- Turmush o‘rtog‘im o‘qituvchi, - deydi Boldir mahallasilik Nilufar Toshboyeva. – U kishi maktabda o‘quvchilarga, dehqonchilik borasida menga ustoz. Fevral oyining oxirlarida ekilgan kartoshka gulga kirayapti. Mayning oxirlarida kartoshkani yig‘ishtirib o‘rniga bodring ekiladi. Kuzda bodringdan bo‘shagan yerni esa to‘qsonbosti ismaloq, sarimsoqpiyoz “band” etadi. Bundan tashqari, tomorqada pomidor, loviya, baqlajon, bulg‘or qalampiri, karam, piyoz, sabzi singari sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Ro‘zg‘orimiz kichkina, ortgani sotiladi. Hovlida mevali daraxtlarning barcha turidan bor. Ikki bosh ona-bola sigirning sut-qatig‘i, 15-20 parrandadan keladigan foyda bari ro‘zg‘orga baraka kiritadi.
📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz