“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Andijon shahrida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi
Andijon viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi, shahar hokimligi va boshqa mutasaddilari tomonidan aholiga zamonaviy qo‘riqlov signalizatsiya vositalarini o‘rnatishning afzalliklari, tadbirkorlar va fuqarolar uchun qulayliklari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Mutasaddilar tomonidan hududlarni jinoyatdan holi qilish va har bir ko‘cha, ko‘p qavatli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini zamonaviy kuzatuv kameralari, qo‘riqlov vositalari bilan jihozlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbirkorlar o‘z savdo obyektlarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun shartnomalar tuzilib, ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘riqlashga olindi.
Albatta bunday profilaktik targ‘ibot tadbirlari xavfsizlik tizimini mukammallashtiradi va fuqarolarga tinch va xavfsiz hayot kechirish imkonini yaratadi.
Website |
Facebook |
Telegram |
Instagram |
Youtube