O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
AL
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
6.04%
ER (semana)
15.05%
ERRAR (semana)

PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

fb.com/IQAlisher

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 53 resultados
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
35
7
1.0 k
Yaxshi yashash uchun xarajat, mashaqqat va mas’uliyatga to’la oliy ta’lim yagona yo’l emas! Yoshlarimizni bu qarashdan qutqarishimiz kerak!

Maktabning so’nggi uch sinfi va undan keyin o’z tanlovi bilan kasb-hunar texnikumlarida nafaqat O’zbekiston, balki postsovet hududi, Sharqiy Yevropa va turkiy dunyo mehnat bozorlari talablariga uyg’un til va kasbga tayyorlash, xalqaro standarlardagi malaka darajasiga erishishimiz kerak.

Bu nafaqat yoshlarimizni jozibali daromad bilan ta’minlash, balki Rossiyaning tobora bosim quroliga aylanib borayotgan migratsiya siyosatidan qutulish uchun ham zarur.

Germaniya G’uzorda bir guruh yoshlarga nemis standartlariga muvofiq kasb o’rgatmoqda.

@alisherQodir
26.04.2025, 06:34
t.me/alisherqodir/2570
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
41
7
947
Qashqadaryoning Gʻuzor tumanidagi "Dashtobod" mahallasida 3 mingdan ortiq xonadon yashaydi.

Ular pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, xonadonlar orasida daromadni ko‘p-kamligi bilan raqobat qiladilar. Zarur bo’lgan ko‘chat, o‘g‘it va plyonka mahallani o‘zida ishlab chiqarilmoqda.

Bironta ham ko‘makka muhtoj, bolasi xorijga ishlashga ketgan va ajrashgan oilani yo‘q ekanligi tabiiy qabul qilinadi.

Mahalladagi Hokim yordamchisi bilan pomidorni ikkilamchi qayta ishlash, eksport qilish istiqbollari va bu maqsadlar uchun muqobil energetika ahamiyatini muhokama qildik…

Mahallada bozor iqtisodiyoti ishlayapdi.

@alisherQodir
25.04.2025, 17:04
t.me/alisherqodir/2569
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
11
1.4 k
Bugun Qashqadaryoda ishlaymiz.

O’zbekiston-2030 strategiyasi va partiya dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirilish holatini xalq vakillari bilan birga tahlil qilamiz va Hukumat bilan muhokamaga tayyorgarlik ko’ramiz.

@alisherQodir
24.04.2025, 10:55
t.me/alisherqodir/2568
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
11
1.4 k
24.04.2025, 10:55
t.me/alisherqodir/2567
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
86
11
1.4 k
24.04.2025, 10:55
t.me/alisherqodir/2566
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
456
77
2.8 k
Rus siyosatchilari O’zbekistonda rus madaniyati va rus tiliga bo’lgan munosabatni yomonlashtirish uchun hamma yo’llarni sinab ko’rishmoqda.

Nega O’zbekistonda yoshlar hech kim eslatib turmasa ham ingliz, nemis, turk va arab tillarini o’rganishga harakat qiladilar?

So’rab olingan hurmat va yolg’on yaratilgan ehtiyojdan faqat teskari natija bo’lishini vazir Lavrov bilmasligi mumkin emas.

@alisherQodir
23.04.2025, 15:47
t.me/alisherqodir/2565
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
55
12
1.6 k
Maxluqot ichida insonni mukarramligi uni manfaatlariga erishish imkoniyatida emas, to‘g‘ri manfaat va maqsadni belgilay olish imkoniyatini beradigan tafakkuridadir.

O‘zbekiston fidoyilari bo‘lgan idoralar hamkorlikda O‘zbekistonda kitob o‘qish haftaligini tashabbus qildik.

Umidimiz, haftalar oylarga, oylar yillarga aylanib ketadi va O‘zbekistonni ma’rifatli insonlar yurtiga aylantiramiz.

@alisherQodir
22.04.2025, 16:17
t.me/alisherqodir/2564
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
86
20
1.4 k
Barqaror muvaffaqiyat - muvaffaqiyatni to’g’ri boshqarishdir.

Husanovni ortidan Hasanovlar ham kelishi, illatimizdek - natijani e’tirof va olqishlarga bo’g’ib tashlamasligimizga bog’liq.

Muvaffaqiyat uchun o‘jarlik yoki yiqilgandan keyin turish - murabbiy va futbolchilarimiz uchun xususiyatga aylanmoqda. Bu “xususiyat” futboldan toshib barcha yoshlarga “yuqushi” kerak.

@alisherQodir
21.04.2025, 07:02
t.me/alisherqodir/2563
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
98
30
1.2 k
Turkiy davlatlarni birlik va hamjihatligi uchun Markaziy Osiyo iqtisodiy qudratli mintaqaga aylanishi kerak. Shu sabab mintaqa davlatlari rivojlanish imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanishga majburlar.

Imkoniyati bo’lmagani uchun Turkistonni bosib olinishiga rozi bo’lgan Turkiya, Markaziy Osiyo nima uchun Shimoliy Kipr va Qirimni alohida tarozilarda torta olmasligini to’g’ri tushunishi kerak.

Turkiy dunyo yetarli darajada sinalib bo’lgan, endi mustahkam ishonch ildiz otishi kerak.

@alisherQodir
19.04.2025, 17:18
t.me/alisherqodir/2562
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
97
36
1.5 k
Tashqi ishlar vaziri B.Saidovga Xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida parlament so’rovi yuborildi.

@alisherQodir
15.04.2025, 15:49
t.me/alisherqodir/2561
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
69
43
2.5 k
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 46-moddasiga 2-qo‘shimcha kiritilmoqda:

Sun’iy intellektdan foydalanib, shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov bergan va tarqatganlarni ish qurollari musodara qilinadi, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinadi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravargacha jarimaga tortiladi!

@alisherQodir
15.04.2025, 15:00
t.me/alisherqodir/2560
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
64
25
2.4 k
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunda haydovchilik huquqidan mahrum qilingan fuqaroni profilaktik ro‘yxatga olish va uni huquqdan mahrum qilingan davrda nazorat qilish haqidagi normani ma’qullamadik.

Ertaga yalpi majlisda ushbu normaga qarshi ovoz beramiz, biroq fraksiyamizning ovozi yetmay qolishi ham mumkin.

@alisherQodir
14.04.2025, 14:58
t.me/alisherqodir/2559
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
72
40
1.8 k
Erkinlik hayotiy zarurat, busiz taraqqiyot bo‘lmaydi, lekin sharti - ochiqlik, mas’uliyat va javobgarlikdir!

Axborot maydonida haqorat, kamsitish, tahqirlash og’ir jinoyatga tenglashtirilishi va jiddiy jazolanishi kerak.

Kimgadir adovat sochish uchun “xalq” so’zidan qalqon yasab olayotganlar ortib bormoqda. Xalq fikrini ifoda qilish huquqi kimga berilgani Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan (10-modda), qolgan hamma o‘z nomidan gapirishi, muhokama, munozara qilishi va oqibatini zimmasiga olishni o‘rganishi kerak.

Afsuski, juda yomon tajriba, biznes va boshqaruv tor manfaatlarga erishish uchun shaxsiyat va farosatda majruhlarni internet tarmog‘ida muvofiqlashtirish va yo‘naltirishni o‘rganib oldi. Qonunlar bunday manipulyatorlarni to‘xtatishi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar keskin chora ko’rishi kerak (tavsiya qilaman, «Нулевой день» teleserialini ko‘rib chiqing).

Bunday axborot loyihalari vaqti bilan boshqarib bo‘lmaydigan maxluqqa aylanib ketib, birinchi navbatda mualliflari, keyinchalik, minglab yosh-u qari, katta-yu kichikni xonavayron qilishi mumkinligini Ukraina inqirozi yaqqol ko‘rsatib bermadimi?

Internet daromad ko‘rish bilan birga shaxsiy qarashlarni izoh qiladigan maydon ekanligi, albatta, yaxshi, bu so‘nggi davrning eng foydali kashfiyotlaridan biri, buni olqishlaymiz. Lekin erkinlik ekan deb, tartib va madaniyat chegaralarini buzadigan beboshlar bilan murosani to‘xtatish kerak.

“Milliy tiklanish” partiyasi bu masalada qonunga taklif tayyorlab, jamoatchilik bilan muhokama qilmoqchi.

@alisherQodir
11.04.2025, 07:56
t.me/alisherqodir/2558
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
36
18
903
Davlatlar ham insonlardek hisoblarida adashib zarar ko‘radilar. Zararning ko‘lami yoki xatodan chiqarilgan xulosa inson, millat yoki davlatning oqibatini belgilaydi.

Qondosh xoqonlar tarqoqligining oqibatlaridan xulosa qilmagan sarkarda sultonlarimiz turkiylarning sargardonliklarini asrlar davom etishiga yo’l ochdilar.

Bugungi turkiy davlatlarning o'zaro munosabati tarixdan to’g’ri xulosalar qilinganidan darak bermoqda.
🇺🇿🇹🇷🇰🇿🇦🇿🇰🇬🇹🇲🇹🇯

@alisherQodir
9.04.2025, 08:37
t.me/alisherqodir/2557
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
52
19
1.2 k
Davlatimiz rahbarini Parlamentlararo ittifoqning Toshkentda o‘tayotgan sammitida ishtirok etayotgan 140 dan ortiq davlatning 2 mingga yaqin deputatlariga murojaati va dunyoni notinch qilayotgan muammolar bo’yicha fikrlarini qo’llab-quvvatlaymiz:

Ukraina inqirozi BMT rahbarligida, amaldagi xalqaro huquq normalari asosida hal etilishi kerak;

Falastin inqirozi uchun yagona yechim “ikki xalq uchun - ikki davlat” tamoyilidir;

Afg’oniston muammolari bilan yolg’iz qoldirilmasligi kerak;

Qayta tiklanadigan energiyaga ustuvorlik berish, “yashil” texnologiyalarga o’tishni rag’batlantirish – kelajak avlodlar oldidagi majburiyatimizga aylandi;

Sun’iy intellekt sohasida butun dunyoda o’yin qoidalari bir xil bo’lishi lozim;

Parlamentlararo ittifoq tizimida Yoshlar parlamentlarining global platformasi kerak;

Butun dunyo kambag’allikdan qutulish yo’lini birgalikda izlashi kerak. Masalani birinchi bo’lib Toshkent konferensiyasida muhokama qilishga tayyormiz.

@alisherQodir
8.04.2025, 08:02
t.me/alisherqodir/2556
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
74
17
1.3 k
Markaziy Osiyoni nizolarga to‘la munosabatlardan ittifoqchilik va barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik makoniga aylantirgan O‘zbekiston tashqi siyosati, dunyoni tobora borsa-kelmas nuqtaga yetaklayotgan yirik davlatlar uchun qo‘llanma bo‘lishi mumkin.

Milliy manfaatlarda murosasizlik yoki inson huquqlari masalasida yagona o‘lchovlar joriy qilishga intilish yuz minglab aybsizlar, jumladan bolalar va ayollar umriga zomin bo‘lmoqda. Ikki xil standartdan tortinmayotgan bir qator davlatlar murosa nuqtasini topishda O‘zbekiston tajribasini yaqindan o‘rganishlari kerak.

Ishonchim komil, Samarqand sammiti faqat Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi aloqalarini o‘zgarishi bilan cheklanib qolmaydi.

@alisherQodir
2.04.2025, 07:18
t.me/alisherqodir/2555
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
65
17
1.0 k
31.03.2025, 14:22
t.me/alisherqodir/2553
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
17
1.1 k
Markaziy Osiyoda ittifoqchilik muhitini mustahkamlanib borishi O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyatidir. Bu mintaqada azaldan kuchni adolatda ekanligiga bo‘lgan qat’iy ishonch bilan ham bog‘liq.

Balki global inqirozga sabab bo‘layotgan barcha taraflarni Samarqandda muzokaraga jamlash haqida ham o‘ylab ko‘rish kerakdir…

@alisherQodir
31.03.2025, 14:22
t.me/alisherqodir/2554
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
1
1
31.03.2025, 14:21
t.me/alisherqodir/2551
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
1
Markaziy Osiyoda ittifoqchilik muhitini mustahkamlanib borishi O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyatidir. Bu mintaqada azaldan kuchni adolatda ekanligiga bo‘lgan qat’iy ishonchi bilan ham bog‘liq.

Balki global inqirozga sabab bo‘layotgan barcha taraflarni Samarqandda muzokaraga jamlash haqida ham o‘ylab ko‘rish kerakdir…

@alisherQodir
31.03.2025, 14:21
t.me/alisherqodir/2552
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
59
11
738
O’zbekistonimiz qudratli, xalqimiz huzur-halovatda saodatli bo’lsin!

Ramazon hayiti muborak!

@alisherQodir
30.03.2025, 05:42
t.me/alisherqodir/2550
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
130
40
1.5 k
Turkiyadagi tartibsizliklarda bir voqeaga e'tibor qaratishimiz kerak: bir guruh yoshlar mast holatda, Istanbuldagi qadimiy Shahzodaboshi jome masjidi devorlariga hojat qilib, tarixiy qabrlarni buzib tashlaganlar.

Bu toifa, o‘zligiga nafrat bilan ulg‘aygan qatlam osmondan tushib qolmagan, tizimli, uzoqqa mo‘ljallangan, jamiyatlarni ichidan buzish va vassallashtirishni maqsad qilgan global kuchlarning yuz yillardan beri olib borayotgan ishlarining natijasidir.

Turkiyada bu ishlar hosil beradigan darajada avval boshlangan. 1924-yilda Turkiya Respublikasi qurilganida Yevropa davlatlaridan ilm olamiz deb Yevropa maktablariga keng erkinliklar berilgan. Bu maktablar ilm bergan, bunga shubham yo‘q, lekin o‘zligidan nafrat etadigan sezilarli katta qatlam ham yaratishga erishgan. O‘z millati va qadriyatlaridan nafrat etadigan yoshlar, o‘sha maktablarni tugatgan avlodlarning nevaralaridir.

Bizda hosil yo‘q, lekin “daraxtlari” ekilmoqda. Bolalarimizga, albatta, eng zamonaviy bilim berishimiz shart, bilim dunyoning qayerida bo’lsa ham bilimdir va olinishi kerak, lekin tarbiyada milliy talablarimizni keskin belgilab, tatbiqida murosasiz bo‘lmasak, kelajakda boshimiz o’zimizdan chiqadigan balolar bilan og’rishi mumkin.

@alisherQodir
27.03.2025, 15:45
t.me/alisherqodir/2549
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
97
5
1.3 k
Bugun Navro‘z qutlamalarida uyg‘onish davrining go‘zal sadolari eshitildi.

Yangi davr birlashishni taqozo qilmoqda.
🇺🇿🇹🇷🇰🇿🇦🇿🇹🇲🇰🇬🇹🇯

@alisherQodir
21.03.2025, 19:06
t.me/alisherqodir/2548
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
55
16
1.7 k
Parlament davlatchiligimizda yangi institut. Parlamentdan foydalanish tafakkurining shakllanishi uchun 34 yil qisqa vaqt, ayniqsa, tobelik va boqimandalikni qadriyatdek singdirgan sovet qamoqxonasida mahkum bo’lgan millatlar uchun…

Ko’pchilik parlamentimiz faoliyatini vakolat va imkoniyatlari farqli bo’lgan parlament respublikalaridagi parlamentlar faoliyati bilan qiyoslab baholaydilar, tanqidlar, asosan, shu bilan bog’liq.

Samarali parlament jamiyatning siyosiy saviyasi yaratadigan kuchlanishga bog’liq ekanligini unutmaslik kerak.

Har ikki tomon takomillashish jarayonida. Savollar ko‘p, javoblar emas, vaqt kerak…

“Fikr yetakchilari” podkastida 2 soatdek qisqa vaqt bu maqsad yo’lida foydali bo‘ldi deb umid qilaman.
16.03.2025, 09:33
t.me/alisherqodir/2547
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
42
11
2.2 k
Yevropa va Markaziy Osiyoning og‘ir vaznli davlatlari orasidagi strategik sheriklik bo‘yicha kelishuv – geosiyosiy silkinishlar davriga kirayotgan har ikki mintaqalar uchun jiddiy ahamiyatga ega qaror.

@alisherQodir
15.03.2025, 17:34
t.me/alisherqodir/2546
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
37
26
1.5 k
Nodavlat va notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini shakllantirishda juda muhim. Ularni ochiq va shaffof bo‘lishi esa muhim shart.

Afsuski ayrim “do‘stlarimiz” ham shu davradan hamkor izlaydilar. Bu sohada qonunlar aniq va keskin bo‘lishi kerak.

“Milliy tiklanish” fraksiyasi fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida qonun tashabbus qilmoqda.

@alisherQodir
11.03.2025, 18:46
t.me/alisherqodir/2545
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
88
24
1.4 k
Cui prodest? (Kim manfaatdor?)

Qozilarning kaliti: jinoyatni ochmoqchi bo’lsang manfaatdorni top…

Bir vaqtlar Turkiyadan olabo’ji yasaganlar bugun Xitoydan yasamoqchi bo’lishmoqda.

Bundan kim manfaatdor va nimaga? Savol bering, eshitganingizga ishonib ketavermang. O’zbekistonda manfaat va muvozanatni yaxshi anglaydigan tizim bor.

@alisherQodir
11.03.2025, 16:08
t.me/alisherqodir/2544
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
72
35
2.3 k
Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashi majlisi, Davlat rahbarining Yoshlar bilan uchrashuvidan keyingi ikkinchi juda muhim strategik majlis bo‘ldi.

Dunyo jiddiy o‘zgarishlar ostonasida turibdi, avvalgi o‘lchovlar ishlamayapti. Mamlakat va uning manfaatlarini himoya qilish birinchi o‘rinda jamiyatning birligi va hamjihatligiga bog‘liq.

Yoshlarni oldini ochish – kelajak uchun muhim edi, Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashidagi qarorlar, asosan, bugunning muammolariga yechim bo‘lishi kerak.

Korrupsiya - hokimiyat va davlatga ishonchsizlik keltirib chiqaryapti! Bu – jiddiy xavf. Ichimizdan buzishga intilayotganlar aynan shu nuqtada birlashadilar.

Shuni hamma tushunishi kerak, mamlakatimizni rivojlanishiga xalaqit berayotgan illatlarni o‘zimiz hal etamiz. Yordam bermoqchi yoki manfaatdor hamkorlarimizni albatta, o‘z manfaatlari bo’ladi, Ukraina inqirozi buni bo‘yi barobar ko‘rsatib berdi, xulosa qilinishi kerak!

Muammolarimiz esa yetarli, ularni yechimi bo‘yicha hammani o‘z fikri bor, lekin qaror qabul qilish uchun vakolat berganlarimizni obro‘sizlantirish emas, ularning muvaffaqiyatidan manfaatdor bo‘lishimiz hayotiy muhim ahamiyatga ega. Takliflar, tanqidlar bormi, marhamat, shu qarash bilan yondashish lozim.

Illat bilan kurashyapmiz, lekin qonuninimiz yo‘q. Korrupsiya nima ekanligi qonunchilikda belgilanmagan, bu albatta, Parlamentning kamchiligi, tan oldik. Biz kiritgan qonun Prezident tomonidan qaytarilishi aytildi, qonunda milliy qadriyatlar va sinovdan o‘tgan xalqaro tajribadan yetarli darajada keng foydalanilmagan, asoslab berildi, demak, qonunni takomillashtiramiz.

Davlat xizmatchisi daromadiga mutanosib bo‘lmagan mulkka egaligini isbotlay olmasa, javob berishi kerak, juda to‘g‘ri. Davlat xizmatchisi kamtar bo‘lishi kerak, yoqmasa biznes qilsin, marhamat, lekin odamlarni hokimiyatga qarshi qayramasin!

Bolalikdan birovning haqqidan qo‘rqishni o‘rgatish – ajdodlar o‘giti, menimcha, masalaning fundamental yechimi. Davlat rahbari tomonidan yana bir bor tarbiyaga alohida e’tibor berildi. Birovning haqqidan qo‘rqmaydiganlarga esa shafqat bo‘lmasligi kerak. Bu masalada uzil-kesil va keskin yondashuv bo‘lgan e’tiqod mezonlaridan ham samarali foydalanilish kerak deb o‘ylayman.

Prezident Korrupsiya agentligi ishini keskin tanqid qildi, lekin yana imkoniyat berdi. Yosh, bilimli va dunyo ko’rgan rahbarlar kam, lekin jur’at va jasoratsiz natijaga erishib bo’lmaydigan davrda yashayotganimizga e’tiborini qaratdi.

Agentlikda dunyoqarashi keng, bilimli xodimlar yig‘ilgan, ko‘pini yaqindan taniyman, lekin illatga qarshi kurashayotganda murosasozlikdan kechib, millat kelajagi uchun murosasizlik qiladigan vaqt keldi. Bizni eng katta muammoyimiz ham “o‘zbekchilik”, keragidan ortiq andisha va qadriyatimizda madaniyat hisoblanadigan murosani manfaat yo‘lida ishlatib yuborilayotganidir, balki?

Davlat rahbari Milliy kengashda millatimizning illatlariga qarshi kurashda birlikka chaqirdi, zero Milliy taraqqiyot birlasha oladigan xalqlarga nasib qiladigan natijadir!

@alisherQodir
6.03.2025, 06:34
t.me/alisherqodir/2543
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
50
17
1.4 k
Tarix shunday bilimki, uni bilganlar imtihondan o’tadi. Haqiqat shuki, biz kechagina o’tgan kunlarimizni ham yetarli bilmaymiz.

O’tgan kunlaridan xulosa qilib, o’zini o’nglab olishga ulgurmagan xalqlarni kechirmaydigan kelajak oldimizda juda jiddiy imtihonlardan darak bermoqda.

Tarix institutini yillar tahlil qilib, muhit kutib, ikki ming nusxada nashr qiladigan kitoblarini odamlarga yetib borishini kutib o’tira olmaymiz, shunga o’xshagan podkastlar millionlab yoshlarimizga o’tmishimizdan to’g’ri xulosa chiqarib olishiga yordam berishi juda muhim.

@alisherQodir
4.03.2025, 07:22
t.me/alisherqodir/2542
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
100
31
1.6 k
“AQSH hech qachon Yevroosiyo qit’asida hal qiluvchi so’z sohibi bo’lmagan, ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo’lgan bu imkoniyat aql bilan foydalanilsa AQSHni dunyoning taraqqiyot lokomotiviga aylantiradi”

Z.Bjezinskiy “Buyuk shaxmat doskasi”.

AQSH Prezidenti Trampning Yevropa Ittifoqi tovarlariga boj joriy qilish va’dasini sharhlagan Fransiya Prezidenti Makron, Yevropa “baxtli vassallik” holatidan chiqib ketish kerakligini ta’kidladi.

“AQSHga bizni javobimiz bunga bizni qarshi ekanligimizni bildirib qo’yishi kerak. Biz tavakkal qilish, ishtiyoq va kuch ta’mini qaytarishimiz zarur”

E.Makron Yevropani AQSHdan “tobelik darajasidagi bog’liqlik”dan qutulishga chaqirdi - FPA

Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkor bosqinchiligi Yevroosiyoni AQSHdan uzib olish va qit’ani zo’ravonliklardan holi, tenglikka tayangan kollektiv kelishuvlar asosida birgalikda taraqqiyot yo’liga olib kelsa, o’zini oqlashi ham mumkin.

Lekin, neo-imperializm, AQSHni Ukrainaga taklif qilganidek: “ruxsat berilgan darajada erkinlik va yerosti boyliklari hisobiga tinchlik” munosabatlariga olib kelsa, insoniyatni juda quyuq qora kunlar kutib turibdi…

@alisherQodir
2.03.2025, 18:10
t.me/alisherqodir/2541
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
153
7
1.6 k
Yomonliklardan qaytarib yaxshiliklarga buyuradigan muqaddas e’tiqodimiz Islomda nafs va yomon xulqni jilovlash oyi bo’lgan Ramazoni sharif barcha vatandoshlarim va musulmon ummatiga muborak bo’lsin.

Atrofimiz o’zgarishi uchun, avvalo, o’zimiz o’zgarishimiz kerak.

@alisherQodir
1.03.2025, 08:35
t.me/alisherqodir/2540
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
83
10
1.5 k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o’zbek tilini rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda.

Ota-onalar aralashuvisiz, bog’cha va boshlang’ich ta’limini bolani ona tili, yoki ota-onasi bilan doimiy muloqot qiladigan tilida tashkil qilish ham juda muhim masala. Albatta, bog’chadanoq o’zbek tilini o’rganish majburiyati bo’lishi shart.

O’zbekistonda o’zbek tiliga ehtiyoj bo’lishi kerak. Ehtiyoj bo’lmasa, zarurat bo’lmaydi.

@alisherQodir
28.02.2025, 08:22
t.me/alisherqodir/2539
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
47
16
1.3 k
​​“Milliy tiklanish” fraksiyasi ma’qullamagan qonun loyihasi Yalpi majlisda mas’ul qo’mitaga qaytarildi.

Nega Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlarni ma’qullamadik?

Birinchidan, amaldagi qonunchilikda zo‘ravonlik va tazyiq uchun javobgarlik bor. Bu masalaga mehnat munosabatlarining muammosi sifatida alohida urg’u berish, qolaversa, ish beruvchiga xodimni roziligisiz, shu sabab bilan boshqa ishga o’tkazish huquqi belgilanishi to’g’ri emas;

Ikkinchidan, O‘zbekiston uchun tushunarsiz bo‘lgan “terini rangiga ko‘ra kamsitish” degan tushunchani qonunchiligimizga kiritish kerakmi? Konstitutsiya va qonunlarimizda har qanday shaklda kamsitish, zo’ravonlik yoki tazyiq ta’qiqlangan;

Uchinchidan, amaldagi qonunchilikda, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarga “himoya orderi” berilishi mumkin, qonun loyihasida ushbu orderni hammaga berish ko’zda tutilmoqda. Mehnat munosabatlarida xodimni ish beruvchidan bunday shaklda himoya qilishga zarurat bormi? Qonunlarda ish beruvchi va xodim orasidagi barcha huquq va majburiyatlar aniq belgilab qo‘yilgan.

Tashabbuskorlar partiyaning takliflarini rad etdi, biz qonunga qarshi ovoz berdik.

@alisherqodir
25.02.2025, 15:36
t.me/alisherqodir/2538
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
51
20
3.2 k
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo’yicha vakilining (Bolalar Ombudsmani) yillik ma’ruzasini eshitdik.

Xalqimiz bolani yaxshi ko’radi, farzandi uchun hamma narsaga tayyor, lekin eng ko’p bola huquqlari poymol bo’lmoqda. Bola huquqlariga rioya qilishning mamlakat kelajagi uchun hayotiy ahamiyatini juda sekin anglab yetyapmiz.

Masalan, bolani bog’cha va maktabning ilk davrida tarbiya va ta’limni begona tilda boshlashi ota-ona tanlovi va kelajakda bola uchun bir qator muammolar yaratmoqda. Bu bola huquqini buzilishimi yo’qmi?

Ma’ruzani ma’qulladik. Masala juda keng, yechimini kutayotgan muammolar yetarlicha.

@alisherQodir
24.02.2025, 18:27
t.me/alisherqodir/2537
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
1.1 k
33
2.2 k
Nega elektr energiyasini ko’proq ishlab chiqarib, tannarxni arzonlashtirish va gazni qimmatga sotish kerak?

Masalani olimlar va mutaxassislar muhokamasiga olib chiqib, ko’p savollarga oydinlik kiritgan Toshkent Davlat Texnika Universitetiga rahmat.

Sovet asorati - isrofgarlik va loqaydlikdan qutulayotgandekmiz, lekin tahlil va idrok qilishni o’rganmasak qoloqlikdan qutulolmaymiz.

Inson o’zgarsa jamiyat o’zgaradi.

@alisherQodir
23.02.2025, 06:00
t.me/alisherqodir/2536
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
86
53
4.3 k
Yaxshi odatlardan yaxshi insonlar, yaxshi insonlardan yaxshi oilalar, yaxshi oilalardan yaxshi jamiyat va yaxshi jamiyatdan yaxshi millat shakllanadi…

Millatimizning illatlari milliy taraqqiyotimiz yo’lidagi eng katta muammo emasmi?

“Milliy tiklanish” mushohadaga chaqiradi!

@alisherQodir
21.02.2025, 17:16
t.me/alisherqodir/2535
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
169
63
3.0 k
O’zbekistonda tashqi yozuvlar o’zbek tilida yozilishi belgilangan! Zarurat bo’lsa, ikkilamchi hajmlarda, boshqa tilda takrorlanishi mumkin.

(“Davlat tili to’g’risida”gi Qonunning 20-moddasi, “Reklama to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasi)

Buni nafaqat o’zligimizga hurmatsizlik va qonunlar talabini buzish, balki jamiyat butunligini kafolati bo’lgan muhim mezonni zaiflatish ustida olib borilayotgan buzg’unchi maqsadning qismi sifatida baholash va jazoni jiddiy kuchaytirish uchun tashabbus tayyorlaymiz.

@alisherQodir
20.02.2025, 15:56
t.me/alisherqodir/2534
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
49
14
1.6 k
Tahlikali va murakkab davrga kiryapmiz.

O‘zligimizga sodiq, butun va birlashgan yoshlarimiz milliy taraqqiyotimizning garovi bo‘lishlari kerak…

@alisherQodir
20.02.2025, 08:58
t.me/alisherqodir/2533
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
57
16
1.8 k
O’zbekiston oltin fondi - yoshlar bilan uchrashuvdan xulosalarim:

- 10 yilga bormay iqtisodiyot, yoki boshqaruvning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishga da’vogar, tafakkuri butun, fikrlashda erkin, sovet mafkuraviy qoliplari, ayniqsa, boqimanda “yordamga muhtoj”likdan qutulgan yigit-qizlarni ko’rdim. Bu xulosa faqat bu majlis emas, muntazam yoshlar bilan qilayotganim muloqotlarning ham natijasi;

- Davlat rahbari tomonidan yoshlarni ilm olishi, tadbirkorligini yo’lga qo’yishi, umuman hayotta o’rnini topishi uchun 400 mln. dollar mablag’ Milliy va Aloqabankda tashkil qilinadigan alohida loyiha ofislari orqali manzilli qo’llab-quvvatlanishi e’lon qilindi. Bu inson kapitaliga investitsiya va albatta karralarda qaytadi.

Masalan:
🇺🇿Rossiyada qora ishlardan qaytgan jizzaxlik yigit brokolli, rukkolo va salat bargi yetishtirib, ruslarga sotib 150 mln. so’m daromad qildi;

🇺🇿Loyihasi bor-u, shu vaqtgacha pul topolmagan namanganlik yigit tabiatda kapsula uylar bilan turistlarga xizmat ko’rsatmoqchi;

🇺🇿Garvardda grantga o’qishga kirgan yigitni endi Toshkentga qaytganida onasi kutib oladigan uyi bor. Bundan buyon top oliygohlarda ilmiy daraja himoya qilgan yoshlarga 800 mln. so’mgacha foizsiz ipoteka uylari beriladi;

🇺🇿Robotlar ustida ishlaydigan olim ukamning endi katta ustaxonasi va o’nlab shogirdlari bo’ladi;

🇺🇿Youtubeda muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan toshkentlik singlimiz va marg’ilonlik ukamizning endi ishonchli investorlari bo’ladi.

… yana yuzlab startaplar, harakatlar, muvaffaqiyatga uzatilayotgan qo’llar. Intilganga nasib qilaveradi, intilmagan aybdor va bahona izlab qolib ketaveradi!

- O’zbekistonda yoshlar siyosati mamlakatning strategik taqdirini hal qiladi. Adolatni kuch bilan yaratish g’oyasiga ishonadiganlar ustunlik qilishni boshlagan bugun va tobora xavotirli bo’lib borayotgan kelajakda o’z so’ziga ega O’zbekistonni o’ziga ishonadigan avlodga ehtiyoji bo’ladi va Prezident buni juda chuqur his qilmoqda;

- yoshlar endi “shu bilan teng bo’lib o’tiramanmi” deb, yaxshini yashirib, yomonni oshirib shovqinlayotgan alamzadalarning g’alamisliklariga bee’tibor bo’lmoqchi emasdek… “trollar qirollari” faqat meni emas, yoshlarni ham joniga tegib ketibdi, shekilli.

- Vatanni sevish faqat erkin gapirish emas, Vatan uchun biron ish qilish, biron qiymat yaratish bilan ham o’lchanishi kerak.

Bu gaplar kimlar uchundir balandparvoz so’zlardek tuyulayotgandir, menimcha, bundaylar maqsadimiz rostdan ham baland parvoz qilish ekanligiga ishonmaydiganlar bo’lsa kerak.

Kamchiliklar va muammolar qaysi davlatda yo’q? Ular doimo bo’lgan, bor va bundan keyin ham bo’ladi. Taraqqiyot - ularni birgalikda hal qilib, ilgarilay oladigan xalqlarga nasib qiladigan natijadir!

@alisherQodir
15.02.2025, 08:10
t.me/alisherqodir/2532
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
136
23
1.6 k
Millionlab oddiy odamlar fojiasiga aylangan Ukraina inqirozidan chiqarilishi shart bo’lgan xulosa: o’zimizdan boshqa hech kimga suyanmaslik, o’zligimizdan boshqa hech narsaga tayanmasligimiz kerak!

Badnafs maqsadlar – birligi yo’q xalqlarning qoni bilan sug’oriladi.

@alisherQodir
13.02.2025, 06:55
t.me/alisherqodir/2531
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
68
22
1.9 k
Hukumatning 2024 yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi bo’yicha hisobotini eshitdik.

Qilingan ishlar juda ko’p, ularni odamlarga yetkazishda masala bor. Odamlar hayoti o’zgarayotganini sezadi, yanada yaxshirog’ini tezroq bo’lishini talab qiladi va yaxshiga tez ko’nikib, yomonni tez unutishga moyil bo’ladi.

Vazirlik-idoralarning bu masalaga e’tiborsizligi chala surishtiruv va malakasiz taxminlarga tayanib, ijtimoiy tarmoqlarda shovqin qilishdan manfaat izlaydigan ayrim soxta qahramonlarni o’ziga bo’lgan ishonchini orttirib, xalqimiz nigohida erishilayotgan ko’lamli natijalarni qadrsiz qilmoqda. Bunga yo’l qo’yilmasligi kerak!

Xalqimiz barcha axborot vositalarida, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda qilingan, qilinayotgan va qilinishi rejalashtirilayotgan barcha ishlar haqida bevosita mas’ul idoralardan malakali, ochiq va tushunarli ma’lumot olib borishini muhim ekanligiga e’tibor qaratdik.

@alisherQodir
11.02.2025, 18:16
t.me/alisherqodir/2530
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
110
44
2.3 k
Tashqi mehnat migratsiyasi va Yoshlar ishlari agentliklari Rossiyadagi vatandoshlarimizni ingliz, nemis, yapon va boshqa tillarni o’rganishga targ’ib qilishi kerak.

Bu uchun juda qulay dastur ishlab chiqilgan.

Qolaversa, Rossiya mehnat bozori o’zbekistonliklar uchun borgan sari noqulay, foydasiz va xavfli bo’lib bormoqda.

@alisherQodir
11.02.2025, 14:31
t.me/alisherqodir/2529
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
1
Tashqi mehnat migratsiyasi va Yoshlar ishlari agentliklari Rossiyadagi vatandoshlarimizni ingliz, nemis, yapon va boshqa tillarni o’rganishga targ’ib qilishi kerak.

Bu uchun juda qulay dastur ishlab chiqilgan.

Qolaversa, Rossiya mehnat bozori o’zbekistonliklar uchun borgan sari noqulay, foydasiz va xavfli bo’lib bormoqda.

@alisherQodir
11.02.2025, 14:30
t.me/alisherqodir/2528
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
115
22
2.0 k
Kamol et kasbkim olam uyidin,
Senga farz oʻlmagʻay gʻamnok chiqmoq,

Jahondin notamom oʻtmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.


Behuda g’amga botib, umringni befoyda ishlarga ko’mib tashlama. Dunyodan mavjudliging mazmunini anglamay o’tib ketishing, hammomdan toza bo’lmay chiqib ketishga o’xshaydi.

@alisherQodir
9.02.2025, 12:17
t.me/alisherqodir/2527
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
152
21
2.1 k
To’yga va to’yda pul sochayotganlar nafaqat o’zini, balki mehnati, farosati va albatta davlat ramzlarini ham beqadr qilayotgan bo’ladi. Bu uchun javobgarlik bor, lekin yetarli emasdek…

Resurslar qadrini anglash uchun inson avvalo o’z qadrini anglashi zarur.

Inson o’zgarsa jamiyat o’zgaradi!

@alisherQodir
8.02.2025, 19:21
t.me/alisherqodir/2526
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
1.3 k
23
7.2 k
Yaqin tariximizda inson erkinligi, erkin fikr, iqtisodiy erkinliklar, jumladan e’tiqod erkinligi va milliy qadriyatlar tahqirlangan va taqiqlangan jamiyatda yashadik. Inson tabiatiga zid qarashlarga tayangan sovet mafkurasi o’zligimizga juda ko’p zarar yetkazdi va yetkazishda davom etmoqda: ma’rifat va jaholat, ma’naviyat va qadriyat, manfaat va qanoatni anglamaydigan, aksincha, bunday muqaddas mezonlarni tahqirlashni erkinlik deb hisoblaydigan qatlam paydo bo’ldi.

E’tiqod insonni hayvonlashib ketishdan to’xtatib turadigan qudratli mezon. Bu qudratli mezon ma’rifat, saodat va qanoat poydevorida mustahkam turishi, fitnachi johillarning g’araz maqsadlaridan zarar ko’rmasligi kerak. Qudratli davlat bu murakkab vazifasini ta’minlashga majbur.

Shu maqsad yo’lida muhim hujjat, “O’zbekistonda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning muhokamasini boshladik.

Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy sahifasida muhokamaga qo’yildi.

@alisherQodir
1.02.2025, 08:13
t.me/alisherqodir/2525
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
552
76
5.5 k
Intizomsizga marhamat qilib jamiyatda nizomni beqadr qilayotganimizni tushundik.

Erkin jamiyat milliy taraqqiyotning o‘zagidir. Erkinlik – farosati borlar uchun imkoniyat, farosati yo‘q notavonlar uchun zahmat olib keladi.

Tanqidlarga ochiqmiz, muloqot va muhokama vazifamiz, lekin ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni o‘zgarishiga hissa qo‘shmoqchimiz.

#haqoratjazolanadi

@alisherQodir
30.01.2025, 11:01
t.me/alisherqodir/2524
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
56
21
2.0 k
Xorazmda yana bir kun…

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida dunyo musulmonlari uchun muborak ziyoratgohlar juda ko’p. Ularni targ’ib qilishdan avval qiladigan ishlarimiz bor. Takliflarimizni beramiz.

Xalqimizga xos bo’lgan qanoat va tadbirli turmushni yaqqol na’munasini ko’rdik.

Qo’shko’pir tumanidagi kichik bir xonadonda dehqonchilik, chorvachilik, tovuqxona va baliqchilikni yo’lga qo’ygan oddiygina o’qituvchi Qamarjon Yoqubova va usta Bahodirjon Ibrohimovlar xonadonidagi barakadan hayratlandim.

Biz shunday xalqmiz aslida. Uyg’onishimiz biroz qiyin bo’lyapti xolos.

@alisherQodir
28.01.2025, 17:34
t.me/alisherqodir/2523
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
86
14
2.1 k
Xorazmda faqat Ichan-qal’a emas, Xazoraspdagi Sulaymon qal’a va Bog’otdagi Qalajik qal’alar ham jozibali turizm mahsulotiga aylanishi mumkin.

Bog’ot tumanida yo’l ustida bir mahallaga kirib, eshik oldida turgan yoshulliga gaz istemoli bo’yicha fikrini so’radim: gazni issiqxonasidan uzganini, uyda esa qimmatga tushayotgani uchun uzishga tayyorgarlik ko’rayotganini aytdi: “…daromad xarajattan ko’p bo’lmasa kallani ishlataverish kerak, birov kelib yukingni ko’tararmidi”.

Haqiqat ham shu, xarajatlar o’zini oqlashi kerak.

@alisherQodir
27.01.2025, 19:58
t.me/alisherqodir/2522
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
21
2.3 k
Bugun Xorazmda saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazdik.

Kun tartibimizda turizm mavzusi bo’lgani sabab ishni uchoqni ichidan boshladik. Turizmni rivojlantirish faqat pul topish emas, o’zligimizni targ’ib qilish ham bo’lishi kerak.

“O’zbekiston havo yo’llari” nega yo’lovchilarga uch tilda xizmat qiladi?

Uchoqni 20 foizi ingliz, qolgan 75 foizi o’zbek tilini tushunadi. 5 foiz tasodiflar bo’lishi mumkin. Milliy aviakompaniya nima uchun bir uchoq odamni qo’shimcha vaqtini oladi?

Hamma joyda uchta tilda, lekin uchoqdan avariya holatida chiqish eshiklaridan foydalanish haqidagi juda muhim qo’llanma ikki: rus va ingliz tilida.

Milliy kompaniyanida biroz milliy g’urur bo’lishi kerak, davlat tili va keng qo’llaniladigan xalqaro tillardan bittasi ishlatilsa, vaqt ham tejalar edi.

Kompaniya davlat tili va vaqtga munosabatni o’zgartirishi kerak.

@alisherQodir
27.01.2025, 16:48
t.me/alisherqodir/2521
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
21
2.3 k
27.01.2025, 16:48
t.me/alisherqodir/2520
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
108
21
2.3 k
27.01.2025, 16:48
t.me/alisherqodir/2519
AL
Alisher Qodirov
8 827 assinantes
178
30
2.4 k
Barpo etilgan dunyodagi eng yirik quyosh energiyasi ishlab chiqarish stansiyasining jami puliga biz bir mavsum uchun gaz sotib oldik…

Bu yildan boshlab stansiya uzoq yillar davomida Xitoy aholisi uchun 6 mlrd. kVt/soat elektr yetkazib beradi. Biz esa, eski narxlarga kelisha olsak, yana 1,7 mlrd. dollarga gaz sotib olamiz, aksincha ikki, hatto, uch barobar ko’proq sarf qilishimiz ham mumkin, chunki istemol uchun gazimiz yetarli emas…

Bosqichma-bosqich, gaz iste’molini kamaytirib, iste’molni elektrlashtirish kerakmasmi?

@alisherQodir
26.01.2025, 16:31
t.me/alisherqodir/2518
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa