Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida G‘ijduvon tumanidagi tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bunda tibbiyot sohasida sodir etilgan jinoyatlar chuqur tahlil qilinib, korrupsiya tibbiyot tizimi uchun eng katta xavf va birinchi raqamli dushman ekanligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, tamagirlik, poraxo‘rlik, tovlamachilik va firibgarlik hamda boshqa shu turdagi korrupsion jinoyatlar, ularning huquqiy oqibatlari, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ko‘rilgan jazo choralari to‘g‘risida maʼlumotlar berdilar.
Tizimda korrupsion holatlarni oldini olish borasida hamjihatlikda birga kurashish, bunday holatlarga duch kelinganda tegishli huquq-tartibot idoralari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.
Shu bilan birga kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar turlari va ulardan himoyalanish usullar xususida ham tushunchalar berildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
YouTube