✅Yunus Rajabiy (1897-yil 5(17)-yanvar, Toshkent — 1976-yil 23-aprel) — O‘zbekiston xalq artisti, milliy san’at fidoyisi
🔹Yunus Rajabiy — milliy musiqa san’atimizning yirik namoyandasi, bastakor, kompozitor, musiqachi va folklorshunos olim. U notalar yozuvini o‘zbek musiqa amaliyotiga olib kirgan, avloddan avlodga og‘zaki yo‘l bilan yetib kelgan 1500 dan ortiq xalq kuy-qo‘shiqlarini notaga tushirib, musiqiy merosimizni abadiylikka muhrlagan.
🔹U “Muqanna”, “Qasos”, “Zaynab va Omon”, “Nazira” kabi spektakl va operalarga musiqa bastalagan, “Segoh”, “Farg‘ona”, “O‘yin bayoti”, “Paxta” kabi milliy kuylar muallifi. Ustoz san’atkor o‘zbek musiqa madaniyatining asoschilaridan biri sifatida tan olingan.
🔹Hozirgi kunda Toshkent metropolitenidagi "Yunus Rajabiy" bekati va uy-muzeyi (Kosmonavtlar bekati yaqinida) san’atsevarlar uchun muqaddas maskanga aylangan.
#FilarmoniyaUz #MusiqaMuhabbat #bastakorhayoti
✅Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM |
INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB SITE