▫️▫️▫️▫️▫️
📑2025–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi qabul qilindi
📄Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori bilan 2025–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi.
📃 Mazkur Strategiya “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga muvofiq ravishda hamda xalqaro moliya institutlari, xususan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda shakllantirilgan.
📝Strategiya 5 ta ustuvor yoʻnalish, 16 ta maqsad hamda 45 ta amaliy tadbirlardan tashkil topgan boʻlib, quyidagi ustuvor yoʻnalishlar belgilangan:
➡️Budjet intizomini taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish;
➡️Oʻrta muddatli budjetlashtirishda strategik ustuvorlikni taʼminlash;
➡️Davlat xarajatlari va investitsiyalarining samaradorligi hamda natijadorligini oshirish;
➡️Budjetning samarali ijrosini taʼminlash;
➡️Fiskal axborot sifati va hisobdorlikni yanada oshirish.
Batafsil |
More#Strategiya #Davlat_moliyasi
Telegram |
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Х