Yosh tadbirkorlarimiz yurtimiz mahsulotlarini dunyoga tanitmoqda!
Yurtimizdan yetishib chiqayotgan yosh, salohiyatli tadbirkorlarning muvaffaqiyatlari bugun nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro miqyosda ham e’tibor qozonmoqda. Shunday yosh va shijoatli tadbirkorlarimizdan biri —
Sa Group holdingi rahbari
Sardorjon Tursunovdir.
Mazkur holding bazalt tolasidan innovatsion qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ichki bozor bilan bir qatorda xorijiy mamlakatlarga ham eksport salohiyatini oshirib bormoqda.
Ayni kunlarda Sardorjon Tursunov Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida u Afg‘oniston – O‘zbekiston hamda Turkiya – O‘zbekiston biznes forumlarida faol ishtirok etib, qurilish, ishlab chiqarish va logistika kabi strategik sohalarda ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Forum doirasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar xorijiy kompaniyalar bilan amaliy hamkorlik poydevorini yaratishga xizmat qildi. Bu O‘zbekiston yoshlari ham endi tashabbuskor, dadil va xalqaro iqtisodiy maydonda o‘z o‘rniga ega ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Mazkur forum O‘zbekiston
Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda Akfa Group, UzTex, Artel Electronics Group, Basalt Uzbekistan, Kvarts kabi yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.
Bu kabi tashabbuslar — oddiy safarlar emas. Ular orqasida yurtimiz kelajagi, investitsiya, ish o‘rinlari, yangi imkoniyatlar turibdi. Sardorjon kabi yoshlar safi kengaysa, kelajak biz kutganidan-da yorqin bo‘ladi!
#YoshlarKelajagi #Tadbirkorlik #SardorjonTursunov #UzbekistonMahsuloti #Innovatsiya #BazaltTexnologiyasi #SaGroup #BiznesHamkorlik #MadeInUzbekistan