Yahoo va Google: bozorni boy berilishi va bozorni mutloq egallanishi
Quyida siz bir kompaniyaning o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qilmasligi oqibatida qanday qilib tarix sahifasidan o‘chishi bilan tanishishingiz mumkin.
🌐 Google’ning Yahoo tomonidan rad etilishi
1998 yilda Larri Peyj va Sergey Brin tomonidan Google endigina yaratilib, uni rivojlantirish uchun investisiya izlashayotgan vaqtda, ular Yahoo’ga Google’ni 1 million dollarga sotib olishni taklif qilishgan.
Yahoo bu taklifni rad etgan, chunki ular o‘zlarini qidiruv tizimi yetakchisi ekanliklariga qat’iy ishonishgan.
👩💻 2002 yilda Yahoo’ning Google’ni sotib olishga urinishi
Oradan atigi to‘rt yil o‘tib, Google shiddat bilan o‘sib, internetdagi asosiy qidiruv tizimlaridan biriga aylanadi. 2002 yilda Yahoo rahbariyati Google’ni 3 milliard dollarga sotib olishni taklif qilishadi. Ammo o‘sha vaqtda rivolanish bo‘sag‘asida turgan Google o‘zini 5 milliard dollar deb baholaydi. Yahoo esa bu narx ancha baland deydi va kelishuv amalga oshmaydi va u o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Yahoo bu bitimni amalga oshirmagani uchun keyinchalik juda katta imkoniyatni yo‘qotganini anglab yetadi.
Google internetdagi eng yirik va qudratli kompaniyaga aylandi, Yahoo esa sekin asta o‘z nufuzini yo‘qota boshlaydi.
💻 Yahoo’ning Microsoft bilan muzokaralari
2008 yilda Microsoft kompaniyasi Yahoo’ni 44,6 milliard dollarga sotib olishni taklif qiladi. Lekin Yahoo buni ham rad etadi.
📉 Buyuk bir eraning tugashi
2017 yilda Yahoo’ni Verizon Communications kompaniyasi sotib oladi. Shartnoma qiymati esa 4.48 milliard dollarni tashkil qiladi.
Google — bugun dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri.
Yahoo — esa tarixda yirik imkoniyatlarni qo‘ldan boy bergan brend sifatida qoldi.
————
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unut
mang!
👍 @Terabi
t_Uz |🌐 Terabit.
Uz | 🌐 Faceboo
k | 🌐 Instagram