtanamiz, ana shu kelajak bo‘lishi kerak bo‘lganlardan biri esa boksi uncha rivojlanmagan Turkmanistonga mana shu tarzda yutqazmoqda.
Mag‘lubiyatlar bo‘lib turadi deyishingiz mumkin, lekin gap boshqa joyda. Ma’lum bo‘lishicha, Kamron O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning ukasi, murabbiy Farrux Qilichevning
o‘g‘li ekan.
Yanada qiziq holat, u o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogida birinchi bosqichdayoq mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadan chiqib ketgan (3-surat). Birinchi bosqichdayoq yutqazib chiqib ketgan bolalarni Osiyo miqyosidagi (yaxshiyam hali bu jahonmas va yaxshiyam raqib Turkmanistondan ekan) olib borish qanday oqibatlar keltirib chiqarishiga bundan yaxshiroq misol topib bo‘lmasa kerak.
@gosportuz