O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
XU
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
https://t.me/xushnudbekuz
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
5.02%
ER (semana)
44.67%
ERRAR (semana)

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 244 resultados
27.04.2025, 21:22
t.me/xushnudbekuz/2740
27.04.2025, 21:22
t.me/xushnudbekuz/2741
49
1.7 k
25 nafar g’olib bilan bog’lanib, sovrinlarini tezda berib chiqdim. Onlayn sovrinlar qo’yish mazza ekan lekin :)

Ilgari kitoblarni yuborish uchun manzil, telefon raqami, ism-familiyasini so’rab chiqardim, keyin pochtadan har bir g’olibga yuborardik.

Keyingilarida ham shunaqa onlayn sovrinlar qo’yish kerakmi deyman. Ammo kitobning ham o’z gashti bor, unaqasidan ham, bunaqasidan ham qilib turamiz, Xudo xohlasa.

❗️G’oliblar orasida vazir yo’q, shunchaki adashlar ekan 😀


🔘 @xushnudbekuz
27.04.2025, 21:22
t.me/xushnudbekuz/2739
400
13
7.7 k
Kichik kanalimizda ham giveaway!

Ramazon oyi munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway)da 5 nafar g’olib bilan bog’lana olmadik.

Shu sababli 5 ta sovrin uchun kichik kanalimizda tanlov tashkil qiladigan bo’ldim.

Yutuqqa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ruhiy tarbiya" (1, 2, 3- juzlar) kitoblari hamda 3 oylik Telegram Premium qo’yiladi.

G’oliblar 4-may, yakshanba kuni soat 21:00 da aniqlanadi.


🔘 @xushnudbekuz
27.04.2025, 20:40
t.me/xushnudbekuz/2738
4
11 k
27.04.2025, 20:17
t.me/xushnudbekuz/2735
224
4
11 k
O’zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi chempioni bo’lgani munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati.

Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va tez orada ular bilan bog’lanib, 1 yillik Mutolaa Premium obunasi uchun promokodni yetkazamiz. 3 oylik Telegram Premium g’oliblarga avtomatik yoqildi.

G’olib bo’lmaganlar esa xafa bo’lishmasin. Bu kabi tanlovlarni kanalimizda yana tez-tez o’tkazamiz, Xudo xohlasa. Salomat bo’ling.

Mutolaa — audio va elektron kitoblar jamlangan ilova! Hozirda ilovada 3 mingdan ortiq audio va elektron kitoblar mavjud. Bundan tashqari "Asaxiy" va "Hilol nashr"ning bestseller kitoblaridan va qo'shimcha qulayliklardan Mutolaa Premium obunasi orqali foydalanishingiz mumkin.
📲 Yuklab olish


🔘 @xushnudbekuz
27.04.2025, 20:17
t.me/xushnudbekuz/2734
627
33
18 k
Ko’pchiligimiz sog’lom bo’lganimiz uchun ayrim insonlar muammosini jiddiy his qilmaymiz, afsuski.


🔘 @xushnudbekuz
27.04.2025, 14:16
t.me/xushnudbekuz/2733
97
22
21 k
#41 ROSSIYA MULOZIMI BIZGA NIMA QILISHNI O‘RGATISHGA HAQQI YO‘Q — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/9KBvPxxQgnc

Mundarija:

00:00 Tizer
01:23 O‘zbekiston U-17 jamoasi Osiyo chempioni
04:56 Dubaydagi pichoqbozlikning vizaga ta'siri
17:07 “Stalinga muhabbat qayerdan?”
18:10 Sergey Lavrov haddini bilishi kerak
29:31 Maktablarda endi hamma o‘zbek tilidan imtihon topshiradi
44:10 Bu g‘alaba kuni emas
46:38 Izohlarni o‘qiymiz
50:54 7 oylab oylik ololmayotgan o‘zbeklar
59:18 Yana radarlar masalasi
1:09:35 Jamoatchilik nazoratiga intilishimiz kerak
1:14:28 Xususiylashtirish to‘g‘risida dastur tasdiqlandi
1:23:38 Turkmaniston bilan chegaralar ochiladimi?
1:29:59 Yana bir aytilmay qolgan yaxshi yangilik

📻 Podcastni tinglash uchun:

Yandex Music
Spotify
Apple Podcasts


🔘 @xushnudbekuz
27.04.2025, 10:09
t.me/xushnudbekuz/2732
155
2
21 k
“Lolazor” podkastining navbatdagi sonini bugun soat 12:00 dan boshlab YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.


🔘 @xushnudbekuz
27.04.2025, 08:33
t.me/xushnudbekuz/2731
858
23
28 k
Kim yutishi endi qiziq emas. Super o’yin. Ikki jamoaga ham rahmat.


🔘 @xushnudbekuz
27.04.2025, 00:48
t.me/xushnudbekuz/2730
1.7 k
135
32 k
Hamma bir-birini so’kadigan kun bugun. Xuddi otasidan “Real” yoki “Barsa” meros qolgandek.


🔘 @xushnudbekuz
26.04.2025, 22:29
t.me/xushnudbekuz/2729
1.8 k
456
38 k
Abituriyentlar uchun o’qishga kirishning yo’lini topib keldim. Rahmat shartmas.


🔘 @xushnudbekuz
26.04.2025, 09:46
t.me/xushnudbekuz/2728
485
98
28 k
Oldskullar shu yerdami?

Qaysi birini ishlatgansiz?


🔘 @xushnudbekuz
25.04.2025, 19:22
t.me/xushnudbekuz/2727
2.4 k
838
32 k
Yoki ChatGPTni haqorat qilmanglar, yoki undalmadan keyin vergul qo’yishni o’rganinglar😂 (#)


🔘 @xushnudbekuz
24.04.2025, 20:47
t.me/xushnudbekuz/2726
889
1.7 k
58 k
3 ta oliygoh tugatilib, o’rniga bitta Universitet tashkil etilyapti

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti tugatilmoqda.

Ularning negizida yangi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi.

❓Hozir o’qiyotgan talabalar nima qiladi?

✅ JAVOB: 2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi.

Joriy yilda bitiruvchi kurs talabalariga esa Universitet diplomi beriladi (akademiya yoki institut diplomi emas).


🔘 @xushnudbekuz
23.04.2025, 17:38
t.me/xushnudbekuz/2725
157
6
26 k
“Lolazor” podkastining navbatdagi sonini bugun soat 15:00 da YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.


🔘 @xushnudbekuz
23.04.2025, 10:54
t.me/xushnudbekuz/2724
934
1.3 k
42 k
Ushbu videoni qarindoshlar guruhiga tashlab qo’ying va dadangizdan dakki (so’kish) eshiting 😂


🔘 @xushnudbekuz
23.04.2025, 09:11
t.me/xushnudbekuz/2723
657
25
28 k
O’zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi chempioni bo’lgani munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qildim.

Obunachilarimiz orasidan 25 kishiga 3 oylik Telegram Premium hamda uning yoniga har bir g‘olibga 1 yillik Mutolaa Premium sovg‘a qilinadi.

Batafsil:

https://t.me/xushnudbek/27666

⏳G’olib nomi 27-aprel kuni soat 21:00 da ma’lum bo’ladi.

❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.


🔘 @xushnudbekuz
22.04.2025, 09:01
t.me/xushnudbekuz/2722
2.1 k
249
36 k
Aytishlaricha, futbolchilarimizga "Cobalt" avtomobili, murabiylarga esa "Tracker" avtomobili sovg'a qilinar ekan.

Xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan.


🔘 @xushnudbekuz
21.04.2025, 10:16
t.me/xushnudbekuz/2721
890
27
32 k
Shavkat Mirziyoyev:

Ayniqsa, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi g‘oyat kuchli jamoaga qarshi keskin bellashuvda turli bosimlarga qaramasdan, o‘n bir o‘yinchiga qarshi to‘qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi.

... Mana shunday tarixiy g‘alaba uchun sizlarga, sizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalaringiz va ustoz-murabbiylaringizga chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

🔘 @xushnudbekuz
21.04.2025, 10:09
t.me/xushnudbekuz/2720
56
30 k
20.04.2025, 22:18
t.me/xushnudbekuz/2719
63
30 k
20.04.2025, 22:18
t.me/xushnudbekuz/2718
926
60
29 k
Bugun har qancha bayram qilsa arziydi.


🔘 @xushnudbekuz
20.04.2025, 22:18
t.me/xushnudbekuz/2717
2.0 k
220
29 k
Bo’pti, videoni baholab qo’yinglar-chi, qani😂

Instagramga o’tib, layk bosib, izoh yozib kelsangiz ham mayli.

👉 https://www.instagram.com/reel/DIrbC8QOO1D/?igsh=aHl3bmRpeHRnMGxl


🔘 @xushnudbekuz
20.04.2025, 21:56
t.me/xushnudbekuz/2716
1.1 k
11
25 k
So’rovimiz tugadi. Ko’pchilikka arzonroq mukofot beramiz.

Men o’zi 1 kishiga BAA-O’zbekiston o’yini uchun BAAga 1 haftalik sayohat, jumladan, borish-kelish samolyot chiptasi, mehmonxonada yashash xarajatlari va o’yinga chipta oberishni reja qilgandim. Lekin 77% ovoz bilan, ko’pchilikka sovg’a varianti tanlandi.

Ertaga tanlovni e’lon qilamiz, Xudo xohlasa.


🔘 @xushnudbekuz
20.04.2025, 21:42
t.me/xushnudbekuz/2715
1.0 k
2
29 k
Giveaway uchun nima sovrin qo’ysak ekan. Taklif beringlarchi. Faqat sal insof bilan :)


🔘 @xushnudbekuz
20.04.2025, 20:39
t.me/xushnudbekuz/2713
1.8 k
48
30 k
Shu yigitlarga mashinaning istalganidan beringlar, soliq to’lovchi sifatida roziman.

Gap faqat yutuqda yoki chempionlikda emas, gap xarakterda. Yengilmas, irodasi sinmaydigan va oxirigacha kurashuvchan o’zbek xarakterida. Mana shuning uchun ham bersa arziydi.


🔘 @xushnudbekuz
20.04.2025, 20:34
t.me/xushnudbekuz/2712
708
238
36 k
O’ZBEKISTON — CHEMPIOOOON!!!!


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 20:31
t.me/xushnudbekuz/2711
777
45
29 k
20.04.2025, 20:25
t.me/xushnudbekuz/2710
1.3 k
658
41 k
Qoshga nechchi? 😂


🔘 @xushnudbekuz
20.04.2025, 20:21
t.me/xushnudbekuz/2709
2.4 k
217
34 k
20.04.2025, 20:06
t.me/xushnudbekuz/2708
1.2 k
45
32 k
GOOOOOOOOOLLLL


2:0


Nima buuuuuuu
20.04.2025, 19:32
t.me/xushnudbekuz/2707
1.0 k
10
30 k
GOOOOOOL!!!!

Ey, Xudoyimey…


🔘 @xushnudbekuz
20.04.2025, 19:15
t.me/xushnudbekuz/2706
1.3 k
51
31 k
⚽️ Futbol xabarlari:

➖ Bugun O’zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. O’yin soat 20:00 da boshlanadi;

➖ Kecha Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi, uning yagona goli jamoasiga g’alaba keltirdi hamda Eldor uchrashuvning eng yaxshi o’yinchisi deb topildi.

➖ Abduqodir Husanov esa kecha zaxirada qolgan o’yinda ManCity 2:0 hisobida g’alaba qozondi.

➖ “Barselona” kecha 3:1 yutqazayotgan joyda 4:3 hisobida kambek qildi. Chempionlik xarakteri bu, qoyil. Haloli bo’lsin. Hurmat bilan, “Real” muxlisi.


🔘 @xushnudbekuz
20.04.2025, 07:46
t.me/xushnudbekuz/2705
884
47
22 k
19.04.2025, 13:10
t.me/xushnudbekuz/2704
1.2 k
159
26 k
Bolakay kimning muxlisi ekanligi aniq😉


🔘@xushnudbekuz
19.04.2025, 08:25
t.me/xushnudbekuz/2703
1.1 k
34
24 k
Dorixonada. To’tiqushli qiz. To’tiqush gapirar ham ekan.


🔘 @xushnudbekuz
18.04.2025, 16:54
t.me/xushnudbekuz/2702
141
60
24 k
Qirg’izcha sharhda ko’rib keldim. Fantastika! Sharh ham zo’r bo’libdi.

https://youtu.be/ZMkc3FHYGxs?si=R-8jIhN0-u6dnqxm


🔘 @xushnudbekuz
18.04.2025, 07:23
t.me/xushnudbekuz/2701
825
42
25 k
Meni kechir, MU. Senga haddan tashqari ishonib, 1-bo’limdagi 2:0 hisobidan keyin uxlab qolganim uchun. Aslida senga ishonib bo’lmasligini, muxlislaring uchun turli syurprizlar tayyorlab qo’yishingni bilishim kerak edi.

Eh, afsus…

1999-yilgi Chempionlar ligasi finalidan keyin MUga millionlab bolalar muxlislik qilishni boshlagan, shu jumladan, men ham. Umid qilamanki, kechagi o’yindan keyin ham Manchester Yunaytedning yosh muxlislari soni butun dunyo bo’ylab ortadi.


🔘 @xushnudbekuz
18.04.2025, 06:52
t.me/xushnudbekuz/2700
700
22
26 k
Final muborak!

Endi yigitlarimiz 20-aprel, yakshanba kuni finalda mezbon 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan yana bir bor kuch sinashadi.

Eslatib o’tamiz, guruh bosqichidagi o’zaro bahsda o’smirlarimiz 3:0 hisobida g’alaba qozongan edi.


🔘 @xushnudbekuz
17.04.2025, 22:15
t.me/xushnudbekuz/2699
387
9
25 k
3:0
17.04.2025, 21:43
t.me/xushnudbekuz/2698
316
8
25 k
2:0

Buyog’i final, Xudo xohlasa
17.04.2025, 21:41
t.me/xushnudbekuz/2697
315
6
26 k
1-bo’limdan so’ng 1:0 hisobida oldindamiz. Raqiblarimizdan 1 kishi qizil kartochka ham oldi.


🔘 @xushnudbekuz
17.04.2025, 21:09
t.me/xushnudbekuz/2696
466
55
27 k
Qanot va pat bo’lishning o’zi uchish uchun yetarli emas.

Havoda uchish uchun mexanizmni tushunib olish kerak, ya’ni shaklga yopishmasdan, mohiyatni anglash kerak.


🔘 @xushnudbekuz
17.04.2025, 16:57
t.me/xushnudbekuz/2695
784
128
28 k
Aytuvdim-ku😂


🔘 @xushnudbekuz
17.04.2025, 09:07
t.me/xushnudbekuz/2694
1.4 k
70
29 k
Uxlanglarey, sensatsiya bo’lmaydi baribir :))


🔘 @xushnudbekuz
16.04.2025, 22:06
t.me/xushnudbekuz/2693
379
33 k
16.04.2025, 16:55
t.me/xushnudbekuz/2692
3.7 k
376
33 k
Qiyinakan


🔘 @xushnudbekuz
16.04.2025, 16:55
t.me/xushnudbekuz/2691
191
37
29 k
Tilbizorga chiqib ketibmiz.

"Kutilgan fursat" loyihasida "Zakovat" intellektual klubi haqida fikr bildirganman.

📹 https://youtu.be/m5ICBS-ldbk

Eng qizig'i, nutqim davomida bitta mantiqiy savol ham berganman. 10 nafar g'olibga sovg'a va'da qilganman. Videoga kirib, savolni eshitib, javobini yozing, agar to'g'ri bo'lsa, sovg'a olasiz.

BU MUHIM: faqat YouTube'dagi video ostiga qoldirilgan izoh uchun sovg'a beriladi, ushbu post tagida javobni yozmang.


🔘 @xushnudbekuz
16.04.2025, 15:47
t.me/xushnudbekuz/2690
517
186
32 k
Foydali video ekan.

Yonayotgan yog’ (moy)ni suv bilan o‘chirishga harakat qilinganda xavfli hodisa ro‘y beradi. Suv qizigan yog‘ga tushgani zahoti bug‘ga aylanadi. Hosil bo‘lgan bug‘ yuzlab marta kengayib, moy tomchilarini atrofga sachratadi. Bu mayda tomchilar tez alangalanib, yonish maydonini kengaytiradi va olovning tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Bunday yong‘inni o‘chirishning eng samarali usuli — olovga kislorod kirishini to‘xtatishdir.

Buning uchun quyidagilarni qilish mumkin:

➖ Yonayotgan moy solingan idishni issiqqa chidamli mato yoki qopqoq bilan yopib, olovni havo kirishidan ajratish;

➖ Olovga soda sepish. Soda qiziganda parchalanib, karbonat angidrid gazi ajratadi. Bu gaz yonish hududidan kislorodni siqib chiqaradi va alangani o‘chirishga yordam beradi.

FVVga maslahat: shunaqa videolar va maslahatlarni ko’proq tarqatish kerak. Maktablarda ham bolalarga albatta o’rgatish kerak.


🔘 @xushnudbekuz
16.04.2025, 09:53
t.me/xushnudbekuz/2689
1.4 k
10
26 k
Yaxshi psixiatr kerak. Bormi oramizda? Ushbu postga 😂 smayligini bosganlarni tekshirtirishimiz kerak edi.

Nimasi kulgili bo’ldi, hayronman. Yaxshi maslahat berilgan-ku.


🔘 @xushnudbekuz
16.04.2025, 08:38
t.me/xushnudbekuz/2688
4.9 k
264
29 k
Yoshlarga maslahat


🔘 @xushnudbekuz
16.04.2025, 07:58
t.me/xushnudbekuz/2687
391
26
26 k
O’tgan yili Chempionlar ligasi finalida Borussiya Dortmund muxlislarini ko’rib, juda hayron qolgandim. Bunaqa tinimsiz jamoasini qo’llab-quvvatlab turadigan faol muxlislarni shu paytgacha umuman ko’rmaganman. Ochig’i, o’shanda stadiondagi Real muxlislari ham ip esholmay qolgandi dortmundliklar oldida.

Bugun lekin Barselonaga qarshi bu muxlislar ham yordam bera olmaydi. Farq juda katta va yutish imkoni deyarli yo’q.

Umuman olganda bugungi o’yinlar uncha qiziq emas, g’oliblar deyarli aniq. Ertaga ikkita yonadigan bahs bor.


🔘 @xushnudbekuz
15.04.2025, 22:07
t.me/xushnudbekuz/2686
977
88
26 k
Ona zebra atayin bolasini himoya qilib chopyapti.

Ha, onalik mehri va instinkti barcha jonzotlar uchun bir xil.


🔘 @xushnudbekuz
15.04.2025, 17:20
t.me/xushnudbekuz/2685
1.1 k
97
27 k
Yaxshi ijtimoiy eksperiment ekan.

O’zi shu metrodagi tartib va navbat bo’yicha bir loyiha boshlaymiz degandik, hech shunga qunt qila olmayapman-da. Yaponiya va Xitoy tajribasini qo’llash kerak.


🔘 @xushnudbekuz
14.04.2025, 20:19
t.me/xushnudbekuz/2684
1.0 k
58
25 k
Olmaota shahridagi kameralar


🔘 @xushnudbekuz
14.04.2025, 19:12
t.me/xushnudbekuz/2683
1.2 k
149
27 k
Bitta telefonga bitta Matiz


🔘 @xushnudbekuz
14.04.2025, 08:49
t.me/xushnudbekuz/2682
785
16
27 k
O’smirlarimiz 3:1 hisobida ishonchli g’alabaga erishdi hamda yarim finalga yo’l oldi. Ularning raqibi Indoneziya va Shimoliy Koreya juftligi g’olibi bo’ladi.

Ilohim, kattalarimiz ham ukalaridan o’rnak olib, 5-iyun kuni BAAni xuddi shunaqa ishonchli mag’lub etishsin.


🔘 @xushnudbekuz
13.04.2025, 22:19
t.me/xushnudbekuz/2681
1.1 k
16
27 k
3:0

Yigitlar katta bo’lganda ham yo’qolib qolmasin, ilohim
13.04.2025, 21:06
t.me/xushnudbekuz/2680
387
13
27 k
🇺🇿 2:0 🇦🇪

😎💪
13.04.2025, 20:53
t.me/xushnudbekuz/2679
171
38
30 k
#39 SHU YANGAMGA SHU POCHCHAM. JARIMALARDAN MAQSAD — FAQAT PUL TUSHIRISHMI? — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/UjVr8pwf7Sc

Mundarija:

00:00 Tizer
02:20 “Lolazor”ning 4-mavsumini boshladik
04:28 Tadbirkorlik kayfiyati tushyaptimi?
07:55 “Qozog‘istonning internet segmentidagi O‘zbekistonda yashagim keladi”
14:50 Ikkita yirik xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi
16:53 Qozog‘iston Shengen vizani yengillashtirmoqda, biz-chi?
19:40 Yevropaning Markaziy Osiyoga munosabati o‘zgargan
24:52 AQSH prezidenti Markaziy Osiyoning qaysi davlatiga tashrif buyurishi mumkin?
31:27 O‘zimizda nima gaplar?
32:50 Notarif cheklovlar ko‘paymoqda
37:00 Paxtamizning qadri tushib ketdi shekilli?
40:58 Davlat qo’li bilan mahsulotlarga cheklov qo’yilmoqda
42:38 Mashina — eng nozik mavzu
45:28 Radarlar
47:50 Ba’zi jarimalardan maqsad — faqat pul qilish
51:16 Tizimni tashqaridan kelganlar o‘zgartiradi
56:53 Abduqodir Husanov transferi
57:57 Jahon chempionatiga chiqishimizga bir qadam qoldi
1:01:16 Islohotlar chala bo’lmaydi
1:06:55 Avval hokimlarni tanimasdik
1:10:25 Temu O‘zbekistonda taqiqlandi
1:12:49 Anti-Xitoy jazavasida jon bormi?
1:27:20 Turistlarning o‘rtacha qolish muddatini uzaytirish kerak
1:40:00 Statistika qo‘mitasida ham rahbar o‘zgardi
1:41:57 Yangi rahbarlar nisbatan yaxshiroq ishlaydi
1:50:11 Diktatorlar haqida

📻 Podcastni eshitish uchun:

• Yandex Music:
https://music.yandex.ru/album/28403554

• Spotify:
https://open.spotify.com/show/5DtsdEgKmKTETrQ0eruvVF

• Apple Podcasts:
https://podcasts.apple.com/us/podcast/lolazor-podcast/id1719432488


🔘 @xushnudbekuz
13.04.2025, 11:37
t.me/xushnudbekuz/2678
862
141
46 k
Media Liga super finalida Abror Muxtor Aliy domla chempion bo’ldi. Abror aka 6 ta bahsdan 5 tasida g’alaba qozonib, hammani tor-mor qilib tashladi.

Meni bu turnirda yagona maqtanishim mumkin bo’lgan jihatim, 2-turda Abror aka faqat menga yutqazdi 😎

Chempionni yutganman, deb og’zimni ko’pirtirib, gapirib yuraman endi😀

Chiroyli partiya bo’ldi lekin.


🔘 @xushnudbekuz
12.04.2025, 16:42
t.me/xushnudbekuz/2677
459
3
23 k
Jaa unaqa sharmanda bo’lmadim lekin, Xudoga shukur. Sport ustalari darajasida bo’lmasa ham, oz-moz shaxmat o’ynashni bilarkanman, xayriyat.


🔘 @xushnudbekuz
12.04.2025, 15:57
t.me/xushnudbekuz/2676
514
17
24 k
“Lolazor” qaytmoqda…


🔘 @xushnudbekuz
11.04.2025, 18:59
t.me/xushnudbekuz/2675
572
20
27 k
Sharmanda bo’lishimga oz qoldi. Ertaga 😀

Batafsil bu yerda.


🔘 @xushnudbekuz
11.04.2025, 16:31
t.me/xushnudbekuz/2674
923
22
23 k
Saudiya yer tishlayapti-ku.

Yigitlarimiz mezbonlarni 3:0 yorib tashlayapti.


🔘 @xushnudbekuz
9.04.2025, 21:43
t.me/xushnudbekuz/2673
740
55
26 k
“Nima, muammolar faqat bizdami?” degan video.

Achinarli. Judayam. Qay darajadagi amaldor bo’lishidan qat’i nazar, hatto u butun dunyo podshohi bo’lsa ham, tez yordam va o’t o’chiruvchilar birinchi o’tishi kerak, aslida.


🔘 @xushnudbekuz
9.04.2025, 11:35
t.me/xushnudbekuz/2672
849
34
26 k
2 ta sevimli jamoang o’ynayotganda biri yutib, ikkinchisi yutqazsa, nimani his qilishni ham bilmaysan.


🔘 @xushnudbekuz
8.04.2025, 23:50
t.me/xushnudbekuz/2671
1.2 k
29
23 k
Uxlamaganlar uchun:

➖ O’zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo’ladigan futbol bo’yicha jahon chempionatiga yo’l oldi;

➖ Eldor Shomurodov “Yuventus”ga gol urdi.


🔘 @xushnudbekuz
6.04.2025, 23:11
t.me/xushnudbekuz/2670
24
24 k
6.04.2025, 22:12
t.me/xushnudbekuz/2669
401
24
23 k
Rossiyalik Aleksandr Ovechkin 895 ta gol urib, NHL tarixidagi eng yaxshi to’purarga aylandi.

U afsonaviy xokkeychi Ueyn Gretskiy tomonidan 26 yil avval qo’yilgan rekordni yangiladi.

Bugungi o’yinda Ovechkin rekord golni urgach, o’yin vaqtincha to’xtatildi hamda tarixiy rekordni nishonlash marosimi bo’lib o’tdi. Eng qizig’i Aleksni maydonda aynan Ueyn Gretskiy qutladi.

Ha, azizlar, katta tarixiy voqeaga guvoh bo’ldik. Endi yana qachon bo’ladi, Xudo biladi.

Sport olamida kutilayotgan navbatdagi voqelik — bu Krishtiano Ronalduning 1000-goli. Uni ham ko’rish nasib qilsin.


🔘 @xushnudbekuz
6.04.2025, 22:12
t.me/xushnudbekuz/2666
25
24 k
6.04.2025, 22:12
t.me/xushnudbekuz/2667
25
24 k
6.04.2025, 22:12
t.me/xushnudbekuz/2668
710
7
26 k
Bugun Nottingham ham, Chelsea ham ochko yo’qotibdi. ManCity to’rttalikka kirish uchun yaxshi imkoniyat bor. Abduqodir kelasi mavsumda ham Chempionlar ligasida o’ynashi kerak, Xudo xohlasa.

O’shanchun bugun MU yutqazsa ham roziman. Shuncha yutqazganni biri-da, ko’nikib ketdik-ku. Hozir Husanov jamoasiga ochko ko’proq kerak.


🔘 @xushnudbekuz
6.04.2025, 18:13
t.me/xushnudbekuz/2665
691
22
25 k
6.04.2025, 17:35
t.me/xushnudbekuz/2664
1.2 k
32
27 k
Ghibli uslubidagi rasmlar trendga chiqdi.

Trend bo’lsa, trendda. Eksklyuziv rasm sizlar uchun :)


🔘 @xushnudbekuz
6.04.2025, 10:44
t.me/xushnudbekuz/2663
999
106
33 k
Bo’stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, to’rtta gurung qildik.


🔘 @xushnudbekuz
5.04.2025, 11:30
t.me/xushnudbekuz/2662
1.1 k
9
28 k
5.04.2025, 09:24
t.me/xushnudbekuz/2661
1.8 k
118
28 k
Hay, kelilar shashlikka qayerdaligimizni topolsanglar


🔘 @xushnudbekuz
31.03.2025, 15:57
t.me/xushnudbekuz/2660
1.7 k
20
25 k
Asosiysi — bolalar quvonchi. Shular uchun yashaymiz-da…


🔘 @xushnudbekuz
31.03.2025, 11:25
t.me/xushnudbekuz/2659
1.5 k
198
26 k
Oila davrasida “mayopka”

Chiroqchi, 31.03.2025


🔘 @xushnudbekuz
31.03.2025, 09:54
t.me/xushnudbekuz/2658
1.9 k
21
26 k
Shunaqa odam bo’lmanglar, iltimos.

Birinchidan, Abduqodirda hammasi yaxshi, Xudoga shukur. Agar sport formasi yomon bo’lganida Gvardiola ikki dunyoda ham uni asosiy tarkibda tushirmasdi. Chunki Pep siz va bizdan ko’ra, futbolni yaxshi tushunadi.

Ikkinchidan, mabodo kimnidir ishlari orqaga ketayotganini ko’rsangiz, hatto u eng katta dushmaningiz bo’lsa ham, Allohdan unga yaxshilik tilang, sizdan hech narsa ketmaydi. Bu sizning kuchli insonligingizni ko’rsatadi. Mayda inson bo’lmang. Faqat yomonlik ko’ruvchi va yomonlik tilovchi inson ham bo’lmang.

Abduqodir esa hech kimning dushmani emas, uni umringizda bir marta ham ko’rmagan bo’lsangiz kerak. Bunaqa payti, mabodo uning ishlari orqaga ketayapti, deb o’ylasangiz, unda Allohdan uning ishlari yaxshi bo’lishini tilab qo’yavering, o’lib qolmaysiz.


🔘 @xushnudbekuz
31.03.2025, 09:15
t.me/xushnudbekuz/2657
496
12
28 k
ManCity kubok o’yinida kambek evaziga g’alaba qozondi va yarim finalga yo’l oldi.

Abduqodir Husanov 1 taym o’ynadi. 2-taymda zaxiraga olindi. Yomon o’ynamadi. Yutqazayotgan City hujum qilishga majbur edi, shunga almashtirildi.


🔘 @xushnudbekuz
30.03.2025, 20:33
t.me/xushnudbekuz/2656
1.5 k
9
27 k
Anastasiya kimligini xotinga qanday tushuntirsam ekan-a? 😳


🔘 @xushnudbekuz
30.03.2025, 19:49
t.me/xushnudbekuz/2655
789
15
29 k
Ramazon oyi munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati.

Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va ular bilan bog’lanib, tez orada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ruhiy tarbiya" (1, 2, 3- juzlar) kitoblarini yetkazamiz. 3 oylik Telegram Premium g’oliblarga avtomatik yoqildi.

G’olib bo’lmaganlar esa xafa bo’lishmasin. Bu kabi tanlovlarni kanalimizda yana tez-tez o’tkazamiz, Xudo xohlasa. Salomat bo’ling.


🔘 @xushnudbekuz
30.03.2025, 19:22
t.me/xushnudbekuz/2653
15
29 k
30.03.2025, 19:22
t.me/xushnudbekuz/2654
2.2 k
19
27 k
Hayitingiz bilan, gruppadoshlar🤲


🔘 @xushnudbekuz
30.03.2025, 06:20
t.me/xushnudbekuz/2652
1.7 k
1.3 k
50 k
❓Hayit kuni ro‘za tutib, namozdan keyin ochiladimi?

Negadir ko‘pchilik orasida shunaqa qarash bor. Aslida bu noto‘g‘ri. Hayit kuni umuman ro‘za tutilmaydi. Hayit bu bayram, ikkala hayitda ham bayram qilish, noz-ne’matlardan taomlanish kerak. Hayit namoziga esa, sunnatga muvofiq, nimadir yeb chiqish kerak, ya’ni ro‘za emasligini bildirgan holda.

Bugun shu mavzuga oid rahmatli Chubak hoji domlaning bir videosini ko‘rib qoldim. Unda domla hazil aralash shunday degan ekan:

“Hayit kuni shunchalik bayram bo‘lish kerakki, ro‘za tutsang harom bo‘ladi. Hayit kuni yeyish kerak, yeyish. Yeb, yorilib ketsang, savob bo‘ladi”😂


🔘 @xushnudbekuz
29.03.2025, 10:48
t.me/xushnudbekuz/2651
646
292
37 k
❗️Super yangilik! Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!!!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);

🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);

🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).


🔘 @xushnudbekuz
28.03.2025, 15:48
t.me/xushnudbekuz/2650
124
26 k
27.03.2025, 21:00
t.me/xushnudbekuz/2649
122
26 k
27.03.2025, 21:00
t.me/xushnudbekuz/2647
644
122
25 k
Tarixiy obrazlarning yangicha talqini.

Kimlarni tanidingiz? (Manba)


🔘 @xushnudbekuz
27.03.2025, 21:00
t.me/xushnudbekuz/2644
122
25 k
27.03.2025, 21:00
t.me/xushnudbekuz/2645
122
26 k
27.03.2025, 21:00
t.me/xushnudbekuz/2648
123
25 k
27.03.2025, 21:00
t.me/xushnudbekuz/2646
1.5 k
286
28 k
Xalq — buyuk ijodkor (#)


🔘 @xushnudbekuz
26.03.2025, 21:02
t.me/xushnudbekuz/2643
748
1.8 k
69 k
❗️Rasman: Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuni nishonlanadi.

31-mart, dushanba — barcha uchun dam olish kuni.

Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

✅❌ 29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅ 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
✅✅ 31-mart (dushanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart kunidan ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.


🔘 @xushnudbekuz
26.03.2025, 15:22
t.me/xushnudbekuz/2642
860
54
35 k
Hammasi yaxshi ketayotgandi, arablar 90+8-minutda gol urib ketishdi.

Mayli, hech qisi yo’q. Endi 5-iyun kuni BAA bilan durang o’ynasak kifoya, biz mundialdamiz, Xudo xohlasa.

Hammaga xayrli tun.


🔘 @xushnudbekuz
25.03.2025, 23:24
t.me/xushnudbekuz/2641
2.3 k
154
38 k
Shu bratga bolaligimdan hurmatim baland.


🔘 @xushnudbekuz
25.03.2025, 21:22
t.me/xushnudbekuz/2640
1.0 k
281
43 k
O’zbekiston o’ta qimmatli 1 ochkoni qo’lga kiritdi. Mehmonda Eronga yutqazmadi.

Albatta, yutishimiz ham mumkin edi, g’alabaga juda yaqin edik. Alamlimi? Ha, lekin bu futbol, yigitlardan xafa bo’lishga haqqimiz yo’q. Ularga katta rahmat, maydonda borini berishdi.

Biz azaliy orzu sari yana 1 qadam tashladik. Katta qadam bo’ldi bu. Endi to’plar nisbati haqida bosh qotirishimiz shart emas.

BAAda durang o’ynasak yoki Qatarni yutsak kifoya.

Yoki bugun Shimoliy Koreya BAAni yutib bersa, biz rasman Jahon chempionatiga chiqishimiz ham mumkin.

Xullas, dastlabki sinovdan yaxshi o’tdik. Yana bir bor yigitlarga rahmat.

Eron esa Jahon chempionatiga chiqdi. Forslarni tabriklaymiz!


🔘 @xushnudbekuz
25.03.2025, 21:10
t.me/xushnudbekuz/2639
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa