O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
0.77%
ER (semana)
24.27%
ERRAR (semana)

Aloqa: @econ_feedback_bot

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 116 resultados
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
1
O'zbekistondagi davlat banklari haqida tasodifan bir daqiqa ichida ikkita postni ko'rib qoldim.

Aynan mana shuning uchun ham shunday gaplarda mutlaqo jon bor.

@uzbekonomics
24.04.2025, 16:17
t.me/uzbekonomics/1204
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
1
AQSh bir paytlar Kubaga, Eronga embargo qo'ygandi. Mana, endi shunday davrga ham kelibmizki AQSh hukumati AQShning o'ziga savdo va iqtisodiy faollikni cheklaydigan embargo qo'ymoqda.

@uzbekonomics
24.04.2025, 16:00
t.me/uzbekonomics/1203
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
12
1.6 k
Hozir asosan fond, obligatsiya bozorlarining javobini ko'ryapmiz. Ba'zilar aytadiki bu iqtisodiy indikator emas, Wall Street bu Main Street emas, shuning uchun buni jiddiy qabul qilish kerak emas deb^. Mutlaqo xato gap. Fond bozoridagi savdo nafaqat spekulyatsiya balki bu jonli ravishda bizga investorlarning kayfiyati, korxonalarning rentabelligiga ta'sir, va xatarlarni baholanishini ko'rsatadi.

Main Streetda ta'sir albatta bilinadi, biroz muddatdan o'tib. Hozirdan bilinmoqda ham.

Masalan, Los-Anjelesda trakda yuk tashish faoliyati o'tkan yilning shu davriga solishtirganda 23%ga kamayibdi. Logistika esa Janubiy Kaliforniyadagi eng katta ikkinchi ish bilan ta'minlovchi faoliyat turi, ya'ni 500ming odam ishlar ekan. Agar tariflar shunday davom etsa faoiliyat 50%ga kamayadi, bu degani ko'p odamlar ish yoqotadi.

Trakda yuk tashish nimaga kamaydi? Avvalambor, tariflarni deb, oxirgi 3 hafta ichida Xitoydan AQShga okean orqali keladigan konteynerlarga buyurtmalar xajmi 60%ga kamayibdi. AQSh har yili Xitoydan 600 milliard dollarlik mahsulot import qilishini nazarda tutsak, bularning 95 foizi okean yuklari orqali keladi. Ushbu tovarlar chakana savdoda ~2T dollarga sotiladi. Xullas, bu o'n minglab bizneslarning yopilishi, millionlab odamlar ishsiz qolishi va istalgan do'kon rastasida taqchillik paydo bo'lishini anglatadi.

Bekorga kuni kecha AQShdagi eng katta ish beruvchi - Walmartning CEOsi, va Target, Home Depot kabi katta ish beruvchi va mahsulot sotuvchilarning rahbarlari Tramp bilan ko'rishgani borishmagan. Borib, agarda bu ahmoqgarchilikni tugatmasak, amerikaliklar uchun rastalarimizda hech narsa qolmaydi deyishibdi. Ya'ni, tariflardan oldin sotib olingan tovarlar tugab bormoqda. Har kuni 7 marta kayfiyatini o'zgartiradigan Oq uydan nima kutishni bilmay albatta hech kim hozir 145% boj bilan import qilmaydi.

Yuqoridagi logistikaga tegishli ma'lumotlar, va katta biznes egalarini tinglab balki shuning uchun ham Trampning Xitoyga bo'lgan gaplari kecha yumshagandir?

^AQSh iqtisodiyotining saraton kasalligi bo'lmish Peter Navarro va mantiq va iqtisodiyot qanday ishlashini bilmaydigan savdo vaziri Lutniklar, masalan shunday hech qanday mas'uliyatsiz gapiraveradilar. Lekin, ularning g'oyalari butun iqtisodiyotga qimmatga tushmoqda.

@uzbekonomics
24.04.2025, 15:22
t.me/uzbekonomics/1202
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
1
Art of the Deal emish. Xitoyga yo'q joydan savdo urushini boshlab oxiri sharmanda bo'lib deyarli uzr so'rayapti. Amerika iqtisodiyotini garovga olib, iste'molchilarni qiynab Xitoyga tarif qo'yayotgan edi, qarasaki Xitoy miq etmadi. Albatta, soya loviyalarini Amerikadan olmasa Braziliyadan oladi. Boeing samoletini Amerikadan olmasa Yevropadan Airbus oladi. Amerikadek iste'molchilik mamlakati uchun Xitoy ko'proq kerak.

U kitobni qanday qilib deal qilmaslikni o'rganish uchun o'qish kerakka o'xshayapti. Masalan, qanday qilib kazinolarni bankrot qilmaslik yoki qanday qilib mamlakatlarga ahmoqona tariflar bilan tahdid qilib, evaziga faqat va faqat o'z iqtisodiyotiga zarar yetqazib olmaslikni o'rgansa bo'lar ekan.

@uzbekonomics
24.04.2025, 14:53
t.me/uzbekonomics/1201
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
1
Har safar savdo urushini (ahmoqona tariflar deb o'qilsin) yumshatuvchi gaplar Oq uy rasmiylaridan chiqsa bozorlar bunga javoban "ha, aynan shunday, savdo urushini to'xtatish kerak, tariflardan voz kechish kerak" deyapti. Yoki, Markaziy bank raisi Poelni olib tashlamayman (aslida olib tashlay olmaydi ham) degan gaplari ham ijobiy qabul qilinadi.

Ya'ni, jonli ravishda signal kelyapti. Oq uy qaysarlik qilmasdan bu nonsensni to'xtatishi kerak.

@uzbekonomics
24.04.2025, 14:20
t.me/uzbekonomics/1200
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
83
2.9 k
Faoliyatim doirasida juda tadqiqotlarni o'qishimga, ularni taqriz qilishimga to'g'ri keladi. Vaqt esa albatta hammasiga yetmaydi.

Shunga Google NotebookLMni ishlatib turaman. Ayniqsa oxirgi paytlarda tadqiqotlarning PDF faylini yuklab, audio formatda va ikki kishining podkast suhbatiga o'girib beradigan xizmatidan foydalanyapman. Kecha ham bir tadqiqotni o'qishga vaqtim yetmagan edi, PDFni yuklab, 20 minutli podkastini yugurayotganda eshitib ketdim. Muhimi, juda sifatli suhbatga o'girib beradi, tafsilotlarini yaxshi tushuntirib. Buni eshitib rostan ham ikki odam suhbatlashyapti deb o'ylash mumkin.

Misol tariqasida kechagi Stefanie Stantchevaning muhim tadqiqotlaridan biri - davlatning soliq siyosati qanday qilib innovatsiyaga ta'sir qilishining podkast formati bu yerda.

Xullas, Google NotebookLMni nafaqat tadqiqotchilarga, balki istalgan qiziquvchi odamga ham tavsiya etaman. Tadqiqotlarni ommalashtirish, "oddiy tilda" tushuntirishga yaxshi yordam ekan.

@uzbekonomics
23.04.2025, 15:44
t.me/uzbekonomics/1199
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
32
4.3 k
​​Hozirgi bozor sharoitida portfoliosida oltin bo'lganlar va AQSh qog'ozlaridan vaqtida chiqqanlar:

@uzbekonomics
22.04.2025, 16:54
t.me/uzbekonomics/1198
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
19
4.3 k
​​Stantcheva zamonamizning eng kuchli iqtisodchilaridan biri. Tabriklaymiz!
https://www.aeaweb.org/about-aea/honors-awards/bates-clark/stefanie-stantcheva

Adashmasam, Garvard iqtisodiyot fakultetida eng tez tenure olgan olim.

Kanalda avvalroq zero-sum thinking haqida yozgandim. Aynan Stantchevaning oxirgi tadqiqotlaridan biri shu haqida. Masalan, boylikni qayta taqsimlash, protektsionizmni oldinga surish va immigratsiyaga qarshi choralarni tadbiq qiladiganlar ko'pincha o'zlarining o'tmishdagi hayot tajribalariga tayanadilar - bugungi iqtisodiy sharoitga emas.

@uzbekonomics
22.04.2025, 16:46
t.me/uzbekonomics/1197
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
39
5.8 k
Menimcha, o'rtacha va median o'zbekistonlik nafaqat bir yilda, balki umri davomida xorijga qiladigan parvozlari soni roppa rossa 0 ga teng.

500ta odamni deb butun mamlakatga boj solish maqsadga muvofiqmi degan savol o'rinliroq. Buni ma'murchiligining o'zi ham barchaning vaqtini ketqazadi. Bojxonachilarni ham, iste'molchilarni ham. Iste'molchilar chet elda necha kun bo'lganliklari, qo'llaridagi noutbuk va telefon narxi qancha, chet eldan qancha vitamin/dori zakaz qilganliklarini yozib yurib shularning barchasining cheklarini yig'ib yurish kerak.

Menimcha, 2025 yilda barchaning vaqtini va resurslarini bundanda muhimroq narsalarga qaratish o'rinliroq.

@uzbekonomics
21.04.2025, 22:10
t.me/uzbekonomics/1196
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
12
5.6 k
​​Qo'shimcha qiymat solig'i nimaligini tushunmaydigan biznesmen.

Yevropa mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchi eksportyorlar QQSni davlatdan qaytarib olishlarini yevropaning AQShga qarshi o'rnatgan notarif savdo cheklovi deb o'ylar ekan.

@uzbekonomics
21.04.2025, 05:20
t.me/uzbekonomics/1195
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
31
4.5 k
​​Ko'pchilik universitetlarning endowment (vaqf fondi?) nima ekanligi haqida bilmas ekan.

Masalan, Garvardning endowment fondi $53 milliardga teng bo'lishi mumkin, lekin bankdagi hisob raqamda shuncha pul bor va uni hozir yechib olsa bo'ladi degani emas. Aksariyat vaqf fondlarining aksariyat mablag'lari manzilli yo'nalishlar uchun yig'iladi va qonunan ularga tegib bo'lmaydi. Masalan, falonchi odam/tashkilot 100 million dollar xayriya qilsa uni shunchaki emas balki qandaydir shart bilan beradi. Masalan, bu faqat saraton kasalligi uchun tadqiqodlarga deydi, yoki bu faqat bakalavrdagi talabalarning yotoqxonasini keyingi 20 yil ichida remont qilishga deydi, yoki kutubxona uchun deydi, yoki, faqat Markaziy osiyolik talabalar uchun 100% grant asosida o'qishini moliyalashtirish uchun deydi.
Ya'ni, pul qandaydir maqsad uchun ajratilgan va unga tegilmaydi. Albatta, universitetlar vaqf mablag'larini hisob raqamda ushlab turishmaydi, qayergadir (odatda passiv) sarmoya qilinadi. Va ularning yillik daromadining katta qismi joriy xarajatlar uchun sarflanadi.

Lekin, Pirs Morgan va unga o'xshas ko'p sonli odamlar "universitetlarni shuncha puli bor ekan, demak ularga soliq to'lovchilar/davlat grantlari berilishi kerak emas" deb vahima qilishadi. Engagement uchun.

Vaholanki, soliq to'lovchilar va davlat universitetlardan shu orqali xizmatlarni sotib oladilar. Davlat universitetlarga pul berishidan asosiy maqsad bu xayriya yoki hashamatli bino qurish emas balki u yerda jamlangan inson kapitalidan foydalanib shu jamoatchilik va davlat uchun kerak bo'lgan kasalliklar, saratonga davo topish, yangi dorilarni ixtiro qilish, harbiy sanoat uchun yangi injenerlik yechimlarni tadqiqot qilish va boshqalar. Gap barcha universitetlar haqida. Masalan, Kornel, UPenn, Northwestern universitetlari ham qisqaradigan federal grantlar sababli reaktiv dvigatellar, nanotexnologiya, sun'iy yo'ldosh aloqalari uchun yangi materiallar, Parkinson, diabet va saraton kasalligi bo'yicha tadqiqotlar zarar ko'rishini e'lon qilishdi.

@uzbekonomics
20.04.2025, 07:45
t.me/uzbekonomics/1194
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
67
8.0 k
Bunday ishlar umuman yaxshilikka emas. Afsus.

@uzbekonomics
19.04.2025, 21:33
t.me/uzbekonomics/1193
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
37
5.1 k
Tramp administratsiyasi bugun ortga chekinib, Garvardga yuborilgan xat (talablar) xato bilan ketib qolibdi deyishibdi. Klassik bahona.

Albatta hech qanday xato bo'lmagan. Jamoatchilik oldida ochiqchasiga "yo'q" javobni olishni, bo'yin egmasliklarini Garvarddan kutishmagan shekilli (Kolumbiya universitetidan farqli o'laroq).

Aynan bugungi oqshom Amerika revolyutsiyasining 250 yilligi nishonlanyapti. Bu administratsiya davrida mamlakatdagi ko'p institutlar sinovdan o'tadi deyilganda nafaqat sud yoki kongress, balki ta'lim dargohlari ham nazarda tutiladi.

Xullas, Stiv Kerr aytgandek "way to stand up to the bully!"

@uzbekonomics
19.04.2025, 08:13
t.me/uzbekonomics/1192
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
29
3.4 k
​​Ikki yil oldin the Wall Street Journal nashriyoti quyidagi sarlavhali g'alati maqola chop etgandi: "Pul tejash uchun nonushta qilishni to'xtating" degan. Bu maqola tuxum narxi oshib ketganda chiqqandi va nonushtada tuxum ko'proq iste'mol qilingani uchun shunday maqola o'rinli deb o'ylashgandi.

O'tkan hafta WSJ yana g'alati maqola chop etibdi. Sarlavhasining ma'nosi: "Ishda tushlik qilishga uydan ovqat olib kelish odatingiz iqtisodiyotga zarar yetkazmoqda". Bu yerda mazmun - uydan ishga ovqat olib kelsangiz, ko'chadagi restoranda tushlik qilmaysiz, shuning uchun ularda tushum tushib ketayotgan emish.

The Atlantic ham shularga o'xshash g'alati maqola yozgandi: "Inflyatsiya bu sizlarning ayblaringiz" deb. Tavba. Hamma narsaga iste'molchi aybdor-a?

WSJning keyingi maqolasi qanday bo'lar ekan deb o'ylaysiz? Nonushta haqida yozishdi, tushlik haqida yozishdi, endi kechki ovqatimizni yozishsa kerak.

Menda (to'g'rirog'i ChatGPTda) bir nechta variantlar bor:

"Eating Dinner at Home? You're Starving the Service Sector."
"You Ate Dinner, But Did the Economy Eat Too?"
"Skipping Appetizers? Small Plates, Big Economic Consequences."
"Dinner for Two? That’s Why the Nation’s GDP Is Starving."
"Eating at 6 PM? Your Early Dinner Is Crashing Late-Night Markets."
"Skipping Dessert? Sweet Decline Ahead for America’s Economy."

@uzbekonomics
16.04.2025, 17:52
t.me/uzbekonomics/1191
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
27
4.2 k
​​Xitoyda ishlab chiqarish sanoatida ishchi o'rinlar soni 2011 yildan beri keskin qisqaribdi.

Mamlakat va aholi boyigan sari iqtisodiyotda ixtisoslashuv ishlab chiqarishdan ko'proq xizmat ko'rsatish sohasiga o'tadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish sanoati qisqarmasa ham ishlab chiqarish yanada samaraliroq va avtomatlashgan sari, bir xil miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun kamroq ishchilarni talab qiladi.

AQShda ham shunday. Ikkinchi jahon urushidan beri ishlab chiqarishda ishchi o'rinlar soni faqat va faqat qisqarib keladi. YaIMda ham ishlab chiqarishning ulushi 10% atrofida. Shuning uchun, AQShga ishlab chiqarishni avvalgi zamonlardagi darajaga qaytarish g'oyasi bu bevosita AQShni hozirgidan qashshoqroq qilish dasturiga mos keladi.

Ba'zi korxonalar ishlab chiqarishni qaytarishi yoki yaratishi mumkin (Nvidia), lekin ishlab chiqaruvchilar soni oshadi degani emas.

Yana bir narsa. Xitoy avvalgi mamlakat emas. Faqat arzon ishchi kuchi bo'lgani uchun ishlab chiqaruvchilar boradi degan argument aktual emas. Ishchilarning malakasi va ularning konsentratsiyasi deb Xitoy AQShdan jozibaliroq bo'lishi mumkin. Nisbiy arzonroq ishchi kuchlari Xitoyda qolmagan desa ham bo'ladi. Vyetnam, Kambodja va Bangladeshdan farqli o'laroq.

Xullas, Xitoyni o'zidan emas balki Xitoydan shartli Vyetnamga ketgan ishchi o'rinlarni AQSh o'ziga qaytarmoqchi, soddaroq aytadigan bo'lsak.

@uzbekonomics
15.04.2025, 17:47
t.me/uzbekonomics/1190
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
48
6.5 k
Garvard Trampga yo'q dedi.

Universitet o'z mustaqilligidan va konstitutsiyaviy huquqlaridan voz kechmasligini, Tramp administratsiyasi qo'ygan talablarni qabul qilmasligini e'lon qilib o'z faoliyatini bu federal hukumat talablaridan mustaqil ravishda davom ettirishini ta'kidladi.

Yaxshi pretsedent bo'ladi deb umid qilaman.

Bunga javoban federal hukumat bir necha milliard dollarlik byudjetdan moliyalashtirishni muzlatib qo'ymoqchi.

@uzbekonomics
15.04.2025, 05:41
t.me/uzbekonomics/1189
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
16
3.6 k
​​Bo'layotgan savdo urushlari va makroiqtisodiy jarayonlarga qaramay O'zbekiston albatta dunyoga yanada ochilib borishi maqsadga muvofiq.

O'zbekistonga xorijliklar, ishbilarmonlar ko'proq kelishlari va o'zbekistonliklar ham ko'proq xorij mamlakatlarga borishlari osonlashsa inson kapitali ham, moliyaviy kapital ham, texnologiya va ilm-fanda ham almashish jadallashadi. Shuning uchun viza masalalarida bu kabi yangiliklar juda yaxshi.

@uzbekonomics
9.04.2025, 22:27
t.me/uzbekonomics/1188
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
64
3.8 k
​​Tarixdagi eng katta va ochiqcha bozor manipulyatsiyasi yoki biz ko'rgan eng katta insider trading?

Ertalab bozor ochilishi bilan soat 9:37da Tramp: "Hozir sotib olishning ayni vaqti" deb yozdi (bozorga hozir arzon narxlarda kirishga ishora). Xuddiki, bozor uchun yaqinda yaxshi yangilik borligini biladigandek.

Tushlik payti soat 13:18da Tramp tariflar 90-kunga to'xtatilganini e'lon qildi ------> Bozor +10%ga zudlik bilan ko'tarildi.

Bozorda bunday manipulyatsiya uchun odamlar odatda qamoqqa uzoq muddatga ketishadi. Odatda.

@uzbekonomics
9.04.2025, 21:49
t.me/uzbekonomics/1187
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
24
3.8 k
Bozor reaksiyasi.

Trampga buni ko'rsatish kerak, ko'radi ham.

Televizorga chiqib, bo'ldi biz savdo urushida g'alaba qozondik, mamlakatlar biz bilan endi boshqacha hisoblashishadi degan gaplarni gapirsa ham mayli. Lekin, tariflar g'oyasidan voz kechish kerak.

Hayotimizda davom etaylik. Yo'q joydan ahmoqona tariflarni deb diqqatimiz ham, xarajatlarimiz ham, vaqtimiz ham shunga ketyapti.

Umid qilamanki, boshqa mamlakatlar ham Tramp hohlaydigan narsani qilishadi - birrovga telefon qilib, ozgina suhbatlashishsa shuni o'zi yetar ekan.

Savdo urushi va bojlar hamma uchun zararli.

@uzbekonomics
9.04.2025, 20:51
t.me/uzbekonomics/1186
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
53
3.8 k
​​Hozirgina Tramp tariflarni 90 kunga to'xtatib qo'ydi va 5D shaxmat o'yini hozircha "отмена" bo'ldi.

Bozorlar va hamma uchun yaxshi yangilik. Fond bozori ko'tarilmoqda (Nasdaqni o'zi +9%).

Mana shu bozor reaksiyasidan ko'rsak bo'ladi, eng to'g'ri qaror bu tariflardan voz kechish. Hozircha hech bo'lmasa vaqtincha.

Ozodlik kuni to'xtatildi, xullas.

@uzbekonomics
9.04.2025, 20:35
t.me/uzbekonomics/1185
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
79
8.0 k
​​Shu kunlarda bozorlarda g'ayrioddiy vaziyat: fond bozori (aksiyalar), obligatsiyalar (AQSh g'aznachilik qog'ozlari), dollar, neft - barchasi qulagan.

G'ayrioddiyligi shundaki, sistematik yoki ma'lum sanoat/korxona risklari oshganligida investorlar riskli aktivlardan (masalan aksiyalar) qochib riski kamroq bo'lgan aktivlarga (masalan obligatsiyalar) borar edilar. Tarixan eng riski kam va likvid bo'lgan aktiv/obligatsiya esa bu AQSh g'aznachilik obligatsiyalari bo'lib kelgan. Fond bozoridan, aksiyalardan chiqqan investorlarning obligatsiyalarga talabi oshganda obligatsiyalarning narxi ko'tariladi va ularning qaytim foizi tushadi (obligatsiya narxi va uning foizi teskari ishlaydi). Ko'pchilik biladigan 10 yillik yoki 30 yillik g'aznachilik obligatsiyalari haqida gap.

Eslatma: fond bozori qulagani (yil boshidan -15%) sababi oddiy: investorlar tariflarning korxonalar va iqtisodiyotga oqibatlarini salbiy baholamoqdalar. Ahmoqona tariflar korxonalar daromadlarini va investitsiyani kamaytiradi, ularning mahsulotlariga talab kamayadi vhzk va oqibatda investorlar korxona daromadliligini qayta ko'rib chiqib portfelda riskni kamaytiradilar.

Endi, AQSh hukumati byudjet defitsitini va xarajatlarni moliyalashtirish uchun bozordan muntazam ravishda qarz olib keladi va bu jarayon kerakli muddatli obligatsiyalarni sotishdan iborat. Shuning uchun bozordagi g'aznachilik obligatsiyalari qaytim foizi juda muhim, chunki AQSh hukumati obligatsiya joylab qarz olganda u qarzni qoplaydigan foiz xarajatlari aynan shu bozordagi foizlarga bog'liq. Qancha foiz stavkasi katta bo'lsa shuncha ko'p foiz xarajatlari byudjetdan ketadi. Demak, qachonki hukumat katta miqdorda bozordan qarz olmoqchi bo'lsa yoki qayta moliyalashtirmochi bo'lsa shu obligatsiyalarning bozordagi stavkasi past bo'lgani yaxshi.

Mana shu yerda "sizlar tushunmayapsizlar, katta o'yin ketib Tramp/Bessent 4D yoki 5D shaxmat o'yini qilishyapti" deganlarning gapi keladi. Ularning fikricha, ataylabdan tariflar va savdo urushini boshlab administratsiya vaqtincha bozorda vahima boshlashgan, ataylab fond bozorini qulatishgan. Chunki hukumat hozirda katta miqdorda foiz xarajatlarini to'layapti va yaqinda qayta moliyalashtirishi kerak, shunga retsessiya qo'rquvi natijasida riski kam aktiv - hukumat obligatsiyalariga talab oshadi, foizi tushadi va natijada shu past stavkada obligatsiyalarni joylab olamiz va yiliga bir necha yuz milliard dollar foiz xarajatini tejaymiz deyishadi. Bu argumentni har kuni eshitamiz. Kremniy vodiysidagi aqlli venchur kapitalistlar ham, MAGAchi iqtisodchilar, yoki internetdagi inflyuenserlar ham shunday deb tariflarni oqlashga harakat qilishmoqda.

Muammo shundaki, bugun AQSh obligatsiyalarning foizi aksincha oshmoqda! Sababi fond bozoridan, riskli aktivlardan chiqqan investor nafaqat obligatsiyalarni olishmayapti, balki portfelida AQSh hukumati obligatsiyalari bo'lganlar ham sotishmoqda. Xedj fondlar ham, Xitoy hukumati ham. Xedj fondlarning fond bozoridagi pozitsiyalari qarzlangan (leveraged) va u pozitsiyalarni yopib qarzni qoplash uchun kerak bo'lgan naqd pullarni shu jumladan g'aznachilik obligatsiyalarini sotish orqali olishmoqda (ikkinchi abzatsda aytilgandek bular likvid). Qo'shimchasiga, 104 foizlik import boji e'lon qilgan AQSh hukumatiga javoban Xitoy hukumati g'aznachilik obligatsiyalarini sotmoqda degan yangiliklar kecha chiqdi. Boshqa hukumatlar ham sotishni boshlagan bo'lsalar bu juda yomon signal - investorlar AQSh hukumatining obligatsiyalarini endi xavfsiz aktiv sifatida ko'rmayotganliklaridan dalolat.

5D shaxmat o'yini bo'layapi deganlar yoki rostdan ham 5D shaxmatini o'yinini qasddan qilishayotgan bo'lsalar umuman teskari natija olinmoqda. AQSh hukumati qarzi foiz xarajatlari aksincha oshadi! Bir necha yuz milliard dollarlik xarajatni tejaymiz deb bir necha o'n trillionlik zararni bozorlarga yetqazish va iqtisodiyotni buzish o'zini oqlamaydigan telbalik. Bu tariflar 5D shaxmat emas balki shashkaga ham o'xshamaydi. Barchasi ahmoqona va xato illyuziaga asoslangan.

@uzbekonomics
9.04.2025, 19:25
t.me/uzbekonomics/1184
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
19
4.5 k
Zamonamizning eng katta inflyuenseri Mr Beast ham tariflar qanday ishlashini biladi. O'zi AQShda ishlab chiqaradigan shokoladni endi tariflarni deb chet elda sotish zararga ishlashini va shuning uchun ishlab chiqarishini AQShdan olib chiqib ketish foydaliroq ekanligini aytmoqda.

Tariflar yangi ishlab chiqarishni yaratmasdan aksincha mavjudlarini ham yo'q qilishi haqida afsuski ko'p gapirilmaydi. Kechagi podkastimizda BMW mashinasi misolida aynan shuni aytgan edim.

@uzbekonomics
8.04.2025, 19:26
t.me/uzbekonomics/1183
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
18
4.6 k
"Amazondan bir qarab ko'rchi, Xitoyga qarshi qanday kitoblar bor ekan, maullifini chaqir"

Birinchi prezidentlik muddatidan oldin mana shunday gapdan so'ng Jared Kushner Amazonga kirib kitoblarni izlashni boshlagan. Qarasa Peter Navarro ismli muallif "Death by China" degan kitobni yozgan ekan. Uni Oq uyga chaqirishgan va shundan beri Trampning savdo siyosatining asosiy arxitektoriga aylangan. To'g'rirog'i, Trampning g'oyasini kim oqlab beradi deb izlashgan. Shunday qilib Amazondan Oq uyning eng nufuzli maslahatchisigacha. Kitobdagi personaj mutlaqo o'ylab topilgan obraz ekan.

@uzbekonomics
8.04.2025, 19:16
t.me/uzbekonomics/1182
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
11
4.3 k
Trampning savdo va tarif masalasi bo'yicha maslahatchisi va uning g'oyalarini ilhomlantiruvchi shaxs Piter Navarro. U kecha Elonni "mashina ishlab chiqaradigan emas, mashina yig'adigan" mashinachi degandi. Bugun Elonning javobi rasmda.

Trampning maslahatchilari o'zaro va jamoatchilik oldida bunday urushayotganliklari juda yaxshi. Navarroning gaplari nafaqat yolg'on balki mantiqqa ham to'g'ri kelmaydi.

Elonning Oq uydan ketish ehtimoli yanada oshib bu tez kunlarda sodir bo'ladiganga o'xshaydi.

@uzbekonomics
8.04.2025, 19:05
t.me/uzbekonomics/1181
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
14
4.4 k
Shuni aytish kerakki, tariflar masalasida Oq uyda hozir aftidan yagona to'g'ri maslahat berayotgan odam bu Elon Mask.

Ukasi Kimbal ham Tesla korxonasining direktorlar kengashi a'zosi sifatida tariflarni ochiqchasiga qoralamoqda.

O'sha gap - tariflarning salbiy oqibatini Elon Maskdek hech kim o'z tanasida ko'rmaydi. Navarro ham, Bessent ham, Lutnik ham barchasi televizorga chiqib quruq gaplarni gapirishlari va kabinetda Trampga ura-ura deyishlari mumkin. Lekin, ular ishlab chiqarish va savdo qanday ishlashini bilishmaydi.

@uzbekonomics
8.04.2025, 17:46
t.me/uzbekonomics/1180
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
39
8.4 k
Podkastimizning yangi soni chiqdi. Dolzarb va o'ta muhim mavzu.

51 - Ozodlik kuni (Liberation day)

Youtubeda video: https://youtu.be/w_O8gIrIUrE
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Podkastimiz hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

@uzbekonomics
7.04.2025, 19:51
t.me/uzbekonomics/1179
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
79
5.4 k
Iqtisodiyot fanidan dars beradiganlar har bitta talabaga ahamiyat berishlari, yaxshilab o'qitishlari kerakligi haqida saboq ekan.

Eslatma: Tramp iqtisodiyot yo'nalishida bakalavr qilgan.

Koridorda o'qigan bo'lsa kerak.

@uzbekonomics
7.04.2025, 15:32
t.me/uzbekonomics/1178
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
43
4.3 k
Bu hafta o'qiganlarimning ba'zilari:

1. Manfiy savdo balansi mamlakatni qashshoq qilmaydi. Noah Smith kolonkasi.

2. Tariflar bo'yicha eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar. Kyla Scanlonning Substackda maqolasi. Aytgancha, Kyla Scanlon - zamonamizning iqtisodiyot, moliyaviy savodxonlik mavzulari bo'yicha eng nufuzli TikTok/ijtimoiy tarmoq/Gen Z inflyuenseri. U haqida WSJ ham profil maqola yozgan. O'zim ham uni muntazam ravishda o'qiyman. Ingliz tilida o'qish va kuzatish va o'qish shart bo'lgan ikkita odamni tanlash kerak bo'lsa birinchi tabiiyki Matt Levine, ikkinchisi Kyla.

3. Financial Taymzda ko'p baxsga sabab bo'lgan maqola. Maqola muallifi - iqtisodchi. Lekin, u oddiy narsada xato qilyapti. Uningcha, Germaniya hukumati germaniyalik eksportyorlar tovarni AQShga eksport qilganlarida QQSni qaytarib olishlari bu Germaniya hukumatining eksportyorlarga subsidiya beryapti demoqda. Va shu xato fikrga asoslanib, biz, AQSh ham Germaniyaga 25 foizlik import bojini qo'ysak shunda teng bo'lamiz demoqda. Nimaga bu mutlaqo xato ekanligini bu yerda yaxshi tushuntirilgan.

4. Financial Taymzda yana bir maqola. Unga ko'ra, turli mamlakatlarda va turli yosh kategoriyasidagi insonlar orasida diqqatni jamlash, og'zaki va raqamlar bilan fikrlash samaradorligi pasayib borayotgan ekan. Bunday kuzatuvni tushuntirishda ko'pincha raqamli ommaviy axborot vositalarining oshib borayotgan ta'siri, smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlarning ko'payishi tilga olinadi. Ya'ni, smartfon yomon, ijtimoiy tarmoq yomon deb. Lekin, bu yerda fundamental o'zgarayotgan narsa bu insonlarning ma'lumotlar bilan munosabati. Ma'lumotlarni tobora ko'proq telefon/kompyuterdan olyapmiz, hammaning ko'zi telefonda (mana siz ham hozir bu postni telefon yoki kompyuterdan o'qiyapsiz). Ma'lumotlarning shakli ham uzun tekstdan qisqa tekstga, qisqa videolarga o'tib bormoqda.

5. Daxshat.

6. Tariflar haqida yana bir bor.

7. Reygan.

8. Qiziq tadqiqot.


Bu hafta o'qimaganim esa:

1. Kuniga 300ta tvit yozadigan Elon Mask tariflar haqida birorta so'z ham yozmabdi. Sababi oddiy - Elon Mask tadbirkor, mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish zanjiri naqadar global savdoga bog'liq ekanligini juda yaxshi biladi. Bu yerda молчание — знак согласия emas. Teskarisi.

@uzbekonomics
6.04.2025, 19:55
t.me/uzbekonomics/1177
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
55
4.2 k
Nima uchun 2024 yilning uchinchi choragiga kelganda W. Baffet equity bozordan chiqib, ko'p pozitsiyalarini yopib 300+ milliard dollarlik naqd pul "ustida o'tiribdi" deb hayron bo'lishayotgan edi (naqd pul=g'aznachilik obligatsiyalari). Hatto, ba'zi kripto investorlar ham Baffetni aqldan ozganmi deyishgandi.

Mana shu rasmda savollarga javob bor ekan. Yil boshidan beri eng boy shaxslarning portfelidagi o'zgarish.

Albatta, ro'yxatdagilardan farqli o'laroq Baffet ta'sischi texno-tadbirkor emas. Lekin, u contrarian investor. Bozorda hukmron bo'lgan kayfiyatga teskari harakat qiladigan. Ayniqsa, ijobiy sentimentga qarshi o'laroq.

Mana bu rasmdagilar esingizdami? Menimcha, ular noto'g'ri sarmoya qildilar. Tramp biznesga yordam beradi deb o'ylashgan edi. Uchchalasining boyligi qog'ozda hozircha -$200 milliardga qisqardi.

@uzbekonomics
5.04.2025, 19:13
t.me/uzbekonomics/1176
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
32
4.8 k
​​Bu hafta tarixiy bo'ldi.
Oxirgi ikki kundagi fond bozori tushishi 1929 yildan beri bozor ishlagan 99.9% kunlardan yomonroq ekan.
Ya'ni, bozor quyidagi narsaga ishora qilyapti: bu tarixda eng katta xatoga yo'l qo'yilgan siyosiy qaror.

Mutlaqo destruktiv.

Hozir ijtimoiy tarmoqlarda kun tartibini videoga olib kontent qiladigan inflyuenserlar borku, shunga o'xshash hafta tartibi qilish mumkin ekan:
Haftaning birinchi qismi: bozor va iqtisodiyotni besabab buzish.
Haftaning Ikkinchi qismi: hech narsa bo'lmagandek golf o'ynash.

@uzbekonomics
5.04.2025, 00:04
t.me/uzbekonomics/1175
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
28
8.3 k
​​Bularning barchasidan bir yaxshi hikmat ham bor: Trampning o'zi globalizatsiyani, mamlakatlararo erkin savdoni yanada ko'proq targ'ib qilib ularning muhimligini ko'rsatib beryapti. Ya'ni, mana bu ishlar orqali aslida erkin savdo nima edi, undan qanday naf bor edi kabi savollarga javob olish ko'pchilikka osonlashadi. Erkin savdo tarafdorlari uchun Tramp qaysidir ma'noda foyda keltiryapti.

Trampdan so'ng siyosatda so'llashuv ham, iqtisodiyotda liberalizatsiya ham ko'payishi muqarrar. Bunga ishora qiladigan raqamlar ham bor ekan: Amerikaliklar hozir xalqaro savdoga har qachongidan ham ijobiy munosabatda ekanlar va savdoga ijobiy qarash eng ko'p respublikachilar tomondan o'zgarayotgan ekan. Shuning uchun, mamlakatlararo munosabatlar butunlay buziladi, qutblashadi, savdo o'ladi deyish xato. Yevropa ittifoqi hozir Trampga javoban qilishi kerak bo'lgan eng zo'r harakat bu hech qanday javoban tariflarni e'lon qilmaslik. Aksincha, barcha tariflarni boshqa mamlakatlar uchun olib tashlab Yevropani erkin savdo markaziga aylantirishlari o'zlariga katta foyda bo'lar edi. Umid qilamanki shunday qilishadi.

@uzbekonomics
3.04.2025, 20:28
t.me/uzbekonomics/1174
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
20
4.0 k
Savdo balansi manfiy son bo'lishi doim fojia va maummo degani emas. Masalan, men ham yillar davomida juda ko'p savdo hamkorlarim bilan manfiy savdo balansini yuritib kelaman. Savdo shunday narsaki, har bir dona savdo hamkor bilan sizning savdo balansingiz musbat son bo'lishi shart emas. Savdoning o'zi ixtiyoriy tarzda bo'lishi barcha tomonga foydali ekanligidan dalolat.

- Starbaks yoki Dunkin bilan menda kofe bo'yicha manfiy savdo balansi bor. Ulardan amerikano olganimda, savdo balansim musbat bo'lsin deb ularga bir qop maydalanmagan kofe tashlab chiqmayman, yoki uyimda o'zim kofe damlab Starbacksga olib chiqib sotmayman^. Bu muammomi? Yo'q, manfiy kofe savdo balansidan men qiymat olaman.

- Bozor qiladigan do'konim bilan menda minglab dollarlik manfiy oziq-ovqat savdo defitsiti bor. Ulardan pomidor olganda, qaytimiga balansimiz musbat bo'lsin ularga o'zim tuvakchada yetishtirgan pomidorni sotmayman.

- Sartaroshxona bilan ham menda manfiy soch kesish xizmati savdo balansi bor. Sochimni kestirganda, men sartaroshga qaytim qilib uning soqolini xuddi shu summaga olib chiqmayman. Sartaroshda soch kesish profitsiti, menda esa soch kesish defitsiti bo'lganligi ikkalamizga yaxshi.

Shuning uchun, bir kun uyg'onib, mendan Starbaks ham, sartaroshim ham, do'konim ham foydalanishmoqda, ular mendan o'zim damlagan kofeni, tuvakchada ekkan pomidorimni olishmayapti, sartaroshim soqolini menga oldirmayapti - demak ular men bilan bir xil savdo qilgilari kelmayapti deb o'zimga-o'zim tarif e'lon qilmaymanku, to'g'rimi? Bular soddalashtirilgan misollar, albatta.

^aslida, o'zim uyda qahva damlaganda bu Starbaksdan ming marotaba yaxshiroq, o'zim qahvaxona oshsam bo'larkan deb har kuni o'ylayman.

@uzbekonomics
3.04.2025, 20:00
t.me/uzbekonomics/1173
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
28
3.8 k
Mayli, keling, faraz qilib tariflar ishlaydi deylik. Bu tariflar ikkita narsani ko'zlaydi deb bu g'oyani sotishmoqda. Birinchisi bu AQShga ishlab chiqarish sanoatini qaytarish, chet elga ketib qolgan zavod-fabrikalarni qaytarish. Ikkinchisi esa tariflar natijasida byudjetga katta tushum olib kelish. Buni savdo vaziri Lutnik ham, moliya vaziri Bessent ham qayta-qayta aytishadi.

Birinchidan,
AQShga ishlab chiqarishni qaytarish fetishizmi bu mutlaqo xato fikrlarga asoslangan. Muammo shundaki, aziz o'quvchilar, AQShda ishlab chiqarish sanoati yalpi ichki mahsulotning atigi 10 foizini tashkil qiladi. AQSh iqtisodiyotida ishlab chiqarishning ham qiymat nuqtai nazardan ham zavod ishchilari soni nuqtai nazardan ham yillar davomida qisqarib borishi bu AQSh dunyo iqtisodiyotida yutqazayotganini anglatmaydi. Aksincha, AQSh boyigani sari, aholisi ko'proq ko'nikmalarni o'zlashtirgani, inson kapitali qiymati oshgani sari iqtisodiyot ishlab chiqarishdan xizmat ko'rsatish sohasiga og'igan. Moliyaviy soha, masalan. Nike krossovkasini zavodda ishlab chiqarish xarajati $5 bo'lishi mumkin, lekin u sotiladigan $110 narx ichida shu ishlab chiqarishdan tashqari sohada ishlaydiganlarning qiymati yotadi - dizaynini chizgan odam, bozorni tahlil qilgan odam, marketolog vhkz. Amerikaliklar xizmat ko'rsatish sohasidan ketib, katta qiymatli tovar va xizmatlarni yaratish o'rniga zavodga qaytib toster yoki dazmol qiladigan ishlab chiqarishlari kerakdek. Bundan tashqari, hozirda AQShda ishsizlik darajasi tarixiy minimumda. Ya'ni, ko'chada bekor yurib ishsiz odamni o'zi yo'q. Bundan tashqari, immigratsiya siyosatini yanada cheklab qo'shimcha ishchilar kelishini ham qiyinlashtirishmoqda. Shunga toster va dazmol qiladiganni ishlab chiqarishga keladigan odamni o'zi yo'q.

AQSh iqtisodiyoti va iste'molchilari shunchalik boyki, ular o'zlari deyarli hech narsa ishlab chiqarmay o'zlarining iste'mollari uchun butun dunyoni AQSh uchun tovarlarni ishlab chiqartira olishadi (ularning o'zidan qarz olib ham). Shuning uchun ba'zi mamlakatlar bilan manfiy savdo balansi bu AQSh yutqazayotganini emas, balki AQSh iste'molchilari yutayotganini anglatadi. Kechagi misolda, agar Vyetnam hukumati AQShdan import qilinadigan 10 milliardlik tovarlarga o'z aholisiga soliq sifatida 10% import boj joriy qilgan bo'lsa, bu Vyetnamning ishiku. Nima uchun Vyetnam hukumati o'z aholisini jazolayotgani uchun AQSh hukumati ham o'z aholisini qo'shimcha bojlar orqali jazolashi kerak?

Zavod-fabrika qurish bir kunlik ish emas. Bozordagilar va investorlar juda yaxshi tushunib turishibdi - bu tariflar ijro hokimiyati qarori, qonun emas, va bu admin 4 yilda ketadi. Shuning uchun tariflar bugun bor, ertaga yo'q, yoki umumiy noaniqlik. Shunga, milliard dollarlik zavodlarni qurish qarorini qabul qilishga korxonalar shoshilmasligi tabiiy. Aksincha, AQShda hozir mavjud bo'lgan zavodlar yopilish ehtimoli katta. Sababi - AQShga import qilinadigan barcha tovarlarning 50 foizi ishlab chiqarishda input sifatida ishlatiladi, avtozapchastlar masalan. Shunga, import qilish qimmatlashgan sari ba'zi zavodlar shunchaki ishlamay qo'yadi yoki ishlab chiqarishni kamaytiradi. Mana, ba'zi ishlab chiqaruvchilar ishchilarni haydashni ham boshlashibdi. Tabriklayman.

Ikkinchidan,
Import boji oshirib ishlab chiqarishni AQShga qaytaramiz deyishyapti, hamma endi AQShda ishlab chiqarilgan tosterni sotib olsin deyishyapti. Hop, shunday ham deylik, agar hamma ishlab chiqarish AQShda bo'lsa unda hech kim import bojini to'lamaydiku, to'g'rimi? Siyosat birinchi maqsadiga yetadi. Lekin, import bojidan byudjetda roppa-rosa nol dollar tushadi agar shunday bo'lsa. Demak, import bojini oshirishdan maqsab tushumni oshirish bo'la olmaydi. Albatta, administratsiya bunday maqsadni qo'yishidan sabab - importyorlar import qilishda davom etishini, bojni chegarada to'lashlari, lekin boj tovarning tannarxiga kirib uni iste'molchilar to'lashlarini biladilar. Alal-oqibat iste'mol tovarlar narxlari oshadi.

@uzbekonomics
3.04.2025, 19:31
t.me/uzbekonomics/1172
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
27
4.4 k
​​O'ylashingiz mumkin, nima uchun oxirgi paytlar asosan Tramp/Mask, tariflar, AQSh iqtisodiyoti haqida yozyapman, yoki axir biz O'zbekistondamizku bizga bularni nima daxli bor deb so'rashingiz mumkin. Birinchidan, gap shundaki, men bu haqida yozayotganda AQSh iqtisodiyotiga o'ta qayg'urganim, yoki Tramp/Maskni yoqtirmaganim uchun emas, balki bu jarayonlar fundamental iqtisodiy tushunchalar, ilm-fan, tarix, savdo va umuman hayot qanday ishlashini rad etayotgani, noto'g'ri va buzg'unchi g'oyalarga asoslanganligi va biz bunday pretsedentni ko'rmaganligimiz uchun.

1930 yillarda buyuk depressiya qanday boshlangan, 2007/08 yilgi global moliyaviy inqiroz qanday boshlangani haqida odamlar yoki kitobdan o'qishadi, yoki kinolarda ko'rishadi. Muhimi, ularni sodda tilda tushuntirish oson emas. Masalan, shuning uchun ham Selena Gomez va Richard Taler yordamida the Big Short filmida CDO instrumenti nimaligini tushuntirishga harakat qilishgan. Lekin, hozir, 2025 yilgi voqealarni esa biz kinoteatrda emas, balki jarayonni birinchi qatoridan turib jonli ko'ryapmiz. Bundan tashqari, Smut Houli, CDOlarni tushunmasligimiz mumkin, lekin bunisida barchasining sababi oddiy va ahmoqona.

Masalan, ozish uchun bir oyog'ingizni chopib tashlasangiz vazningiz kamayadi. Lekin, bunday qilmaysizku, to'g'rimi?

Ikkinchidan, O'zbekistonda ta'siri bormi degan savol ko'p beriladi. Albatta bor. O'zbekiston tobora bozorlarga chiqar ekan, ochilar ekan, hamma narsaning ta'siri bor. Obligatsiya bozori orqali ham, savdo zanjiri orqali ham, dunyo bilan savdo qilish borasida ham - barchasiga qandaydir bo'lsa ham ta'siri bor. Ukrainaga urush boshlanganda ham, Kovid boshlanganda ham yozganman - bunday jarayonlardan O'zbekiston o'zi uchun ko'p foyda qilib olishi mumkin va kerak. Bizda aholi ko'p, ishchi kuchi nisbatan arzon. Agar imkoniyat to'g'ri kelsa dunyo savdo zanjirida faol bo'lishimiz mumkin. Vyetnamdek ishlab chiqaruvchi mamlakatga katta bojlar solinayotgan bir paytda.

Uchinchidan, anchadan beri kuzatadigan kanal o'quvchilarim bilishadi: iqtisodiyot uchun eng katta yordam bu nimanidir qilishda emas, balki aynan ko'p narsani umuman qilmaslikda. Shuning uchun, bunday xatolar va jarayonlar iqtisodiyot faniga qiziqishi bor bo'lgan talabaga ham, tadbirkorga ham, qaror qabul qiluvchiga ham foydali bo'ladi.

@uzbekonomics
3.04.2025, 18:48
t.me/uzbekonomics/1171
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
124
9.4 k
Tramp yangi tariflarni bugun e'lon qildi. Bular ChatGPTdan "har bir mamlakatga qancha boj solaylik" deb so'rab 1 dona ham odam yashamaydigan, faqat pingvinlar yashaydigan orolga ham import bojini joriy qilishibdi. Ikkinchisi fakt, ro'yxatga qarab ko'ring o'zingiz ham (Heard & Mcdonald islands). Birinchisining ehtimolligi esa juda kattaga o'xshayapti.

Bugungi press konferensiyada Tramp qaysi mamlakatda qancha tarif joriy etilishini ko'rsatishga jadval chizilgan banner ko'tarib chiqdi. Raqamlarga qarasak - mutlaqo hech qanday ma'noga ega emas raqamlar. Qisqasi, barcha mamlakatlar AQShdan keladigan tovarlarga kamida 10% tarifni joriy qilishgan deb faraz qilingan. Aksariyat mamlakatlarga qandaydir tasodiy raqamlarga teng import boji belgilangan. Masalan, Vyetnam AQShga 90% va Ekvador 12% tarifni AQShga joriy qilgan ekan. Va, shu mamlakatlarga javob tariqasida ular qo'ygan tarifning yarimiga teng foizini javoban biz ham tarif qo'yamiz demoqda.

Bu raqamlar qanday hisoblanganini administratsiya tabiiyki aytmadi. Tarmoqda odamlarda turli versiyalar bor, haqiqatga eng yaqini shundayga o'xshaydi: Har bir mamlakatdan AQShga qilingan import xajmidan eksportni ayirib import xajmiga bo'lsangiz shu ro'yxatdagi raqamlar chiqib kelar ekan. Aql bovar qilmaydigan darajada savodsizlik. Ya'ni savdo defitsitini importga bo'lib mana shu mamlakat AQShga shuncha foizda boj solmoqda deb o'ylashibdi. Bu ma'nosi kam foiz shunchaki import xajmining qancha ulushi eksport bilan qoplanmaganligini ko'rsatadi. Mutlaqo qaysidir mamlakat joriy qilgan savdo baryeri emas.

Bu ham mayli, qanday qilib bunday hisob-kitobga kelishdi, kimning g'oyasi bu desangiz javob ChatGPTga o'xshayabdi. Tarmoqda ham shuni sezib qolishibdi. Men ham o'zib tekshirib ko'ray dedim. Mana bu havola orqali kirsangiz ko'rasiz - menga osonlikcha tariflarni joriy qilishim uchun bitta formula ko'rsat va bir nechta mamlakat AQShga qancha tarif qo’yganini hisoblab ber dedim. Vyetnam, Hindiston, Yaponiya va Buyuk Britaniya misolida ko'rishingiz mumkinki ChatGPT yuqoridagi ahmoqona formulani ishlatib Tramp ko'tarib turgan import bojlarini hisoblab berdi. Birga-bir teng. Tasodifmi? Unday deb o'ylamayman.

O'zingiz ham so'rab ko'ring (savolni to'g'ri ifoda qilgan holda, albatta):
https://chatgpt.com/share/67edd1ed-b270-800b-83e1-f601c6572187

- Dunyodagi eng katta iqtisodiyotining yetakchisi.
- Ahmoqona, mutlaqo iqtisodiyot faniga, empirik dalillarga, tarixiy saboqlarga va mantiqqa qarshi tariflarni joriy etmoqda.
- Tariflarni hisoblash va joriy qilishda esa uy vazifasini topshirishga 15 minut qolganda nima qilarini bilmay ChatGPTdan javob so'ragan maktab o'quvchisiga o'xshab yondashilganga o'xshayapti.

So'z ojiz.

@uzbekonomics
3.04.2025, 03:45
t.me/uzbekonomics/1170
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
36
9.6 k
​​​​Kecha Viskonsin Oliy sudi saylovida Mask ochiqchasiga million dollarlik chek yozib odamlarni uning nomzodiga ovoz berishlarini so'raganiga qaramay boshqa nomzod g'olib bo'ldi.

Bundan ikkita xulosa qilaman:
1. AQShda saylovlarni milliarderlar pullari bilan sotib ola olmaydilar. Ha, manipulyatsiya qilib yutishlari mumkin (2024 misol), lekin ochiqchasiga ovoz beruvchilarga pul berish orqali ularning ovozini "sotib olish" mumkin emasligini Soros ham, Blumberg ham, mana endi Mask ham ko'rsatib berdi.

2. Mask Tramp va GOP uchun uchun liability. Ingliz tilidagi navbatdagi bu so'zimizning ikkinchi ma'nosi bu mavjudligi yoki xatti-harakati sharmandalikka, zararga sabab bo'lishi yoki noqulay ahvolga solishi mumkin bo'lgan shaxs yoki narsa. Qancha tezroq Tramp o'zidan Maskni uzoqlashtirsa shuncha yaxshiroq, menimcha.

Aslida, Tramp va Maskda bir farq bor. Tramp noto'g'ri va ahmoqona gaplarni gapirsa ham, unda ijtimoiy ko'nikmalar (social skills?) bor. Ba'zida kulgili, ba'zilarga xarizmasi bordek ko'rinadi. Ba'zilar uni yoqtiradi. Maskda esa yumor ham, ijtimoiy ko'nikmalar ham va xarizma ham yo'q, lekin u doimo o'zini kulgili qilib ko'rsatishga harakat qiladi. Lekin, o'xshamaydi. Xullas, Tramp chin dildan ba'zilarga shaxs sifatida yoqadi. Mask esa hech kimga yoqmaydigandek.

@uzbekonomics
2.04.2025, 19:27
t.me/uzbekonomics/1169
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
12
4.9 k
Menimcha bu juda to'g'ri g'oya - san'atkorlar faoiliyati rasmiylashtirilib daromaddan soliq to'lashlari kerak. Bu narsa anchadan beri qilinishi kerak edi. Faqat 2027 yilga qoldirmasdan, ertaroq amalga oshirilsa ham bo'lar ekan.

Shu yerda yana bir narsa muhim. Artistlar, qo'shiqchilar va umuman madaniyat sohasidagilar daromaddan soliq to'lashni boshlar ekanlar, ularning faoliyatini nazorat qilib majlis va litsenziyalar orqali tartibga solib turadigan turli davlat uyishmalari, agentliklar vakolatlari cheklansa yoki bekor qilinsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Davlatning artist/qo'shiqchilar faoliyati ustidan nazorati ularni faqat soliqqa solishga qaratilsa artistlar faoliyati ham erkinroq bo'lib yanada ko'proq daromad olishga va daromadlarni shaffof ochiqlashga rag'batlari bo'lar edi.

@uzbekonomics
1.04.2025, 22:34
t.me/uzbekonomics/1168
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
21
4.1 k
Mavzuga aloqador yaxshi mem ekan.

@uzbekonomics
31.03.2025, 22:26
t.me/uzbekonomics/1167
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
10
4.5 k
​​Yanvar oyidagi so'rovda 42 foiz amerikaliklar Trampning siyosati ularning moliyaviy ahvolini yaxshilashni kutishgandi, 28% foizi esa yomonroq qilishini.

Hozir esa, teskarisi, 42 foiz amerikaliklar Tramp siyosati ularning moliyaviy ahvolini yanada yomonlashtirayotganini aytishmoqda.

Nima deyish mumkin - amerikaliklar kimni saylab qo'yganliklarini endi anglashni boshlashmoqda.

Bir narsani yana bir bor qat'iy qaytarmoqchiman: Trampning bu siyosatlari syurpriz emas. Barchasini saylovdan oldin aytgan, pretsedent ham bo'lgan, va oq qog'ozga qora siyoh bilan yozib berishgan ham.

@uzbekonomics
31.03.2025, 18:13
t.me/uzbekonomics/1166
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
17
4.1 k
Shu haftalarda Tramp administratsiyasining iqtisodiy va tariflar siyosati yaxshigina testdan o'tadi.

Tramp o'zini-o'zi qiyin ahvolga solib qo'ydi. Bir tomondan buzg'unchi g'oyaga va mantiqsizlikka asoslangan tarif siyosati fetishizmi bo'lsa, ikkinchi tomondan bozorlar, bizneslar, iste'molchilar ham buning salbiy oqibatlarini o'z tanalarida his qilayotganliklari. Krugmanning bugungi kolonkasi shu haqida ham - amerikalik kattayu-kichik tadbirkorlar Trampga ovoz berganlarida uning pro-biznes siyosati aslida biznesga qarshi ishlashini anglamaganlar. Ikki kundan so'ng AQShda import qilinadigan barcha avtomobillarga 25 foizlik boj amalga kiradi. Bu mutlaqo barcha uchun yomon yangilik, mahalliy ishlab chiqaruvchiga ham, xorijlik ishlab chiqaruvchiga ham, iste'molchiga ham. Mashinalar narxi oshadi, Tramp esa buning menga qizig'i yo'q debdi...

Bu ahmoqona tarif siyosati uzoq davom etishi mumkin emas. Menga Jo Politanoning gapi yoqdi: "Bu tariflar ruhiy holat yaxshilanmaguncha davom etaveradi." Bu administratsiya toki ruhiy holatini yaxshilab, to'xtang, biz nima qilyapmiz o'zi demaguncha davom etaveradi. Hech qaysi iqtisodchi ham, demokratchilar ham bu ruhiy holatni chetdan yaxshilab bera olmasa kerak. Chunki, qilayotgan ishlaringiz ahloqqa ham, ilm-fan qonuniyatlarga ham, mantiqqa ham to'g'ri kelmaydi degb qarama-qarshi fikr berganlar qandaydir g'arazli dushmandek ko'rilyapti. Masalan, Obamaning moliya vaziri va Garvard professori Larry Sammers bu administratsiyaning tariflar haqidagi gaplarini "be'mani" degandi. Butun boshli iqtisodiyot fani bir yoqadan bu yomon, buni asorati xorij mamlakati emas, mahalliy amerikalikning boshiga tushadi desa, Trampning vaziri Bessent Summersga qarshi adekvat munozara qilish o'rniga "Sammers o'zi pulga gapiryapti bu gaplarni" debdi. Bessent shunchaki nafaqat butun boshli iqtisodiyot fanini adashganlarga chiqaryapti balki sog'lom munozaraga ham bormayapti. Navarro tariflarni soliqlarni oshirish bilan emas, aksincha soliqlarni tushirish bilan barovar debdi. Iqtisodiy savodsizlik, va yolg'onga asoslangan gaplar. Birinchi muddatdan farqli o'laroq, ikkinchi muddatda Trampning atrofida birorta ham sog'lom fikr va qarshi argument beradigan odam qolmagani haqida yozganman.

Xo'sh, shu ruhiy holat qanday yaxshilanib qoladi. Nima turtki bo'ladi?
Bozordagi ko'rsatkichlar va ashaddiy elektoratning o'z cho'ntagi, ishini yoqotishi, ro'zg'ori qimmatlashayotganini anglaganda. D. Tramp uchun ikkita ko'rsatkich qolganlaridan muhim. Birinchisi TV reyting, ikkinchisi fond bozori. Birinchi chorakda S&P500 indeksi 1980-yillardan beri dunyoning qolgan qismiga nisbatan eng yomon ko'rsatkichda. Biroz chidab turinglar, hammasi yaxshi bo'lib ketadi deb har qachongidan ham barqaror bo'lib turgan iqtisodiyotni besabab cho'ktirilishi nafaqat Wall Streetda, balki Main Streetda ham sezilyapti. Iste'molchilarning iqtisodiyotga ishonchi qisqarmoqda (2022 yildan beri eng pastda) inflyatsiya tezlashmoqda, bizneslar sarmoyalarni to'xtatib turibdilar. Ikkinchi tarafdan midterm saylovlari yaqin. Azaldan respublikachilar yutib kelgan okruglardagi majlislar keskin bo'lyapti, respublikachi vakillarga ishonch kamaymoqda. Pensilvaniya shtati senatiga 130 yildan beri demokrat saylanmagan okrugda yaqinda demokrat vakil yutibdi. Stefanikni ham midterm saylovlardan qo'rqib BMTga elchi nomzodligidan qaytarib oldi, bu ham Trampning midterm saylovlardan qo'rqayotganini bildiradi.

Xullas, FOXga chiqib o'z elektoratiga qandaydir kichkina va nomiga g'alabani e'lon qilib, bo'ldi biz yutdik endi iqtisodiyotni ko'taramiz deb ahmoqona tariflardan chekinib bozor va iqtisodiyotni qasddan cho'ktirilishini to'xtatadimi yoki tariflarga bo'lgan zararkunanda fetishizimini davom ettiradimi. Ikkinchisi bo'lsa unda o'z elektoratining ham sabri uzoq davom etmaydi. Hech kimga ish yoqotish, ro'zg'orga asossiz qimmat narx to'lash, va cheksiz yolg'onlarni eshitaverish yoqmaydi.

@uzbekonomics
31.03.2025, 17:58
t.me/uzbekonomics/1165
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
4
2.5 k
Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!
30.03.2025, 06:33
t.me/uzbekonomics/1164
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
Repostar
25
1.9 k
Hurmatli do‘stlar,

Sizni, Illinoys universiteti doktoranti, do’stimiz, Ikromjon Tuhtasunov tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot doirasidagi so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadqiqot O‘zbekistondagi mahalliy rivojlanish dasturlariga oid fuqarolar fikri va tajribasini o‘rganishga qaratilgan.

So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ishtirokingiz evaziga siz $4.50 miqdoridagi mukofot yutib olish imkonini beruvchi qur’ada qatnashishingiz mumkin.

Agar ishtirok etishga rozilik bildirsangiz, so‘rovnomani quyidagi havola orqali boshlashingiz mumkin:
🔗 https://illinois.qualtrics.com/jfe/form/SV_0lmIRsVFBaaECNw

Oldindan rahmat! Sizning ishtirokingiz ushbu ilmiy tadqiqot uchun juda muhim.
29.03.2025, 15:43
t.me/uzbekonomics/1163
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
48
8.3 k
Ingliz tilida surreal degan so'z bor. Ishonish qiyin, haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'noni ifodalaydigan. Kanada bosh vaziri Karnining kechagi mana bu gaplarini eshitish shunday hissiyotlarni beradi.

"AQSh bilan bizda avvaldan mavjud bo'lgan munosabatlar endi tamom" deyapti.

Bilasizmi bu yerda nimasi juda achinarli? Kanada AQShning har tomonlama eng yaqin hamkori, do'sti, va qo'shnisi edi (shunday bo'lib qoladi ham degan umid bor). Bu munosabatlarni yo'q joydan, hech qanday sabablarsiz AQSh (Tramp) tugatyapti. Va, eng muhimi AQSh bundan hech qanday, qaytaraman, absolyutno hech qanday na iqtisodiy, na harbiy, na siyosiy manfaat olmayapti va olish ko'zda tutilmagan ham. Shunchaki, bir kun bir zo'ravon odam kelib AQSh iqtisodiyotini ham, tashqaridagi munosabatlarni ham hech qanday sabablarsiz qasddan buzishga bel bog'ladi. Va, qo'shnisi Kanadaga kuchini ko'rsatyapti.

O'sha gap, komadan bugun uyg'ongan odamga nimalar bo'layotganini aytib bersangiz, nima AQShni Rossiya bosib oldimi deb so'raydi.

@uzbekonomics
28.03.2025, 20:49
t.me/uzbekonomics/1162
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
36
5.2 k
The New Yorker jurnalining navbatdagi hafta sonining muqovasi.

Toshkent shahrida ham, yer osti va yer usti o'tish joylarida, va umuman shahar bo'ylab ko'rish mumkin bo'lgan manzara.

Agar shahar, jamoat transporti, piyodalar yo'laklari bolalar, onalar, qariyalar, mobilligi cheklanganlar va umuman barcha piyodalar uchun qulay, xavfsiz va inklyuziv bo'lmas ekan demak bunday shahar o'z asosiy maqsadi - odamlar uchunligini unutgan bo'ladi.

@uzbekonomics
25.03.2025, 08:10
t.me/uzbekonomics/1161
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
16
4.9 k
Klintonning bunga munosabati.

@uzbekonomics
25.03.2025, 00:13
t.me/uzbekonomics/1160
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
60
5.1 k
Tramp administratsiyasining kompetensiyasi haqida navbatdagi yangilik ekan. Bunisi ajoyib: o'ta maxfiy bo'lgan xarbiy operatsiyaning barcha tafsilotlarini group chatda mudofaa vaziri, generallar, vitse-prezident muhokama qilishibdi. Bu ham mayli, gruppaga the Atlantic nashriyotining muharririni (Jeff Goldberg) qo'shib qo'yishibdi.

Muharrir qanday qilib va nimaga bu guruhga qo'shilib qolganini bilmaydi. Qarasa Yamanni qachon, qayerini bombalash haqida suhbatlashib o'tirishayotgan ekan. Kordinatalar, uchuvchilar detallarini almashib.

Hech kim the Atlantic muharriri bu gruppada nima qilyapti, bu kimni nomeri ham deb so'ramabdi, qiziqmabdi. Oxiri, muharrirni o'zi gruppadan chiqib ketibdi.

Bundan uchta xulosa:
Birinchisi: Tramp administratsiyaning kompetensiyasi yo'q deb yozgandim. Navbatdagi isbot. Lekin, bunaqasi hammasidan o'tib tushdi. Harbiy operatsiya va sirlarni group chatda muhokama qilishar ekan.

Ikkinchisi: Hillary Klintonning emaillarini vahima qilib o'sha paytda eng muhim masalaga olib chiqqanlar hozir bu administratsiyaning group chatdagi harbiy operatsiyaning muhokamasi va uni noma'lum odamlarga tarqatishlari haqida nima derkanlar? Hech nima demaydilar, albatta. Bu Hillarining emaillaridan karrasiga xavfliroq.

Uchinchisi: Group chatlaringizni tekshirib qo'yinglar. Balki qaysidir chatning orasida Jeff ismli odam bor bo'lishi mumkin...

@uzbekonomics
24.03.2025, 23:37
t.me/uzbekonomics/1159
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
34
10 k
Yangi son.

50 - O'zbekistonda yo'lovchi tashish sohasi: korxonalar, chiptalar va muammolar.

Youtubeda video: https://youtu.be/jeoIizJeYu8
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Podkastimiz hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

@uzbekonomics
24.03.2025, 17:44
t.me/uzbekonomics/1158
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
30
5.3 k
​​Tesla korxonasi uchun hozir eng to'g'ri qaror bu yangi CEO bo'lar edi. Chunki, hozirgisi o'z asosiy ishidan tashqari konstitutsiyaga qarshi harakatlar qilib hukumatni qo'lga olish, ularning ishini to'xtatish va sudyalarga qarshi kurashish bilan band bo'lib turgan bir paytda EV bozoridagi raqobatchilar Teslaning istiqbollarini savol ostiga qo'ymoqda. Rasmda BYD va Tesla korxonalari aksiyalarining trendi.

Kechagi xabarlarga ko'ra, BYDning yangi modeli 5-minutda zaryad olishi mumkin ekan.

Ya'ni Teslaning tushishi nafaqat uning CEOsi aqldan ozganligi bilan tushintiriladi, balki Teslaning raqobatchilari ham Teslaning bozordagi pozitsiyalarini tushirmoqda.

AQSh bozori va amerikalik iste'molchilar uchun esa eng yaxshi narsa bu EV bozori xitoylik ishlab chiqaruvchilar uchun ochiqligi bo'lar edi. Hozir albatta, Tesla korxonasi AQSh hukumati tomonidan himoya olingan. Shunchalik himoyaga olinganki, Oq uydek joyni avtosalonga aylantirib yuborishdi. Shunday himoyalangan bozorda albatta innovatsiya ham bo'lmaydi, korxona rahbarlari ham zerikkanlaridan boshqa ishlar bilan, xobbi bilan (masalan, hukumatni qo'lga olish) shug'ullanishga bo'sh vaqt topadilar.

@uzbekonomics
19.03.2025, 19:31
t.me/uzbekonomics/1156
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
1
​​Tesla korxonasi uchun hozir eng to'g'ri qaror bu yangi CEO bo'lar edi. Chunki, hozirgisi o'z asosiy ishidan tashqari konstitutsiyaga qarshi harakatlar qilib hukumatni qo'lga olish, ularning ishini to'xtatish va sudyalarga qarshi kurashish bilan band bo'lib turgan bir paytda EV bozoridagi raqobatchilar Teslaning istiqbollarini savol ostiga qo'ymoqda. Rasmda BYD va Tesla korxonalari aksiyalarining trendi.

Kechagi xabarlarga ko'ra, BYDning yangi modeli 5-minutda zaryad olishi mumkin ekan.

Ya'ni Teslaning tushishi nafaqat uning CEOsi aqldan ozganligi bilan tushintiriladi, balki Teslaning raqobatchilari ham Teslaning bozordagi pozitsiyalarini tushirmoqda.

AQSh bozori va amerikalik iste'molchilar uchun esa eng yaxshi narsa bu EV bozori xitoylik ishlab chiqaruvchilar uchun ochiqligi bo'lar edi. Hozir albatta, Tesla korxonasi AQSh hukumati tomonidan himoya olingan. Shunchalik himoyaga olinganki, Oq uydek joyni avtosalonga aylantirib yuborishdi. Shunday himoyalangan bozorda albatta innovatsiya ham bo'lmaydi, korxona rahbarlari ham zerikkanlaridan boshqa ishlar bilan, xobbi bilan (masalan, hukumatni qo'lga olish) shug'ullanishga bo'sh vaqt topadilar.

@uzbekonomics
19.03.2025, 19:31
t.me/uzbekonomics/1157
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
6
4.0 k
D. Trampning AQSh institutlariga hujumi davom etmoqda.

Kecha Federal savdo komissiyasi, ya'ni AQShning monopoliyaga qarshi kurashish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga mas'ul bo'lgan davlat tashkilotining ikkita komissarini ishdan olibdi. Sabab? Ular demokrat bo'lgani uchun. FTCda beshta komissar bo'ladi, va odatda ularning uchtasi amaldagi prezident partiyasidan. Hozir ikkita demokrat va ikkita respublikachi edi. Uchinchi respublikasi komissar hali tayinlanmadi. Demak, hozir FTC mutlaqo bir tomonga og'ib siyosiylashmoqda.

Avvalambor Trampning bu harakati noqonuniy. Bundan tashqari, FTCning siyosiylashuvi juda yomon oqibatlarga olib keladi. Monopoliyaga qarshi kurashish idorasi amerika korporatsiyalariga, kichik guruhlarga, iqtidordagi administratsiyaga emas, balki amerikaliklarga xizmat qiladi. Hozir FTCda ham (boshqa bir qator davlat idoralaridek) Trampga qarshi ovoz beruvchi, uning harakatlariga qarshi fikr beruvchi amaldorlar qolmayapti.

Trampning FTCga bu xujumi AQSh iste'molchilari huquq himoyalanishini zaiflashtiradi, qoidabuzar korporatsiyalarni jazolash kamayadi, jazolansa ham selektiv jazolanadi, bozorda raqobatsiz ustunlikka ega bo'lish yengillashadi. Bundan kim yutadi? Albatta, Tramp atrofidagi donor-texbro-oligarxlar va bozordagi firibgarlar. Narxini esa, albatta iste'molchilar to'laydi. Lekin, iste'molchilar va ularning huquqlari bilan kimning nima ishi bor endi.

@uzbekonomics
19.03.2025, 17:55
t.me/uzbekonomics/1155
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
74
9.2 k
Podkastimizning yangi soni chiqdi.

Oxirgi haftalarda O'zbekistonda xitoylik tadbirkorlarga munosabat, ularning mamlakatimizdagi faoliyatlari va sarmoyalari qandaydir tahdidlar yaratayotgani haqida ko'p eshitdik. Shu jumladan, obunachilarimiz ham bu masalada fikrlarimiz bilan bo'lishishni so'raganliklari uchun shu mavzu haqida podkastimizda gaplashdik.

Youtubeda video: https://youtu.be/PO1DHcw2Gy0

Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Podkast yozilgan sana 17-mart 2025 yil. Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Podkastimiz hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

@uzbekonomics
18.03.2025, 04:44
t.me/uzbekonomics/1154
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
24
4.5 k
Afsus va uyat.

Harakatlanish xavfsizligi masalasida mutlaqo konsensus bor: kamroq tezlik - kamroq o’limlar. Bu baxslashadigan masala emas.

Kuniga aynan tezlik sababli ham bir nechta o’zbekistonliklar vafot etayotgan bir paytda, shaharlarda harakatlanish tezligini yanada kamaytirish, qoidabuzarlar, ayniqsa surunkali qoidabuzarlarga jazo muqarrarligini yanada oshirish o’rniga harakatlanish tezligini oshirishga ruxsat berish bu katta xato.

Bunday loyihani yozgan hukumat ham, va bunday loyihani o’tqazib yuboradigan parlament vakillari ham uyalishlari kerak. Nafaqat uyalishlari, balki ularning qarorlari natijasida vafot etadigan o’zbekistonliklar uchun o’z ayblarini his qilishlari kerak.

Harakatlanish xavfsizligi qoidalari qon bilan yoziladi.

Hukumatni boshqa masalalarda tiyib turishi murakkab bo’lsa ham, aynan harakatlanish xavfsizligi masalasida parlament sog’lom mantiq va faktlarga asoslangan holda bunday takliflari qat’iy rad etishi kerak. Aks holda, parlament nimaga kerak?

https://t.me/davletovuz/22489

@uzbekonomics
16.03.2025, 03:31
t.me/uzbekonomics/1153
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
27
3.3 k
Yuqoridagi postimni davom ettirar ekanman, Oq uy matbuot kotibi Karolin Leavitt ham iqtisod haqida hech narsa tushunmasligini va/yoki yolg'onchi ekanligini hozir ko'rsatibdi.

Jurnalist: "Tramp saylovoldi kampaniyasida bizga soliqlarni tushiraman deb va'da bergan edi. Lekin, hozir esa import bojlarini oshirish orqali soliqlarni aksincha ko'paytirmoqdaku. Tariflar biz, amerikalik iste'molchilarning bo'yniga tushadiku."

Leavitt: "Tariflar bu xorijiy davlatlar uchun soliqlardir va tariflarni xorij mamlakatlari to'laydilar, amerikaliklar emas."

Jurnalistning "siz o'zi import bojini to'laganmisiz?" degan savoliga "mening iqtisodiyot bo'yicha bilimimni tekshirishga qanday jur'at etdingiz" deb do'q-po'pisa qilibdi. Takabburlikning yuksak cho'qqisi.

Qandaydir syurreal davrda yashayapmiz. Oq uy ichidan tariflarga bo'lgan ahmoqona fetishizm bilan birga ochiqcha yolg'on ham tarqalmoqda.

@uzbekonomics
11.03.2025, 21:08
t.me/uzbekonomics/1152
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
16
3.8 k
​​Tramp 1.0ning atrofida biroz bo'lsa ham qarama qarshi fikr bera oladigan odamlar bor edi va kabinetini yig'ishga ulgurmagan edi. Bu safar boshqacha. Tramp 2.0 atrofida iqtisodiy savodsizlar to'plangani aniqlashib bormoqda. Savdo vaziri ham shunday. Moliya vaziri ham. Iqtisodiy maslahatchilar ham.

Vitse prezident JD Vens ham shundaylardan biri.
Janob Vens bilmaydiki AQShda ish bilan ta'minlanganlik darajasi har qachongidan ham baland, yangi ish o'rnini yaratishga birinchidan o'zlari cheklov qo'ymoqdalar (siyosatning noaniqligi bilan). Ikkinchidan AQShga chetdan qaytarib olib keladigan ish o'rinlarining o'zi yo'q. Shartli Iphonni yig'ish uchun Virjiniaga kelsangiz soliqni ham, regulyatsiyani ham tushirib beramiz deydi. Hukumat iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirmoqchi.

Bular iqtisodiyotni ham, bozorni ham, kommunikatsiyani ham tushunmagani uchun bozorda noaniqlik.

@uzbekonomics
11.03.2025, 18:28
t.me/uzbekonomics/1151
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
30
4.0 k
​​Fond bozori Tramp 2.0 boshlangandan beri ancha tushdi (SP500 5%ga, Nasdaq 10%). Sabab juda oddiy - investorlarga, bozorga noaniqlik yoqmaydi. Siyosatning noaniqlik indeksi hozir har qachongidan ham baland ekan. Tramp administratsiyasining ahmoqona harakatlari bozorlarni ham, iqtisodiyotni ham shikastlantirmoqda. Tariflar avval faqat qo'rqitish usuli deb o'ylandi, keyin joriy etildi, keyin yana to'xtatildi, keyin yana qayta tiklandi, keyin yana davom etadigan bo'ldi. Yo'q joydan do'stona mamlakatlar bilan nizo, AQShda ishlab turgan institutlarga xujum va hokazo. Hech narsa bo'yicha hech qanday reja yo'qdek. Xullas, administratsiya nima qilayotganini bilmayotgani uchun ham korxonalar sarmoyani to'xtatib turadilar, yangi ish o'rinlarini yaratishni keyinga qoldiradilar, investorlar xavfsizroq aktivlarga qochadilar, iste'molga talab kamayadi....

Tarixdagi birinchi ataylab boshlangan iqtisodiy turg'unlik va qasddan zararkunandalik bo'lsa kerak.

Bayden paytida iqtisodiyot har qachongidan ham mustahkam edi. Ishsizlik tarixiy minimumda, inflyatsiya jilovlangan, biznes kayfiyat yaxshi va hokazo. Fond bozori ham har qachongidan ham baland, tarixiy maksimumda edi (overvalued edimi degan savol o'rinli, lekin gap unda emas hozir). 1 yil oldin Tramp "fond bozori o'sayotgani Baydenni deb emas, meni deb, men prezident bo'lishimni bozorlar ijobiy kayfiyat bilan kutmoqdalar" deb aytgandi. Ya'ni, Bayden prezidentligi paytidagi bozor yutuqlarini "meniki" degandi.

Mana, Tramp endi prezident, bozorlar aksincha, faqat pastga ketmoqda. Kimni aybdor qilyapti deb o'ylaysiz?
To'g'ri. Yana Baydenni.

Milliy iqtisodiy kengash (Trampning iqtisodiy maslahatchilari) raisi ham shunday debdi kecha. Baydendan qolgan rasvo iqtisodiyotning oqibatini ko'rayotgan ekanmiz. Bu nafaqat xato, balki mutlaqo yolg'on.

Bozor ko'tarilsa ham Bayden, tushsa ham Bayden aybdor ekan.

Oldi olinishi mumkin bo'lgan va yo'q joydan boshlangan iqtisodiy zararkunandalik.

@uzbekonomics
11.03.2025, 18:02
t.me/uzbekonomics/1150
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
54
5.7 k
Menda bunga bitta tushuntirish bor:

Yillar mobaynida yoki davlat qaramog'ida, yoki bozorda yaratilgan sun'iy cheklovlardan manfaat ko'rib kelgan yoki o'sha cheklovlarni deb kichrayib qolib ketgan bozorda raqobatsiz faoliyat olib borib kelgan ba'zi tadbirkorlar yoki korxonalar o'z tanalarida raqobatning yangi shamolini (Xitoydan) sezganliklari uchun biroz vahima ko'tarishayotgandek.

Yana bilmadim.

Chunki, tarmoqlarda "davlat bizga yordam bersin, bozorimizni berib qo'ymaylik, himoya qilaylik ulardan" degan argumentlarni va qo'rqitishlarni ba'zi tadbirkorlardan ko'ryapman.

Raqobat yaxshi narsa. Davlat bozorimizni cheklashini emas, balki uni yanada kengaytirishini kutishimiz va so'rashimiz kerak. Albatta, o'yin qoidalarini barchaga bir xil qilib.

@uzbekonomics
10.03.2025, 22:36
t.me/uzbekonomics/1149
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
18
5.7 k
​​Aytgancha, Tesla bu Elon Maskning korxonasi emas. Tesla jamoatchilik korxonasi (public) bo'lib uning 13% ulushi Mask va uning oilasiga tegishli. Qolgani moliyaviy institutlar va oddiy aksionerlarga. Shu jumladan, o't o'chiruvchi, va o'qituvchilarga - ularning nafaqaga jamlanadigan hisoblari orqali.

Elon Mask Teslaning aksioneri (eng katta) va yollangan menedjeri.

@uzbekonomics
10.03.2025, 21:43
t.me/uzbekonomics/1148
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
26
5.1 k
Yil boshidan beri Tesla aksiyasi -40%. Bugun -14%.

CEOni almashtirish vaqti kelganmikan. Boshqa ishlar bilan ko’p chalg'ib aksionerlarga zarar keltirmoqda.

@uzbekonomics
10.03.2025, 21:21
t.me/uzbekonomics/1147
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
14
5.2 k
Bu haftaniki:

https://botir.substack.com/p/weekly-digest-march-9-2025

@uzbekonomics
9.03.2025, 18:46
t.me/uzbekonomics/1146
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
41
7.0 k
​​Donald Trampning tariflar siyosatidan hech qanday mantiq izlash kerak emas, chunki u yo'q. Fentanil ham, savdo balansi ham, davlat qarziyu xorij mamlakatlarining savdo siyosati ham emas. Bularning birortasi eng ahmoqona savdo urushini tushuntira olmaydi. Chunki, buni savdo urush ham deb bo'lmaydi. Administratsiya nima qilayotganini va nima xohlayotganini o'zi ham bilmaydi.

Menga iqtisodchi Jastin Volfers yozgan tushuntirish yoqdi. Savdo/tariflarni avval e'lon qilib, keyin bekor qilib, keyin yana e'lon qilib, keyin yana Aprelgacha muzlatib qo'yishdan maqsad bu Tramp barchani o'zi haqida doimo gapirishga majburlash.

Axir, kunning oxirida Donald Tramp bu shoumen, teleyulduz va reytinglarni har narsadan ustun qo'yadigan shaxs.

P.S. Aytish joiz, Tramp bu maqsadiga yetmoqda ham. Mana, kanalimda har kuni Tramp va uning ahmoqona savdo (va savdodan boshqa) siyosatlari kun tartibida.

@uzbekonomics
7.03.2025, 19:54
t.me/uzbekonomics/1145
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
60
4.6 k
Kanadadagi qahvaxonalar "Americano" qahva nomini "Canadiano"ga o'zgartirishayotgan ekan.

@uzbekonomics
6.03.2025, 19:18
t.me/uzbekonomics/1144
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
12
4.4 k
Yil boshidan (va Tramp prezidentligi boshlangandan beri) AQSh fond bozori ancha qisqardi, Yevropada esa aksincha. Ayniqsa Yevropa mamlakatlari mudofaa xarajatlarini oshirish kutilmalari xarbiy sohadagi korxonalar aksiyalari narxini oshirib yubordi.

Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotni ham, mudofaani ham va umuman rivojlanishga qarashlarini o'zgartirishga yaxshi fursat. Sabab - Trampning bilvosita "Make Europe Great Again" siyosati.

@uzbekonomics
6.03.2025, 18:15
t.me/uzbekonomics/1143
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
14
4.3 k
Urush boshlangan so'ng AQShga maxsus yo'nalish bo'yicha qonuniy immigratsiya qilgan 240 ming ukrainaliklarni deport qilishmoqchi ekan. Bular "Bayden davri migrantlari" bo'lganliklari uchun ham shunday qilyapti.

Tarixda yovuz va sharmandali shaxs sifatida qolmoqchi.

@uzbekonomics
6.03.2025, 17:59
t.me/uzbekonomics/1142
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
8
4.3 k
Trampning Savdo vaziri Lutnikning fikricha tariflarni oshirishdan yakuniy maqsad bu aholi to'laydigan soliqlarni o'rnini bosish ekan. 7 trillion dollarlik federal byudjetni moliyalashtirish uchun soliqlardan voz kechish nafaqat imkonsiz, balki iqtisodiy savodsizlikning yuksak cho'qqisi.

Lutnik Trampning savdo siyosatini shakllantiruvchi shaxslardan biri.

@uzbekonomics
6.03.2025, 17:49
t.me/uzbekonomics/1141
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
21
4.6 k
Bu yerda ma’no shundan iboratki - masalan qandaydir kompromat (Moskvadagi Ritz Karltondan tasmalar) yoki KGBning qo’li bilan (agent Krasnov) Trampni rossiyaliklar o’zlarining manfaatlari uchun ishlatayotganiga ishonish qiyin. Teskarisi, shunchaki ahmoqgarchilik va go’yo siyosiy raqiblari yaratgan status-kvoga nafrat tufayli mustaqil harakat qilayotganiga ishonish mumkin.

Masalan, Rossiyaning iqtisodiyoti AQShning bir shtatinikidan (Texas) ham kichik. Harbiy kuchi ham, ta’siri ham afsonaga yaqinroq ekanligi namoyon bo’lib bo’lgan.

@uzbekonomics
4.03.2025, 07:21
t.me/uzbekonomics/1140
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
25
4.9 k
Trampdan so'ng AQShga haqiqiy "Make America Great Again" harakati kerak ekan. Hozirgisi soxta.

Ya'ni, Trampgacha bo'lgan davrga, mantiq bilan ish tutiladigan, iqtisodiyotni o'ldirmaydigan, amerikaliklarni qiynamaydigan davrga qaytaruvchi harakat, tuzatishlar va ishlar kerak bo'ladi.

Misol uchun, demokratlarning (yoki respublikachilarning) keyingi saylovlardagi shiori quyidagicha bo'lishi mumkin: "Yes, let's Make America Actually Great Again - Like Before Trump".

Chunki, Trampning hozirgi harakatlari AQShni yana buyuk davrga qaytarish emas, balki dunyo oldida sharmanda bo’lib, iqtisodiyotni buzib, AQShni har tomonlama zaiflashtirib tarixiy ahmoqgarchilik davrini yaratishga qaratilgan.

@uzbekonomics
4.03.2025, 06:36
t.me/uzbekonomics/1139
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
86
5.6 k
AQShni Rossiya bosib olgandek.

Bu administratsiyadan chiqayotgan kundalik yangiliklarni ko'rib AQShni tashqi dushman bosib olib ichkaridan hamma narsani buzishni boshlagandek. Boshqachasiga talqin qilib bo'lmaydi. Aytaylik, misol uchun Rossiya AQShni bosib olganda u nima qilgan bo'lar edi?

- AQSh iqtisodiyotini cho'ktiradigan barcha harakatlar, shu jumladan tariflarni oshirardi (Meksika va Kanadaga ahmoqona tariflar), arzon ishchi kuchlarini mamlakat ish bozoridan quvib chiqarardi (immigrantlar), davlat xizmatlarini va ijtimoiy nafaqani qisqartirgan bo'lar edi (DOGE qilayotgan ishlar)
- Do'stona mamlakatlar bilan orani uzar edi, Yevropadan uzoqlashar edi
- Rossiaga AQSh qo'ygan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilar edi (bugungi yangiliklarga ko'ra AQSh shu sanksiyalarni bekor qilish harakatida - mutlaqo absurd yangilik)
- AQShni BMT, NATO va boshqa xalqaro tashkilotlardan chiqarib tashlar edi (jarayonda)
- Ukraina o'zi urushni boshladi deb yolg'on tarqatar, uning prezidentini kamsitish uchun urinar va Ukrainaga AQSh yuboradigan (Kongress tasdiqlagan) harbiy yordamni tugatar edi (bugun Tramp shunday qaror chiqaribdi)
- Kabinetga pro-Rossiya bo'lgan amaldorlarni tayinlar edi (masalan, Tulsi Gabbardni razvedka boshlg'i qilib tayinlagani Putinning ham tushiga kirmagan menimcha)
- Dollarga qarshi qandaydir alternativa chiqarishga urinar edi (Oq Uy hozir kriptoning eng katta promouteri)
- ...
- va hokazo. Bu ro'yxatni har kuni to'ldirib borsa bo'ladi

Keyingisi nima, Alyaskani Rossiyaga berib yuboraylik deydimi? Yolg'on tarqatishga usta maslahatchisi Mask orqali Alyaskada saylov o'tqazaylik, bir paytlar Alyaska bizga adashib o'tib qolgan deydimi?

@uzbekonomics
4.03.2025, 05:57
t.me/uzbekonomics/1138
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
92
5.9 k
​​Trampsessiya.

Atlanta Federal Banki bugun chiqargan hisobotga ko'ra AQSh iqtisodiyoti 2025 yiling birinchi choragida yillik -2.83% ga qisqarishi kutilayotgan ekan. Atlanta Federal Banki modeli tez yangilanuvchi ma'lumotlarga asoslangan.

Bu juda katta raqam va salbiy signal. Sababi nima? Tramp. Uning ahmoqona tariflari, Rossiya bilan do'stlashish va Yevropa bilan uzoqlashish harakatlari, iqtisodiyot va siyosatda undan mutlaqo buzg'unchi harakatlar kutilmalari, DOGEning davlat xizmatlari va ijtimoiy nafaqani qisqartirayotgani, ishsizlikni oshirayotgani va boshqalar.

Iqtisodiyotni bunchalik tez sur'atlarda buzishga muyassar bo'lgan prezident bo'lmagan bo'lsa kerak. Qasddan qilayotgandek. Shunday ham.

@uzbekonomics
4.03.2025, 05:38
t.me/uzbekonomics/1137
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
23
4.3 k
Aslida AQShda kriptoni strategik rezerv aktivi qilish kerak degan gapning o'zi mutlaqo ahmoqona. Kripto bu neft yoki go'sht emaski, qandaydir favqulodda zaxirasi kerak bo'lib qoladigan. Boshqa narsalar uchun dollar bor.

Bundan tashqari, kriptoni shuncha yillardan beri "desentralizatsiya" so'zi bilan birga ishlatib, kriptoning jozibadorligi uni davlat nazorati va ta'siridan tashqari ekanligida deb bong urib keladigan kriptochilarga yaxshigina eslatma bo'libdi. Qiziq, bu qanaqasiga desentralizatsiya qilingan aktiv ekan, agarda uning jozibadorligi mutlaqo markazlashgan tizim va odamlar tomondan qo'llab-quvvatlab turilmasa? Aytmoqchimanki, kripto va blokcheyn texnologiyasiga azaldan ishonuvchilar uchun prezident qilayotgan bu ishlar yoqmayotgan bo'lishi tabiiy.

Ha, aytgancha, kripto aktiv ham emas, ta'rifi bo'yicha. Kripto hech qanday kelajakdagi to'lovlar (masalan, obligatsiyaning kupon to'lovlari, aksiyaning dividendlari kabi) uchun da'voni yaratmaydi. Pul ham deb aytib bo'lmaydi.

Kriptoning asosiy jozibadorligi uni ertaroq arzonroqqa sotib olib ertaga qimmatroqqa sotib yuborish. Bunda ijtimoiy tarmoqlardagi chayqovchilar yordamida narxini oshirish mumkin, yoki ko'rib turganimizdek Amerika Qo'shma Shtatlarining prezidenti orqali.

@uzbekonomics
3.03.2025, 08:24
t.me/uzbekonomics/1136
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
29
4.2 k
​​Donald Tramp o'g'li Erik Tramp o'z tili va qo'li bilan tan olibdi - aynan yakshanba kuni, moliyaviy bozorlar yopiq bo'lganda bu yangilikni e'lon qilinishi qasddan bo'lgan. Uyalishmaydi ham.

Kripto bilan bunday pump and dumb qilishayotgani mantiqqa to'g'ri keladi, an'anaviy bozor - aksiyalar bilan shunday qilinsa qamoq bilan jazolanadigan qoidabuzarlik. Kripto bilan esa yo'q.

Genslerni ketqazib regulyatorni qo'lga olishdi, g'aznachilikda ham loyalist. Qonun buzganlarni, moliyaviy bozorlarda firibgarliklarni oldini olib jazolaydigan Adliya vaziriligi ham shunday.

Aytyapmanku, Golden Era of grift, scam and corruption.

@uzbekonomics
3.03.2025, 07:57
t.me/uzbekonomics/1135
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
46
5.5 k
​​Firibgarlik, kripto-scamlar va korrupsiyaning oltin davri. Oq Uy ichidan.

Trump bu birinchi kripto prezident ekanligi haqida gaplashgan edik. Inauguratsiyadan bir kun oldin kripto-tanga chiqarib o'tirgan edi. Tramp prezident bo'lganidan so'ng u bilan birga Oq Uyga PayPal mafiyasi ham ko'chib o'tgani haqida yozgandim. Trampning ikkita qulog'i bo'lsa birida Elon Mask o'tiradi, ikkinchisida Deyvid Saks. Ikkalasini to'rtta narsa birlashtirib turadi:
1. Ikkalasi Janubiy Afrikalik
2. Ikkalasi PayPal mafiyadan
3. Ikkalasi Kreml propagandasining Vashingtondagi eng katta tarqatuvchilari, ikkalasi Trampning rasman maslahatchilari.
4. Ikkalasi bozorlarni manipulyatsiya qilishga, investorlarni chuv tushirishga juda usta, va buni muntazam ravishda qilib keladilar.

Xullas, bugun Donald Tramp kriptovalyutalarni strategik rezerv qilish bo'yicha ishchi guruh tuzib bir nechta kripto valyutalar nomini aytib ularni strategik rezerv qilish haqida yozibdi. Avvalambor, amalga oshadimi yo'qmi bu ikkinchi masala. Shu yangilikning o'zi ham tilga olingan kriptolarning narxini keskin oshirib yubordi. Nima uchun korrupsiya? Chunki, AI va kripto masalasi bo'yicha administratsiya rahbari Deyvid Saks o'sha tilga olingan kriptolar narxi oshishida to'g'ridan-to'g'ri manfaatdor (venchur kapitalist, bir nechta kripto loyihaga pul tikkan). Ya'ni, Oq Uy orqali, Tramp soliq to'lovchilar hisobidan bir nechta qo'lda saralab olingan investorlar uchun exit yo'lni qilib bermoqchi.

Bular yana uyalmasdan, AQShning kambag'al mamlakatlardagi ijtimoiy masalalarga yordam mablag'larini kesib, nafaqadagi urush qatnashchilari nafaqalarini kamaytirib, iste'molchilarni moliyaviy sektorda himoya qiluvchi agentlikni yopib va ijtimoiy xavfsizlik tizimini dunyodagi eng katta ponzi sxema deb ayblab yuz minglab federal ishchilarni haydashmoqda. Qaysidir ma'noda, barchasining ortida davlat xarajatlarini qisqartirish degan maqsad turibdi deb o'sha iqtisod qilingan pullarni hali dunyo ko'rmagan miqyosdagi kripto promoushn bilan saralangan shaxslarga tarqatishmoqchi.

Nima deyishim mumkin? Birinchidan, bravo. Korrupsiya va firibgarlikning yuksak cho'qqisi. Ikkinchidan g'irt ahmoqlik. AQShga hech qanday kripto strategik rezerv aktiv kerak emas. Mening xulosam, bu yerda faqat ahmoqlik emas, balki ochiqchasiga kripto investorlar manfaatlarini ko'zlash yotibdi.

@uzbekonomics
3.03.2025, 07:44
t.me/uzbekonomics/1134
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
18
4.0 k
Bu haftaniki.

https://botir.substack.com/p/weekly-digest-march-1-2025

@uzbekonomics
2.03.2025, 07:41
t.me/uzbekonomics/1133
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
4
4.3 k
Open AI chiqarayotgan turli modellarning nomini ko'rib qaysi biri oxirgisi, qaysi biri tezroq/samaraliroq ekanligini tushunish juda qiyin. Chalkash.

O'ylab qolaman, balki keyingi modelni chiqarishganda avval ChatGPTni o'zidan so'rab ko'rishar, qanday nom qo'yishni va hozir mavjud bo'lgan 9ta modellar o'zgartirishni.

Keyingi modelda men kutayotgan funksiya bu "so'rovimga mos keladigan modelni o'zingiz tanlang" deydigani.

@uzbekonomics
2.03.2025, 04:49
t.me/uzbekonomics/1132
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
35
4.5 k
Turklarda shunday maqol bor ekan, kechagi Oq uydagi uchrashuvdan keyin yana bir bor esimga tushib ketdi:

"When a clown moves into a palace, he doesn't become a king. The palace becomes a circus”

@uzbekonomics
2.03.2025, 04:32
t.me/uzbekonomics/1131
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
40
4.6 k
Oq uyda bo'lib o'tgan o'sha matbuot anjumani/uchrashuvni eng sharmandali, va xiyonatkor harakatlardan biri desa bo'ladi.

Oq uydagi ikki prezident uchrashuvida erkin, mard va sog'lom fikrlovchi prezident bitta edi, va u Zelensky.

AQShda ba'zilar Zelensky Oq uyga kelib behurmatlik qildi deb yozishibdi. Agar kimdir Oq uyga kelib behurmatlik qilgan bo'lsa uning ismi JD Vensdir. AQSh tarixida bunchalik odobsiz va "xonani o'qishni" bilmaydigan vitse prezident bo'lmagan bo'lsa kerak.

@uzbekonomics
1.03.2025, 09:15
t.me/uzbekonomics/1130
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
43
5.5 k
​​AQSh hukumati va saylangan siyosatchilar ortida boshqa yashirin hukumat, “deep state”, «серый кардинал»lar bor va ular AQShni boshqaradi degan gap yurar edi, odamlar faraz qilishar edi. Bu fikr ayniqsa oxirgi saylovoldi kampaniyasida yanada bo’rttirildi va shu bilan qo'rqitildi. Mavjud bo’lgan “deep state” ni endi tugatamiz deb.

Vaxolanki, AQShda hozir bo’lagotgan ishlarni ko’rib teskarisini ya'ni avval bo’lmagan va hozir ko’z oldimizda shakllanayotgan o’sha “deep state”ni ko’rish mumkin.

Kecha Tramp kabinet majlisini qilibdi. U yerda saylanmagan va rasmiy kabinetda lavozimi yo’q Mask so’zlabdi, majlisni olib boribdi. Aslida u xonada bo’lishi ham kerak emasdi. DOGE departamentini haligacha kim boshqarishi sir tutiladi. De fakto Mask, de yure Mask emas.

@uzbekonomics
27.02.2025, 22:20
t.me/uzbekonomics/1129
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
31
3.7 k
Aslida bu yomon g'oya emas.

Ko'p mamlakatlarda bunday amaliyot bor. Shu jumladan, AQShning o'zida ham. Chetdan kelib, 1 million dollar sarmoya kiritib, 10ta ish o'rin yaratgan xorijlik "grinkarta" (EB-5) olishi mumkin edi. Endi esa 5 million dollar va "oltinkarta" va boshqa bonuslar. Xitoylik investorlarda bunga katta talab bo'lishi aniq.

Bundan Trampning immigratsiyaga bo'lgan qarashlarini tushunib olsak bo'ladi. Tramp immigratsiya qarshi emas. Shunchaki ba'zi elektorati yoqtirmaydigan "kambag'al immigrantlarni" nomiga deportatsiya qilish teatrini qo'yib beradi xolos. Chunki, Tramp Baydendan ham kamroq noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilibdi (albatta bir xil davr solishtirilganda)

@uzbekonomics
26.02.2025, 09:25
t.me/uzbekonomics/1128
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
13
2.7 k
Bu haftaniki:
https://botir.substack.com/p/weekly-digest-february-24-2025

@uzbekonomics
24.02.2025, 19:04
t.me/uzbekonomics/1127
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
15
3.2 k
​​Ahmoqona sabablar bilan boshlangan boshqa urush haqida.

O'tgan hafta avokado olgandim, tabiiyki Meksikadan kelgan. 6 donasi $10.

Xuddi shu avokado dekabr oyida va aynan shu do'konda $7 edi.

Nimaga narx 42%ga oshdi deb o'ylaysiz? Albatta, kutilganidek Meksikaga qo'yilayotgan tariflar tufayli. Eng ahmoqona savdo urushi tufayli.

Redditda endi odamlar qiziqyapti, nima uchun tariflar hali boshlanmasdan oldin avokado narxi oshib bo'ldi deb.
Gap shundaki, tariflar boshlangan soat va daqiqadan emas, balki tarif kutilmalari keskinlashgani sababli ham bozorda narxlar oshadi.

Ko'rib turganingizdek, ahmoqona import bojining yuki Meksika hukumati yoki kartelga emas, oddiy iste'molchiga tushadi.

@uzbekonomics
24.02.2025, 18:32
t.me/uzbekonomics/1126
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
15
3.5 k
Bugun Kyiv “3 kun ichida qulashi kerak” bo'lganiga 3 yil bo'ldi.

Ya'ni, Rossiya boshlagan urush va bosqinga.

@uzbekonomics
24.02.2025, 18:16
t.me/uzbekonomics/1125
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
24
3.3 k
AQSh soliq qo’mitasi (IRS) va byudjetdan soliq ma’murchiligiga ketgan har bir $1 qancha foyda olib kelishi haqida.

Bugun IRSning 6 mingdan ko’proq ishchilarini ishdan bo’shatishayotgan ekan. Sababi oddiy: Tramp administratsiyasi shuni xohlamoqda. Nafaqat IRS shtatini kamaytirmoqchi, balki umuman soliq idorasini tugatish uning orzusi. Trampga qolsa soliq yig'ishni tugatib davlat g'aznasini faqat xorij mamlakatlarga solingan savdo tariflari bilan to'ldirmoqchi. Albatta bu absurd g'oya.

Soliq qo'mitani ham, qimmatli qog'ozlar agentligini ham, iste'molchilarning moliyaviy huquqlarini himoya qilish agentligini ham - barchasini taftish qilish, shtatini kamaytirish va ularning jazo va tekshiruv kuchini kamaytirish ikkita maqsadda qilinmoqda - Trampning vendettasi va Elon Maskning (va uning boshqa boy do'stlarining) xususiy kapitali va manfaatlari himoyasi. Trampning soliq bilan muammolarini 2015 yildan beri eshitib kelamiz. Mask (va do'stlarining) barcha korxonalari men yuqorida aytgan agentliklar tomonidan yoki nazorat qilinadi yoki ular tomondan ish ochilgan. Bularni aytishimdan sabab, IRS shtatini kamaytirish soliq ma'murchiligini yaxshilash uchun emas, balki umuman boshqa sabablar bilan qilinmoqda.

Xullas, soliq qo'mitaga qaytaylik. AQShda tax gap hozir taxminan 600 milliard dollarni tashkil etadi. Ya'ni, soliq deklaratsiyasini ba'zilar to'ldirmasligi, soliq majburiyatlarini kamaytirib ko'rsatilishi va soliqdan qochish holatlari tufayli byudjetda soliq tushumidan 600 milliard dollarlik kamomad bor. U bo'shliqni yopish uchun qilinadigan harakatlardan biri bu audit va tekshiruvlarni oshirish. Ayniqsa katta daromadga ega yuridik va jismoniy shaxslarni. Shuning uchun Bayden administratsiyasi davrida Kongress IRSga qo'shimcha 80 milliard dollar byudjetdan ajratgandi. Aynan shu auditlarni oshirish, yangi ishchilarni yollash, texnologiyani yangilash (shu o'rinda aytish kerakki, AQSh soliq qo'mitasi IT tizimi kamida 25 yil ortda qolib ketgan, va juda qoloq) uchun sarflanishi kerak edi. Ya'ni Trampga o'xshagan, Maskka o'xshagan badavlat jismoniy va yuridik shaxslarning buxgalteriyasi yanada ko'proq taftish qilinishiga yordam edi. Tabiiyki Tramp buni hohlamaydi.

Xo'sh, byudjetdan soliq ma'murchiligini, auditni, tekshiruvlar va inspektor sonini oshirish uchun byudjetdan ketqazilgan mablag' o'zini oqlaydimi degan savol bor. Javob: ha, va juda katta qaytim bilan. Tadqiqotlarga ko'ra, daromadi bo'yicha top 90%dagi soliq to'lovchilarni audit qilishga byudjetdan ketgan har bir $1 byudjetga qo'shimcha $12 tushum olib keladi. O'rtacha daromaddan (median) pastdagilarni audit qilishga ketgan qo'shimcha $1 esa byudjetga qo'shimcha $5 tushumni olib kelar ekan. Bu juda katta raqamlar! Bu raqamlarni ko'rgan Kongress ham, administratsiya ham IRSning byudjeti va ishchilari sonini qisqartirish emas, balki yanada ko'paytirishi kerak edi. Albatta, Tramp&Muskga bular qiziq emas. Ular vendetta va shaxsiy manfaatlarni himoya qilish bilan band.

@uzbekonomics
20.02.2025, 19:11
t.me/uzbekonomics/1124
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
21
4.2 k
​​Manhattanda congestion pricing (shaharning ma'lum ko'chalariga ma'lum soatlarda mashinada kirish pullik amaliyoti) haqida bir necha safar yozgandim va jarayonni kuzatyapman degandim. Avval u loyiha shaklida muhokama qilinayotganda, va keyin ishlashni boshlaganda yozdim.

Qisqasi, Manhattaning quyi qismi, eng zich ko'chalariga mashina haydab kirishni cheklashdan maqsad O'zbekistonliklarga ham tanish - shaharda mashina qatnovini kamaytirish, piyodalarga ko'proq imkoniyat berish, ularni xavfsizroq qilish, mashinadan havoga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish, havo sifatini yaxshilash, vhkz. Shu yildan boshlab ishlashni boshlagandi va natijada mashinada Manhattanga kirish keskin kamaydi.

Xullas, bugun o'zini AQSh qiroli deb aytgan D.Tramp Nyu York shtatida congestion pricing amaliyotini to'xtatmoqchi ekanligini yozdi va Oq uyning rasmiy sahifasi esa toj kiygan Trampning rasmini qo'ydi. Avvalambor, AQSh qiroldan 250 yil oldin bir amallab qutilgan edi. Mayli, masala hozir bunda emas. Gap shundaki, iqtisodiy savodsizlik va mutlaqo populizmga asoslangan Trampning bu istagi noqonuniy. Nyu York shtati hokimi Hochul Trampga yaxshi eslatmalar beribdi va sudda ko'rishishni eslatibdi. Nyu Yorkliklar osonlikcha taslim bo'lmaydi, ayqnisa o'zini mamlakat qiroli deb ataydiganlar aholining suverenetitiga hujum qilganda.

Iqtisodiy savodsizlik haqida gap ketar ekan, yangi Transport vaziri ham "oddiy aholi" qiynalmoqda, soliqlari evaziga qurilgan "tekin" yo'ldan foydalanishlari cheklanmoqda, bu adolatli emas debdi. Vaholanki, janob vaziri bilmaydiki, aksariyat Manhattanda yashaydiganlarda mashina bo'lmaydi, bo'lsa ham asosan o'ta boylarida. Manhattanda yashaydiganlarning 85 foizi metroda, jamoat transportida foydalanadilar. "Oddiy odamlar" emas, aksincha boy odamlar Manhattan ko'chalarida benzin yoqib, tirbandlikda turib mashinada yuradilar. Albatta, congestion pricingdan eng ko'p aziyat chekkanlar bu Nyu Jersidan Manhattanga ishga mashinada qatnaydiganlar. Lekin, ularga ham yechim bor - jamoat transporti! Axir, NyuYork-Nyu Jersi dunyodagi eng mukammal jamoat transportiga ega bo'lgan shaharlardan. Manhattanning kirish pullik bo'lgan zonasida yashaydiganlar bir ovozdan congestion pricingdan xursand edilar - yo'llar mashinadan bo'shab qolgani, piyoda yurish xavfsizroq bo'lgani, nafas olish osonlashganini sezib.

Gubernator Hochul aytganidek, ijro hokimiyatining bir shaharning o'z ko'chasini tartibga solish bo'yicha harakatlariga tajovuzi bilan sudda, qonun orqali gaplashiladi. Nyu-Yorkliklar hech qaysi qirollarga bo'ysunmaydi.

@uzbekonomics
20.02.2025, 18:02
t.me/uzbekonomics/1123
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
47
7.1 k
IMEI - yo'q joydan muammo va byurokratiya.

Agar IMEIning mazmuni faqat boj olish bo'lsa unda odamlarni ortiqcha ovora qilmasdan O'zbekistonga kiraverishda "shunchaki boj" degan to'lovni hammadan yechib olishsa ham bo'lar ekan.

Evaziga odamlarning navbatda turishlari, o'tgan asrning oddiy texnologiyasini ishlatish uchun ruxsat uchun qog'oz ko'tarib yurishlari, tizimning ma'muriy ijrosiga ketadigan ishchi soatlari, resurslari, iste'molchi va mamlakat mehmonlarining asablari tejalgan bo'lar edi. Hech bo'lmaganda.

Odamlar o'z pullariga o'zlari sotib olgan oddiy telefonni ishlatish uchun navbatda turib davlatdan ruxsat olishlari aqlga sig'maydigan narsa.

@uzbekonomics
20.02.2025, 08:29
t.me/uzbekonomics/1122
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
28
4.6 k
Birinchi bob.

Leningrad. 1987 yil.

@uzbekonomics
19.02.2025, 20:24
t.me/uzbekonomics/1121
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
22
4.5 k
"The Art of The Deal" emas "The Art of Treason" nomli kitob yozsa bo'lar ekan. Har holda harakatlari shunga mos.

Bir vaqt o'zi NBC telekanalidan haydalgan shoumendan mustaqil mamlakat prezidentini komediyachi deb yerga urishga urinishlarini eshitish g'alati.

@uzbekonomics
19.02.2025, 20:07
t.me/uzbekonomics/1120
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
Repostar
38
3.2 k
Nima uchun mamlakat boshqaruvi va biznes boshqaruvi farqliligi haqida Krugmanni eski maqolasini topdim:

https://hbr.org/1996/01/a-country-is-not-a-company

Podkastimizda ozgina shu haqida gapirdik, yana gaplashamiz menimcha shu mavzuda.
19.02.2025, 16:37
t.me/uzbekonomics/1119
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
66
5.6 k
Bugun Tramp “Ukraina o’zi urush boshlamasligi kerak edi” debdi

Bu AQSh prezidentimi yoki kreml matbuot kotibimi deb o’ylaydi odam.

@uzbekonomics
19.02.2025, 07:33
t.me/uzbekonomics/1118
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
14
9.0 k
Gazeta.uz o'rinli savol qo'ymoqda. Nahotki, mana shu shaharning qoq markazidan o'tadigan Amur Temur ko'chasiga piyodalar o'tishi uchun svetofor o'rnatishning iloji yo'q? Qimmatmi? Bunga qandaydir siyosiy iroda kerak bo'lmasa kerak? Axir, qanchadan qancha odam nobud bo'ldi aynan mana shu ko'chada (Amir Temur ko'chasi shunchaki katta misol).

Piyodalar o'tishi uchun svetofor o'rnatishga imkoniyatimiz va kuchimiz yetmasa, balki hech bo'lmasa qandaydir memorial qo'yib qo'yish kerakmikan? Shu ko'chadan nechta odam, nechta yosh bola nobud bo'lganini ko'rsatib turadigan soat bilan...

Bir dona svetofor va ayovsiz jazo muqarrarligi qanchadan-qancha inson hayoti va oilalarning taqdirini saqlab qolishi mumkinligini o'ylaylik.

Bir dona svetofor-a.

@uzbekonomics
18.02.2025, 08:29
t.me/uzbekonomics/1117
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
39
5.0 k
Kripto qiziq soha.

Avval turli kripto-tangalar, kripto birjalarning ta'sischilari investorlarni aldab, chuv tushirishar edi (o'zbekchada aytganda "кидать" qilishar edi). Masalan, FTX va Sam Bankman-Fried.

Keyingi bosqichda turli inflyuenselar, artistlar, qo'shiqchilar ham odamlarni kriptotangalarni targ'ib qilib "кидать" qilishni boshlashdi. Masalan, Kim Kardashian.

Endi esa, yangi bosqichda prezidentlar kripto tangalarni yaratib, targ'ib qilib odamlarni "кидать" qilishni boshlashibdi. Birinchisi Tramp edi. Endi Argentina prezidenti Xavyer Milei ham shunday qilibdi va (Trampniki esingizdami?) Argentinada katta janjalga sabab bo'libdi.

@uzbekonomics
17.02.2025, 21:48
t.me/uzbekonomics/1116
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
7
3.9 k
AQSh hokimiyatiga kelgan "techbro"lar, shu jumladan Mask ham, kripto va AI bo'yicha administratsiya rahbari Sacks ham odamlarni qandaydir darajada savodsiz deb o'ylashadi yoki o'zlarini ahmoqlikka solishadi.

Saksga ko'ra (va umuman hozirda davlat xarajatlarini taftish qilayotgan DOGE tashkilotiga ko'ra) AQSh davlat xarajatlari nimaga ketayotganini hech kim bilmaydi va davlat qarzi qayerga ketayotganini so'rashga hech kimning haqqi yo'q. Lekin, gap shundaki, AQShda xarajatlar, davlat qarzi haqida ma'lumotlar anchadan beri shaffof ravishda chop etilib keladi va aynan nimaga pul ketayotganini istalgan odam tekshira oladi.

Aslida, hozir hokimiyatni mana shu techbrolar yurityapti. Ular shunchaki davlat xarajati yoki qarzi kabi tushunchalarni ikki yil oldin o'zlari uchun kashf qilingani bu haqida ulardan oldin hech kim o'ylamagan va bilmagan degani emas.

@uzbekonomics
16.02.2025, 20:53
t.me/uzbekonomics/1115
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
7
4.2 k
Donald Tramp Napoleonning imperatorlik harakatlari va to'ntarishlaridan iqtibos keltirib: "mening harakatlarim mamlakatni himoya qilsa ular noqonuniy emas deb" yozibdi. Diktatorlik va imperatorlik ambitsiyalariga ishora qilib.

Bu juda bezovta qiluvchi sentiment va istaklar.

@uzbekonomics
16.02.2025, 20:19
t.me/uzbekonomics/1114
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
17
4.5 k
Bu haftaniki.

@uzbekonomics
15.02.2025, 20:36
t.me/uzbekonomics/1113
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
37
10 k
Mario Dragi navbatdagi ajoyib kolonkani yozibdi. Dragidan Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti, va raqobatbardoshligi haqida juda sog'lom va o'rinli fikrlar chiqmoqda.

Bu safar, Financial Timesda yozibdi. "AQShni chetga surib suradigan bo'lsak, va AQShning tariflarini esdan chiqarib turadigan bo'lsak, biz, yevropaliklar o'zimizga o'zimiz rivojlanishni cheklaydigan notarif baryerlarni o'rnatganmiz, o'zimizning oyog'imizga o'zimiz bolta uryapmiz" deyapti.

Kolonkadagi bir raqam e'tiborimni tortdi: IMF hisob-kitoblariga ko'ra, Yevropadagi turli sohalarda davlatning nazorati, regulyatsiyalar, ishlab chiqarish va savdoga cheklovlar Yevropada ishlab chiqarish sohasi uchun tashqaridan 45 foizli va xizmatlar sohasi uchun tashqaridan 110 foiz tariflar qo'yilgandek ekan. Ya'ni, Yevropaning o'zi o'ziga notarif cheklovlarni qo'yib olgan. Bular albatta Yevropa kompaniyalari faoliyat yuritadigan bozorni qisqartiradi. Ayniqsa ITda. Yevropa o'ta tartibga solishga va nazorat qilishga harakat qiladigan eng innovatsion soha - raqamli texnologiyalar, AI, startaplar ham o'sishga katta to'sqinlikka duch keladi (masalan GDPR).

https://www.ft.com/content/13a830ce-071a-477f-864c-e499ce9e6065

@uzbekonomics
15.02.2025, 19:12
t.me/uzbekonomics/1112
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
23
3.6 k
AQShda (indeed platformasida) dasturchilarni ishga yollash e'lonlari dinamikasi.

Pandemiya davrida ortiqcha yollash oqibatlarimi? GenAI?

@uzbekonomics
12.02.2025, 20:54
t.me/uzbekonomics/1111
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
27
4.1 k
Saylanmay hokimiyatni qo'lga olgan Elon Mask Oq uyda kecha press konferensiya qilibdi.

@uzbekonomics
12.02.2025, 18:58
t.me/uzbekonomics/1110
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
Repostar
38
3.0 k
Иқтисодиёт ҳақида муҳим интервью

Декабрь ойида биз иқтисодчи Ботир Қобилов билан бир қанча мавзуларда суҳбатлашган эдик. Шу интервью бугун YouTube`га жойланди.

Ботир ака билан суҳбатимиз ўйлаганимдан бироз қисқароқ бўлди. Лекин жуда кўп мавзуларда гаплашишга улгурдик деб ўйлайман.

Хусусан, Марказий банклар нима учун кераклиги, Ўзбекистондан Гарвард докторантурасига қандай бориш мумкинлиги, Техаснинг ривожланиши, илмий фаолият, криптовалюталар ва долларнинг фарқи, молиявий тавсиялар устида гаплашдик.

Интервьюда Илон Маск, Дональд Трамп, Россия Марказий банки раиси Эльвира Набиуллина, АҚШ Марказий банки раиси Жером Пауэлл ҳақида ҳам бир қанча қизиқ фикрлар бор.

Суҳбатни кўришингиз учун ҳавола: https://youtu.be/Qkx1S44Lp-o
12.02.2025, 18:32
t.me/uzbekonomics/1109
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
18
4.0 k
Sud va qonunlarni yomon ko'ruvchi Trampdan bugungisi.

AQShda bir qonun bor. Foreign Corrupt Practices Act (FCPA) qonuni AQSh yurisdiksiyasida faoliyat olib boradigan korxonlarning (istalgan korxona, xorijlik bo'lsa ham) chet el hukumat vakillari va amaldorlarga biznes tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun pora berishni ta'qiqlaydi va ta'qib qiladi. Aslida amerikalik korxonalarning boshqa mamlakatlar hukumatlariga pora berishlarini cheklaydigan bu qonun AQShda ishlaydigan amerikalik bo'lmagan korxonalarga ham taaluqli. Masalan, AQShda kapital ko'targan yoki AQShda faoliyat olib boradigan hindistonlik korxona Hindiston hukumatiga pora bersa shunda AQSh Adliya vazirligi bu korxonani FCPAga ko'ra jazolaydi. Bu nazariy misol emas balki yaqinda shunday ham bo'lgan edi, Adani hindistonlik amaldorlarga pora berganlikda ayblangani uchun AQSh Adliya vazirligi ish ochgandi.

Xullas, bugun Tramp mana shu qonun ijrosini to'xtatadigan qarorga imzo qo'yibdi. Sababi oddiy - bu qonun amerikalik korxonalarning global bozorda raqobatdoshligini cheklayotgan emish. Bu juda yomon qadam. Amerikalik korxonalarga chet-el hukumatlariga pora berishga yashil chiroq degani.

Qiziq tarafi, AQShdagi bu FCPA qonuni chet-el mamlakatlarining ichidagi korrupsiyani ham kamaytirishi ilmiy tadqiqotlarda ko'rsatilgan.

Aytgancha, Trampning yangi Adliya vaziri pora olishda ayblanayotgan Nyu York shahar hokimi Erik Adamsning ishini prokurordan to'xtatishni talab qilibdi. Erik Adams juda xursand bo'lsa kerak. Bu yangilikni yuvish uchun Erik Turkiyada dam olish uchun samoletning birinchi klassida bemalol uchib borib kelsa bo'ladi.

@uzbekonomics
11.02.2025, 18:01
t.me/uzbekonomics/1108
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
18
3.8 k
O'zbekistonda raqamlashtirish, fintex haqida ko'p o'ylayman. Menimcha, bu yo'nalishda oxirgi yillarda amalga oshirilgan va yaratilgan eng yaxshi ilovalardan biri bu Soliq qo'mitasining "Soliq" ilovasi bo'lsa kerak. Deyarli 10 millionta odam ishlatar ekan (shundan 6 milliontasi faol). Bu mehnatga layoqatli yoshdagi aholining har ikkitasidan bittasi degani.

@uzbekonomics
10.02.2025, 19:10
t.me/uzbekonomics/1107
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
13
3.7 k
AQShdagi kafelardan birida yozuv.

Tuxum narxi, yoki umuman narxlar oshishining yagona sababchisi deb prezident Baydenga yoki Trampga ishora qilib bo'lmaydi. Lekin, oxirgi yillarda inflyatsiyaga aybdorlik iqtidorda o'tirgan partiya/prezidentga osilib qolmoqda.

Shuning uchun bu endi Trampning muammosi. Tuxum narxi oshishiga sababchi bo'lgan qush grippi bilan kurashish o'rniga g'alati ishlar qilib yurishibdi.

@uzbekonomics
10.02.2025, 18:39
t.me/uzbekonomics/1106
UZ
Uzbekonomics
14 188 assinantes
6
3.4 k
Ha, aytgancha, konstitutsiya haqida gap ketar ekan - AQSh vitse prezidenti JD Vans ham g'alati odam.

Avvalambor, kontekst uchun - hozir Tramp administratsiyaning bir necha, o'nlab qarorlari sudga oshirilgan, ba'zilari muzlatib qo'yilgan. Shu jumladan yuqorida men yozgan CFPBning yopilishiga qarshi bo'lgan ishchilar uyushmasi sudga ikkita da'vo arizasini kiritishgan.

AQShda sudyalar, tuman sudyalari ham ijro etuvchi hokimiyatning konstitutsiyaga zid va noqonuniy xatti-harakatlarini to'xtatishga qodirlar.

Lekin, JD Vans bunday deb o'ylamas ekan. Unga ko'ra sudyalar ijro hokimiyatini nazorat qilish huquqiga ega emas ekan. Buni o'tgan haftada federal sudya DOGEning ba'zi harakatlarini cheklab qo'yganga munosabat qilib yozgan.

Bu masalada achinarli narsa shundaki, JD Vans Yale universitetida huquqshunoslik fakultetida o'qigan. Ishonchim komil, JD Vans bularni, nima konstitutsiyaviy va nima konstitutsiyaga qarshi ekanligini biladi, o'qigan. Shunchaki siyosiy kapital uchun ochiqchasiga dezinformatsiya qilmoqda.

@uzbekonomics
10.02.2025, 18:21
t.me/uzbekonomics/1105
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa