Xalq bilan hamnafas
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi Zebiniso Raxmonova Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Samarqand viloyat boshqarmasiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko’zlangan maqsad soha faoliyatini o’rganish orqali xodimlarga yetarlicha qulay shart-sharoitlar yaratish, muammolarini bartaraf etish hamda ularning taklif va mulohazalarini eshitishdan iborat.
Deputatlar dastlab boshqarma laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, laboratoriyalarda nafaqat yurtimizda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, balki eksport qilinadigan mahsulotlar ham xavfsizlik ko’rsatkichlari bo’yicha tekshirilib, ularga sanitariya-epidemiologik xulosa berilishi aytib o’tildi.
Bu esa o’z navbatida tadbirkorlarga amaliy yordam bo’layotganligi ta’kidlandi.
Virusalogiya laboratoriyasida yuqumli kasalliklarga qarshi ishlar olib borilayotganligi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida boshqarma tomonidan bir necha xizmatlar raqamlashtirilganligi ta’kidlandi.
Organish jarayonida Zebiniso Raxmanova xodimlar bilan fikr almashib, ularning tizim faoliyatini yanada yaxshilash uchun takliflari, tavsiya va muammolarini ham tingladi. Xodimlar bilan o’tgan uchrashuvda ekologiya va atrof-muhitni toza saqlash, emlash kalendari ahamiyati, fuqarolarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim masalalarga to’xtalib o’tildi. Bundan tashqari, bog’chalarning sanitar holatini yaxshilash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.
- Bugungi kunga kelib yuqumli kasalliklarning soni tobora ortib bormoqda. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish eng muhim vazifalardan biri, – deydi deputat Zebiniso Pulatovna. – Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar faqat markazlarda emas, yurtimizning eng chekka hududlariga ham yetib borishi lozim.
#samarqandmtrk
Telegram |
Facebook |
Youtube |
Admin