📋 “Hakamlar akademiyasi”ga kirish uchun saralash jarayonlari boshlandi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida “Hakamlar akademiyasi”ga saralash jarayonlari boshlandi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan yosh va iqtidorli hakamlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida O’FA birinchi-vitse prezidenti Ravshan Irmatov, O’FA texnik direktori Gi Kiala yosh hakamlarga omad tiladi va tajribali instruktorlar saralash jarayonlari tartibi, baholash mezonlari va hakamlik qoidalari haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Shundan so‘ng, amaliy mashg‘ulotlarga start berildi, ishtirokchilarning o‘yin davomidagi xatti-harakatlari Ravshan Irmatov, Bobur Haydarov, Aleksandr Popov va Vladislav Seytlin tomonidan baholab borildi.
⚡️ t.me/FAUzbekistan