O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
QM
Qarshi davlat texnika universiteti
https://t.me/qmi_instituti
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
0.62%
ER (semana)
21.2%
ERRAR (semana)

🏛 Qarshi davlat texnika universiteti kanali

Qarshi davlat texnika universiteti

www.kstu.uz

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
#Diqqat_tanlov

QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI MAʼMURIYATI OLIYGOHNING YANGI LOGOTIPINI YARATISH BOʻYICHA TANLOV OʻTKAZADI!

Logotip universitet faoliyatini toʻla namoyon etishi, sodda va muhim ramzlarda ifodalangan boʻlishi lozim.

Tanlov ishtirokchilari yakka holda va jamoa (toʻrt kishigacha) boʻlib qatnashishlari mumkin.

Hakamlar hayʼati tomonidan eng yaxshi deb eʼtirof etilgan logotip muallifi tanlov gʻolibi boʻladi.

Gʻolib yoki gʻoliblar (guruh a’zolarining har biri) bazaviy stipendiyaning 8 barobari miqdorida ragʻbatlantiriladi.

Maʼlumot uchun: hozirda universitetimizda 7 ta:
– Energetika muhandisligi fakulteti.
– Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti.
– Irrigatsiya muhandisligi fakulteti.
– Neft-gaz va geologiya fakulteti.
– Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti.
– Transport va qurilish muhandisligi fakulteti.
– Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti mavjud.

Tanlov 👉 nizomi

Arizani yuklab olish uchun 👉 havola.

OʻZ SALOHIYATINGIZNI SINAB KOʻRING!

QarDTU axborot xizmati ✍️
28.04.2025, 21:25
t.me/qmi_instituti/32695 Link
28.04.2025, 19:27
t.me/qmi_instituti/32694 Link
#Kino_taqdim

Qarshi davlat texnika universitetining Energetika muhandisligi fakulteti 2-sonli talabalar turar joyida talaba-yoshlarga davlat buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligida suratga olingan “Doktor Abdullayev” badiiy filmi namoyish etildi.

Ushbu filmda jamiyatning barcha sohalarida insonning oʻz kasbiga sadoqati, mehnat jamoalarining ahilligi va birdamligi viloyatning chekka tumanidagi shifoxona va shifokorlar hayoti misolida hikoya qilinadi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
28.04.2025, 19:27
t.me/qmi_instituti/32693 Link
28.04.2025, 19:23
t.me/qmi_instituti/32692 Link
28.04.2025, 19:23
t.me/qmi_instituti/32690 Link
28.04.2025, 19:23
t.me/qmi_instituti/32691 Link
#Yaxshilar_yodi

Transport va qurilish muhandisligi fakultetida "Kitobxonlik va mutolaa oyligi" va ulugʻ shoir Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda fakultet tyutorlari S.Siddiqova, D.Murodova, F.Temirov, 1-sonli TTJ axborot-resurs markazi xodimi Z.Hazratqulova hamda talabalar ishtirok etdilar.

Badiiy kechada Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga oid qiziqarli maʼlumotlar aytildi. Talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub sheʼrlar ifodali oʻqildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
28.04.2025, 19:23
t.me/qmi_instituti/32689 Link
28.04.2025, 19:13
t.me/qmi_instituti/32688 Link
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Ruminiyaning Sibiu shahrida joylashgan Luchian Blaga nomli universitet professor-oʻqituvchilarining Qarshi davlat texnika universitetidagi xizmat safari boshlandi.

Xorijlik mutaxassislar – “Biznes boshqaruvi, menejment va marketing” kafedrasi mudiri Budac Adriana Camelia hamda ushbu kafedra dotsenti Carolina Țimbalari dastlab QarDTU rektori vazifasini bajaruvchi Abror Murtazayev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov bilan muloqot olib bordilar.

Suhbat davomida har ikki universitet boʻyicha maʼlumotlar almashildi, hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlari muhokama qilindi. Taklif va mulohazalar bildirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
28.04.2025, 19:13
t.me/qmi_instituti/32686 Link
28.04.2025, 19:13
t.me/qmi_instituti/32687 Link
#Mutolaa

QIZLARIMIZ O‘QISHSIN

Mayli, totli osh damlar,
Mayli, gilam to‘qishsin,
Lek eng avval, odamlar,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Qarab qaddi-bo‘yiga,
Tushmang sepning o‘yiga,
Shoshmang hali to‘yiga,
Qizlarimiz o‘qishsin!

O‘n bo‘xcha kimxob bering,
Dunyolarni obbering...
Lek avval kitob bering,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Sarpoga to‘lsin sandiq,
Tilloga to‘lsin sandiq,
Ziyoga to‘lsin sandiq,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Demang: "o‘tyapti yoshi",
Demang: "palaxmon toshi",
Porlar tole quyoshi,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Demang: "bunga yo‘l bo‘lsin?!"
Adab bilsin, til bilsin,
Dunyo bilsin, el bilsin,
Qizlarimiz o‘qishsin.

Imkon bering, bering vaqt,
So‘nib qolmasidan shaxd,
"Byudjet"mi yo "kontrakt",
Qizlarimiz o‘qishsin!

Kim u anov lab burgan?
E, gapirsin gapirgan,
"O‘qib, obberar qo‘rg‘on",
Qizlarimiz o‘qishsin!

So‘zi durga o‘xshaydi,
Izi nurga o‘xshaydi,
Tushgan joyi yashnaydi,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Baxtin g‘amini yesak,
Aslim zo‘r bo‘lsin desak,
Naslim zo‘r bo‘lsin desak,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Qo‘lin tutar hikmatning,
Yo‘lin ochar jannatning,
Ko‘zin ochar millatning,
Qizlarimiz o‘qishsin!

©️ Nuriddin Egamov

QarDTU axborot xizmati ✍️
28.04.2025, 16:11
t.me/qmi_instituti/32685 Link
#2025_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining “Kelajak bunyodkorlari” eshittirishida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanib, yuksak natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarning izlanishlari haqida soʻz yuritildi.

🎤 Eshittirishda Energetika muhandisligi fakulteti dekani oʻrinbosari Bahodir Hazratqulov oʻz mulohazalarini bildirgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
28.04.2025, 15:44
t.me/qmi_instituti/32684 Link
#Sport #Talaba_yugur

Diqqat, musobaqa!

🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MChJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba, yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.

🏃‍♂️ Yugurish musobaqasining “Bahorgi” mavsumi Qashqadaryo viloyati bosqichi joriy yilning 30-aprel kuni Shahrisabz shahrida boʻlib oʻtadi.

🤔 Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Barchangizni yugur.uz elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tgan holda musobaqada ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
28.04.2025, 13:08
t.me/qmi_instituti/32683 Link
Assalomu alaykum!

Boshlangan yangi haftangiz, kuningiz quvonchli, omadli, xayrli va barakali boʻlsin!

Hamma narsa faqat sizning qoʻlingizda, shunday ekan, jasoratli boʻling.

Bill Geyts ✍️

QarDTU axborot xizmati ✍️
28.04.2025, 07:01
t.me/qmi_instituti/32682 Link
#2025_OAVda_biz

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (Edu.uz) telegram kanalida Qarshi davlat texnika universiteti talabalarining Kitob tumanidagi Hazrati Bashir ziyoratgohi va Samarqand viloyatiga sayohati haqidagi axborotimiz eʼlon qilindi.

QarDTU axborot xizmati ✍️
27.04.2025, 23:32
t.me/qmi_instituti/32681 Link
27.04.2025, 21:31
t.me/qmi_instituti/32680 Link
27.04.2025, 21:31
t.me/qmi_instituti/32679 Link
27.04.2025, 21:31
t.me/qmi_instituti/32677 Link
27.04.2025, 21:31
t.me/qmi_instituti/32678 Link
27.04.2025, 21:31
t.me/qmi_instituti/32676 Link
#Sarhisob

Kuni kecha Qarshi davlat texnika universiteti “Nuriston” akademik litseyida anʼanaviy aprel oyi natijalari yuzasidan taqdirlash marosimi hamda 1-kurs oʻquvchilarining ota-onalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Aprel oyida oʻtkazilgan ichki test natijalariga koʻra eng yuqori ballarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari topshirilib, pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.

Shuningdek, aprel oyi davomida turli tadbirlarda - “Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari, oʻquvchilar, ilmiy-badiiy kechalarda, koʻrik-tanlovlarda va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan, xorijiy tillarni va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi boʻyicha sertifikat olgan oʻquvchilar va oʻqituvchilar eʼtirof etildi.

Shu kunning oʻzida 1-kurs oʻquvchilarining ota-onalar yigʻilishi ham tashkil qilinib, kelgusidagi vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib olindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
27.04.2025, 21:31
t.me/qmi_instituti/32675 Link
27.04.2025, 20:48
t.me/qmi_instituti/32674 Link
27.04.2025, 20:48
t.me/qmi_instituti/32673 Link
#Ichki_turizm

Qarshi davlat texnika universiteti Neft-gaz va geologiya fakulteti talabalari tyutor A.Toshev, dotsent M.Gʻofurov hamrohligida Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar.

Sayohat davomida talabalar Registon maydoni va boshqa tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini, Hazrati Dovud qadamjosini ziyorat qildilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
27.04.2025, 20:48
t.me/qmi_instituti/32672 Link
27.04.2025, 20:35
t.me/qmi_instituti/32671 Link
27.04.2025, 20:35
t.me/qmi_instituti/32669 Link
27.04.2025, 20:35
t.me/qmi_instituti/32670 Link
27.04.2025, 20:35
t.me/qmi_instituti/32668 Link
#Tashabbus

Universitetimiz professor-oʻqituvchilari nafaqat yoshlarga bilim berishda, balki jamoat ishlarida ham faollik koʻrsatmoqdalar.

“Bilimli qizlar – jamiyat koʻrki.” Bugun bu shior asnosida joylarda maktablarning oʻquvchi qizlarini oliy taʼlimga jalb etish, ularni ilm olishga undash borasidagi saʼy-harakatlar davom etmoqda.

27-aprel kuni Nishon tumanidagi 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida kechgan ana shunday uchrashuvda viloyat “Oqila ayol” harakati faollari - Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Xurshida Xoliqova, “Adolat” SDP va Oʻzbekiston XDP viloyat kengashlari “Ayollar qanoti” rahbarlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, Oq oltin va Shirinobod mahallarida fuqarolar bilan oila totuvligi haqida suhbatlar tashkil etildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
27.04.2025, 20:35
t.me/qmi_instituti/32667 Link
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" kafedrasi professori Shuhrat Murodov Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti qoshidagi Ekologiya institutida boʻlib oʻtgan "Актуальные проблемы экологии и природопользования" mavzusidagi XXVI ilmiy-amaliy konferensiyada masofadan ishtirok etdi hamda “Закономерности изменения химического состава грунтовых вод и прогноз характера засоления почв при длительном орошении аридных земель” mavzusida maʼruza qildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
26.04.2025, 21:58
t.me/qmi_instituti/32666 Link
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32665 Link
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32664 Link
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32662 Link
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32663 Link
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32661 Link
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32660 Link
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32659 Link
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32658 Link
#Seminar

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti guruh murabbiylari – tyutorlarning navbatdagi seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarda “Diniy bagʻrikenglik, tolerantlik – xalqlar doʻstligining muhim poydevori” va “Oʻzbekiston -2030” strategiyasida iqtisodiy islohotlar” mavzularida muloqot oʻtkazildi. Mavzular yuzasidan keng tushuncha berildi.

Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar, tyutorlarning faoliyati tahlil qilindi. Navbatdagi vazifalar yuzasidan fikrlashib olindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
26.04.2025, 20:21
t.me/qmi_instituti/32657 Link
26.04.2025, 20:09
t.me/qmi_instituti/32656 Link
26.04.2025, 20:09
t.me/qmi_instituti/32654 Link
26.04.2025, 20:09
t.me/qmi_instituti/32655 Link
26.04.2025, 20:09
t.me/qmi_instituti/32652 Link
26.04.2025, 20:09
t.me/qmi_instituti/32653 Link
26.04.2025, 20:09
t.me/qmi_instituti/32651 Link
#Muloqot

Transport va qurilish muhandisligi fakultetida “OIV/OITSning oldini olish va uning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi oliy toifali shifokori Zamira Nekboyeva, dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Tolipov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Mutaxassis tomonidan OIV kasalligining tarqalishi boʻyicha respublikamizdagi vaziyat, kasallikning OIV dan OITSga oʻtish davri, uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Xastalikning klinik belgilari tushuntirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
26.04.2025, 20:09
t.me/qmi_instituti/32650 Link
#2025_OAVda_biz

📺 Qashqadaryo televideniyesi orqali namoyish etilgan “Fayzli kun” musiqiy-dam olish dasturida bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan axborotlar, tafsilotlar va reklama-eʼlonlarning saviyasi, haqqoniyligi, ularning yoshlar maʼnaviyatidagi ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

🎤 Koʻrsatuvda Qarshi davlat texnika universiteti o‘qituvchisi Mahliyo Diyorova oʻz mulohazalarini bildirgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
26.04.2025, 10:49
t.me/qmi_instituti/32649 Link
Assalomu alaykum!

Boshlangan yangi kuningiz quvonchli, omadli, xayrli va barakali boʻlsin!

Baʼzi ishlarning buyukligi uning kattaligida emas, oʻz vaqtida bajarilganligida.

Seneka ✍️

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
26.04.2025, 06:58
t.me/qmi_instituti/32648 Link
5
12
1.6 k
#Diqqat

Qarshi davlat texnika universitetining yangi telegram kanali ishga tushganidan xabaringiz bormi?

Endilikda universitetimiz hayotiga oid eng muhim xabarlar, yangiliklar, eʼlonlar shu kanalda yoritib boriladi.

Ha aytgancha, ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring, aʼzo boʻling va yangi gʻoyalaringizni biz bilan oʻrtoqlashing!

🌐 kstu.uz

📝 Telegram 

💻  Instagram

📹  You tube

🌐 Facebook

📱 Murojaat uchun telefon: 93 934-75-07

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 22:41
t.me/qmi_instituti/32647 Link
25.04.2025, 22:40
t.me/qmi_instituti/32645 Link
25.04.2025, 22:40
t.me/qmi_instituti/32646 Link
25.04.2025, 22:39
t.me/qmi_instituti/32644 Link
25.04.2025, 22:39
t.me/qmi_instituti/32643 Link
#Hamkorlik

Qarshi davlat texnika universiteti va Qashqadaryo pedagogika texnikumi bilan hamkorlikda 2025/2026 oʻquv yili uchun kasbga yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirish maqsadida hamkorlik tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasining professor-oʻqituvchilari – F.Suvonova, A.Saidov, M.Eshqobilova, N.Qobilova, Y.Boynazarova mazkur texnikum bitiruvchi kurs talabalariga Qarshi davlat texnika universiteti faoliyati, salohiyati va unda yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, mavjud yoʻnalishlar batafsil maʼlumot berdilar.

Qiziqarli savol-javoblarga boy oʻtgan tabdir texnikum talabalarida katta taassurot qoldirdi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 22:39
t.me/qmi_instituti/32642 Link
25.04.2025, 21:54
t.me/qmi_instituti/32641 Link
25.04.2025, 21:54
t.me/qmi_instituti/32640 Link
25.04.2025, 21:54
t.me/qmi_instituti/32638 Link
25.04.2025, 21:54
t.me/qmi_instituti/32639 Link
#Muloqot

Energetika muhandisligi fakultetida “Favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish kerak?” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda fakultet rahbariyati, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Xalqimizda “Oʻt balosidan, suv balosidan asrasin” degan gap bejiz aytilmagan. Suv toshqinlari, sellar, koʻchkilar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, zilzilalarning toʻsatdan sodir boʻlishi odamlarni sarosimaga soladi. Natijada aziyatdan chekkan kishilar soni ortadi.

Davra suhbatida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻinlar profilaktikasi boʻlimi boshligʻi, mayor F.Fatxullayev hamda katta leytenant H.Togʻayev tabiiy ofatlar, ularning turlari, sodir boʻlish sabablari, bunday paytda nimalarga eʼtibor qilish va qanday harakatlanish haqida tushuncha berdilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 21:54
t.me/qmi_instituti/32637 Link
25.04.2025, 21:53
t.me/qmi_instituti/32635 Link
25.04.2025, 21:53
t.me/qmi_instituti/32636 Link
25.04.2025, 21:53
t.me/qmi_instituti/32634 Link
#Xalqaro_hamkorlik

"Texnologik mashina va jihozlar" kafedrasida Erasmus+ dasturi orqali Polsha Respublikasining Gʻarbiy Pomor texnologiya universiteti Kimyoviy texnologiya muhandisligi fakulteti professori Beata Zelinska texnologik mashinalar va jihozlar bakalavr taʼlim yoʻnalishining 3-kurs talabalariga “Gaz-kimyo sohasi korxonalari jihozlari” fanidan maʼruza mashgʻulotlari olib bordi.

Maʼruza davomida talabalar dunyodagi va Polsha Respublikasidagi gaz-kimyo sohasi korxonalari jihozlari haqida juda kerakli va qiziqarli maʼlumotga ega boʻlishdi.

Polsha sanoat korxonalaridagi tabiiy gazni qayta ishlash texnika va texnologiyalari, kumush qazib olishdagi innovatsion texnologiyalar, po‘lat eritishda zamonaviy asbob-uskunalarni qoʻllash boʻyicha ham maʼlumotlar keltirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 21:53
t.me/qmi_instituti/32633 Link
#Qadriyat

Milliylik tilda, dilda, yurish-turishimizda, oʻy-xayolimizda, nutqimizda, libosimizda, ong-u shuurimizda... aks etadi. Xalqimiz bagʻrikenglikni, mehr-oqibatni har nedan ustun bilgan, savob ishni aziz qadriyat sanagan.

Bugun milliy qadriyatlar kunini Energetika muhandisligi fakulteti jamoasi – professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar Qarshi shahridagi “Nurli maskan”da, yaʼni viloyat 18-sonli koʻrish boʻyicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasida nishonladilar. Bolajonlarga mehr va quvonch ulashdilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 20:48
t.me/qmi_instituti/32632 Link
#2025_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining "E’zoz" eshittirishida Qarshi davlat texnika universiteti professori Halovat Ismoilova bilan jonli suhbat oʻtkazildi.

🎤 Muloqotda jamiyatda xotin-qizlar faolligining oshib borayotgani, olima ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ular erishayotgan yutuqlar xususida fikr yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 19:41
t.me/qmi_instituti/32631 Link
25.04.2025, 19:32
t.me/qmi_instituti/32630 Link
25.04.2025, 19:32
t.me/qmi_instituti/32628 Link
25.04.2025, 19:32
t.me/qmi_instituti/32629 Link
5
10
1.2 k
#Jarayon

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2024/2025 oʻquv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining tarkibi tasdiqlandi.

Ushbu haftada Davlat boshqaruvi akademiyasida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning malakasini oshirish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kursi oʻtkazilmoqda.

Eʼtiborlisi, Qarshi davlat texnika universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi mudiri Feruza Norqobilova ham malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.

Oʻquv kursi davomida davlat boshqaruvida strategik qarorlar qabul qilish, nizolarni boshqarish, muzokaralar olib borish, jahondagi geosiyosat jarayonlarini oʻrganish va bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir yangi metodologiyalarni oʻrganish va amaliyotga joriy etish boʻyicha maʼruzalar tashkil etilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 19:32
t.me/qmi_instituti/32626 Link
25.04.2025, 19:32
t.me/qmi_instituti/32627 Link
25.04.2025, 18:02
t.me/qmi_instituti/32625 Link
25.04.2025, 18:02
t.me/qmi_instituti/32624 Link
7
12
1.3 k
#Tanlov

Energetika muhandisligi fakulteti talaba qizlari oʻrtasida “Miss fakultet” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovni tashkil etishda universitet xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Gavhar Eshonqulova, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Sevara Mirzayorova, dekan maslahatchisi Rumiya Beytillayeva va ARM xodimalari bosh-qosh boʻldilar.

Qizlar adabiyot, sanʼat va pazandalik borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 18:02
t.me/qmi_instituti/32623 Link
#Qadriyat

Juma - milliy liboslar kuni.

Qalpoqda xalqimizning tafakkuri, idroki, zakovati, orzusi, mavqeyi oʻz ifodasini topgan. Masalan, toʻrt tomon mukammallikni anglatgan, qalampir shaklida farzandtalablik, boylik, dehqonchilik kabi maʼnolarni anglatuvchi shakllar aks ettirilgan.

Bundan tashqari, qalpoqlar oʻz sohibining manzili, martabasi haqida ham “maʼlumot bergan”.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 17:43
t.me/qmi_instituti/32622 Link
25.04.2025, 17:01
t.me/qmi_instituti/32621 Link
25.04.2025, 17:01
t.me/qmi_instituti/32619 Link
25.04.2025, 17:01
t.me/qmi_instituti/32620 Link
25.04.2025, 17:01
t.me/qmi_instituti/32618 Link
25.04.2025, 17:01
t.me/qmi_instituti/32616 Link
25.04.2025, 17:01
t.me/qmi_instituti/32617 Link
#Muloqot

Energetika muhandisligi fakulteti 2-talabalar turar joyida “Muhandislik oyligi” doirasida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda “Energetika muhandisligi” kafedrasi mudiri X.Davlonov, professor-oʻqituvchilar, TTJ masʼullari va talabalar ishtirok etdilar.

Qarshi davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” munosabati bilan amalga oshirilgan ishlar eʼtirof etildi. Yosh olimlar tomonidan ilmiy ishlanmalarning taqdimotlari oʻtkazildi.

Professor-oʻqituvchilar yoshlar bilan muloqot davomida “yashil” energetikaning iqtisodiyot tarmoqlaridagi oʻrni, istiqbollari va uni aholi orasida yanada rivojlantirish boʻyicha mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Yakunda davra suhbatida faol qatnashgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 17:01
t.me/qmi_instituti/32615 Link
25.04.2025, 12:14
t.me/qmi_instituti/32613 Link
25.04.2025, 12:14
t.me/qmi_instituti/32614 Link
25.04.2025, 12:14
t.me/qmi_instituti/32612 Link
25.04.2025, 12:14
t.me/qmi_instituti/32611 Link
#Xalqaro_hamkorlik

Polshalik professor-oʻqituvchilar – Qarshi davlat texnika universitetida

Xalqaro loyihalar rejasiga asosan, Gʻarbiy Pomor texnologiya universiteti Kimyoviy texnologiya muhandisligi fakulteti professorlari Beata Zelinska, Yeva Miyovska hamda Lublin shahridagi Biznes va boshqaruv kolleji (WSPA) “Iqtisodiyot va sotsiologiya” kafedrasi dotsenti Maya Volnistaya universitetimizda xizmat safarini oʻtamoqdalar.

Xorijlik mutaxassislar dastlab ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov bilan muloqot oʻtkazdilar. Suhbat davomida har ikki oliygoh uchun manfaatli boʻlgan muhim masalalar muhokama qilindi.

Soʻngra polshalik mehmonlarning iqtidorli talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitetlarning taʼlim yoʻnalishlari, grant dasturlari, shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 12:14
t.me/qmi_instituti/32610 Link
#2025_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining “Doʻstlik uyi” eshittirishida Qarshi davlat texnika universitetida turli millatga mansub talabalarning bir oila farzandlari singari doʻstona hayoti, tahsil jarayonlari haqida soʻz yuritildi.

🎤 Reportajda Energetika muhandisligi fakulteti oʻqituvchilari Rumiya Beytullayeva, Jasur Niyozov hamda talaba Suhrob Rafiqovning fikr-mulohazalari berilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 12:14
t.me/qmi_instituti/32609 Link
10
17
2.1 k
#Faxr

Mahmutullayeva Sevinch Habibulla qizi – Qarshi davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyalari sohibasi. Qashqadaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan oʻtkazilgan istiqbolli IT loyihalar "Ideathon" koʻrik-tanlovi gʻolibasi.

Sevinch Mahmutullayeva "Oʻzbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirishda logistika tizimlari" mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari respublika hamda xalqaro ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan.

Bundan tashqari, Sevinch oʻz tengdoshlari va intiluvchan yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari, turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun o‘zining telegram blogi orqali amaliy yordam koʻrsatib keladi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 11:35
t.me/qmi_instituti/32608 Link
1
10
1.4 k
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

💬“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkaziladi

✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!

❗️Tanlovda oliygohlarda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.

➡️G‘oliblar iyun oyining 5-sanasiga qadar aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.

🎚 Arizalar joriy yilning 1-10-may kunlari qabul qilinadi.

📃Tanlov nizomi

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
25.04.2025, 07:48
t.me/qmi_instituti/32607 Link
#2025_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining “Reportaj” eshittirishida “Kitobxonlik haftaligi” munosabati bilan viloyat axborot-kutubxona markazida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tafsilotlari yoritildi.

🎤 Reportajda Transport va qurilish muhandisligi fakulteti dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Tolipov, talabalar – Jonibek Mengliqulov, Mansur Yormuhammadov, Adizam Ulashevning fikr-mulohazalari berilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 07:34
t.me/qmi_instituti/32606 Link
Ulug‘bek Tolipov va talabalar_Oltin voha_Reportaj.mp3
#2025_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining “Reportaj” eshittirishida “Kitobxonlik haftaligi” munosabati bilan viloyat axborot-kutubxona markazida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tafsilotlari yoritildi.

🎤 Reportajda Transport va qurilish muhandisligi fakulteti dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Tolipov, talabalar – Jonibek Mengliqulov, Mansur Yormuhammadov, Adizam Ulashevning fikr-mulohazalari berilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 07:32
t.me/qmi_instituti/32605 Link
Assalomu alaykum!

Boshlangan yangi kuningiz quvonchli, omadli, xayrli va barakali boʻlsin!

Umid baxtning bir turidir, ehtimol bu dunyodagi yagona baxt boʻlishi ham mumkin.

Semyuel Jonson ✍️

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
25.04.2025, 06:59
t.me/qmi_instituti/32604 Link
25.04.2025, 00:10
t.me/qmi_instituti/32603 Link
25.04.2025, 00:10
t.me/qmi_instituti/32602 Link
25.04.2025, 00:10
t.me/qmi_instituti/32601 Link
25.04.2025, 00:10
t.me/qmi_instituti/32600 Link
25.04.2025, 00:10
t.me/qmi_instituti/32599 Link
25.04.2025, 00:10
t.me/qmi_instituti/32598 Link
25.04.2025, 00:10
t.me/qmi_instituti/32597 Link
25.04.2025, 00:10
t.me/qmi_instituti/32596 Link
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa