O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan 2025-yil 24-aprel kuni “Qurolli kuchlar tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Konferentiyada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tizimiga sun’iy intellekt (SI), avtomatlashtirilgan tizimlar, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), dronlar va kiberxavfsizlik texnologiyalari qo‘llanishi bilan bog‘liq muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini chuqur o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi. Harbiy sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bugungi kunda Qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatini oshirish bo‘yicha keltirilgan masalalarni kengroq yoritish, muhokama etish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalari bilan sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi harbiylar shuningdek, Jamoat xafsizligi universitetlarining professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.