O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
NA
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
https://t.me/namanganv_xtb
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
0.41%
ER (semana)
5.17%
ERRAR (semana)

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali

Boshqarmaning murojatlar boti

t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 2 647 resultados
Milliy qadriyatlar — iftixorimiz

🇺🇿 Namangan davlat pedagogika instituti hamda viloyat qo‘g‘irchoq teatri hamkorlik memorandumi doirasida “Milliy qadriyatlar — iftixorimiz” mavzusida festival tashkil etildi.

📊 Jarayonlarda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i A'zamjon Isakov va bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔼Maktabgacha ta’lim kafedrasi sirtqi 2-bosqich talabalari tomonidan qo‘l mehnati namunalari, ijodiy ishlar kompozitsiyasi, ko‘rgazmalar har bir guruhning mutaxassislik mahoratining namunasi sifatida namoyish qilindi. Milliy adras kiyimlar, qo‘g‘irchoq teatrining turli qahramonlari paradi, teatr tomoshalari ayniqsa, dasturning eng hayajonli namoyishi bo’ldi.

☄️Qo‘g‘irchoq teatri jamoasining “Ona tabiat va janob metan” asari qahramonlarining chiqishi, “Aqlli bolajonim” maktabgacha ta’lim tashkiloti kichkintoylarining raqs tomoshalari festivalga oʻzgacha fayz berdi.

✔️ Festival davomida tashkilotchilar, faol qatnashchilar turli naminatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt
25.04.2025, 21:14
t.me/namanganv_xtb/24402
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24399
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24395
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24400
Namangan viloyati informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi

🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “InfoTeach — 2025” forumi tashkil etildi.

Forumda oliy ta'lim va kompaniyalar vakillari, viloyatdagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 300 nafarga yaqin informatika fani o‘qituvchilari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishining mas’ullari ishtirok etdi.

💬 Tadbirning ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov so‘zga chiqib, yosh avlodning IT sohasidagi yutuqlari bevosita zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganishga bog‘liqligini ta’kidladi. U pedagoglarning bu boradagi mehnatini yuksak baholab, ular jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallashayotganini alohida qayd etdi.

✅“InfoTeach — 2025” forumi doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, frilanserlik, olimpiada tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24391
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24398
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24394
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24396
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24393
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24397
25.04.2025, 19:11
t.me/namanganv_xtb/24392
"Zakovat" turnirida g'olib bo'lib, 100 million so'mni qo'lga kiritgan namanganlik o‘quvchilar tantanali kutib olindi
25.04.2025, 19:08
t.me/namanganv_xtb/24390
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24387
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24388
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24386
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#taqdirlash_marosimi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi

✅ Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi.

🔹 Qayd etilganidek, ushbu tanlovda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 16 384 nafar direktor oʻrinbosari va tarbiyachilari qatnashdi. Nomzodlar tanlovning Respublika final bosqichida 3 ta shart boʻyicha bellashdi. Xususan:

➖ maktabgacha taʼlim sifatini oshirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan loyiha taqdimoti;
➖tegishli nominatsiya yuzasidan mashgʻulot ishlanmasi;
➖metodika va maktabgacha taʼlim sohasi boʻyicha 20 tadan test savollarini bajarish sinovlarida qatnashdi.

Tanlov Hayʼat aʼzolari yakuniy xulosasiga koʻra:

👉 ”Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Munojat Muminova;
📍2-oʻrin — Tumaris Tursinbayeva ;
📍3-oʻrin — Sabina Guzarova;

👉 “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Dilnoza Saidova;
📍2-oʻrin — Zebo Xidyoyeva;
📍3-oʻrin — Mavluda Kamalova;

👉 “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Gulsina Dauletova;
📍2-oʻrin — Lionora Eshaliyeva ;
📍3-oʻrin — Sug‘diyona Boymirzayeva ;

👉 “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Vazira Shoimova;
📍2-oʻrin — Yulduz G‘aybullayeva;
📍3-oʻrin — Mohinur Egamberdiyeva;

👉 “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Maxinaxon Mamasoliyeva;
📍2-oʻrin — Gulnoza Yalgʻasheva;
📍3-oʻrin — Dilnoza Shamatova;

👉 “Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Nozimaxon Zikiryayeva;
📍2-oʻrin — Vazira Sayfullayeva;
📍3-oʻrin — Mohigul O‘roqboyevaga nasib ztdi.

😐 Tadbirda tanlovning Respublika final bosqichi gʻoliblari belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

👉 Maʼlumot uchun: o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga imtihonlarsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24389
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24384
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24382
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24385
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24383
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24380
25.04.2025, 18:48
t.me/namanganv_xtb/24381
Sinf rahbarlarining o‘smir yoshdagi qizlar ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilindi

Davlatobod tumanidagi 58-umumta’lim maktabida “Sinf rahbarlarining o‘smir yoshdagi qizlar ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida muhim seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda sohaga oid tajribali mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari vakillari va mahalliy tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori Vahobjon Rajapov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A'zamjon Isakov, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti dotsenti Muhayyo Umaraliyeva, shuningdek, Davlatobod tumani xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Dilrabo Nabiyeva va boshqa mas’ullar qatnashdi.

Tadbirda o‘smir qizlar tarbiyasi, ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, buvijonlar maktabining o‘rni, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Qilingan ishlar tahlil qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori Vahobjon Rajapov mavzu doirasida taqdimot qilib, sinf rahbarlari bilan o‘quvchi qizlar o‘rtasida iliq va ishonchli munosabatlar o‘rnatilishi dolzarb masalaga aylanganini ta’kidladi. Seminar davomida mavzuga oid videomateriallar namoyish etilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mazkur tadbir o‘smir yoshdagi qizlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularning sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib kamol topishida sinf rahbarlarining rolini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt
25.04.2025, 17:56
t.me/namanganv_xtb/24370
#live
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi

🔴 Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
25.04.2025, 16:27
t.me/namanganv_xtb/24359
“Infoteach-2025” forumi davom etmoqda

🗣️ Bugun To‘raqo‘rg‘on, Pop, Chust, Mingbuloq,  Uchqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Norin tumanlarining 1500 dan ortiq o‘quvchi va o‘qituvchilari uchun ochiq muloqot o’tkazildi.

🔼Unda aynan IT yo’nalishga ihtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari hamda kompaniyalar vakillarining kreativ taqdimotlari o’tkazildi.

✔️ Ishtirokchilarning bu boradagi qiziqishlari, ularni o’ylantirgan savollar muhokama etilib, istiqboldagi rejalari bilan o’rtoqlashildi.

🌐 Jarayonda sun’iy intellektdan samarali foydalanish, robotexnikadagi yangicha imkoniyatlar, grafik dizayn bilan shug’ullanish borasida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt
25.04.2025, 15:36
t.me/namanganv_xtb/24352
#natija

Davlatobod tumanidagi 49 - umumta’lim maktabida faoliyat yuritib kelayotgan musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi Nilufar Ahmedova navbatdagi yutuqqa erishdi. U bugungi  attestatsiya sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 86 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt
25.04.2025, 15:11
t.me/namanganv_xtb/24351
25.04.2025, 12:40
t.me/namanganv_xtb/24350
Mehrli Maktab loyihasi doirasida uzoq muddatli davolanish jarayonida bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratish borasida Rossiyaning gospital maktablari loyihasi ekspertlari ishtirokida «УчимЗнаем» professional amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Nukus, Samarqand va Namangan shaharlaridagi barcha "Mehrli Maktab" filiallari pedagoglarini birlashtirdi va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish, tibbiyot tashkilotlari sharoitida o‘qitish shakllari va usullarini moslashtirish bo‘yicha zarur kasbiy bilimlarni oshirish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Mutaxassislar bolalar uchun yanada samarali va qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitini yaratishga imkon beradigan gospital turdagi maktablarning pedagogik jamoalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini sifatli rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.



В рамках проекта Mehrli Maktab прошёл профессиональный практический семинар с участием экспертов проекта госпитальных школ России «УчимЗнаем» по построению образовательной среды для детей, находящихся на длительном лечении.

Мероприятие объединило педагогов всех филиалов Mehrli Maktab из Ташкента, Андижана, Бухары, Ферганы, Нукуса, Самарканда и Намангана и стало хорошей возможностью повысить профессиональные знания, необходимые при внедрении новых педагогических технологий, создании учебно-методических комплексов, адаптацию форм и методов обучения в условиях медицинских организаций.

Специалисты обсудили вопросы качественного развития механизмов сотрудничества педагогических коллективов госпитальных школ, что позволит создать более эффективную и поддерживающую образовательную среду для детей.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
25.04.2025, 12:40
t.me/namanganv_xtb/24348
25.04.2025, 12:40
t.me/namanganv_xtb/24349
Direktorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi

Mazkur yig‘ilishda viloyatdagi umumta’lim maktablarining vakant direktorlik lavozimlariga da’vogar bo‘lgan, menejerlik sertifikatiga ega 15 nafar nomzod bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbat davomida nomzodlarning ta’lim tizimini rivojlantirish borasidagi qarashlari, liderlik salohiyati, moliyaviy savodxonlik darajasi, dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar va metodikalardan foydalanish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Yig‘ilishning asosiy maqsadi — maktablarga raqobatbardosh, bilimli va liderlik salohiyatiga ega rahbarlarni tanlab olishdan iborat bo‘ldi.

Ushbu jarayon orqali maktablarda ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va samarali boshqaruv tizimini shakllantirishga xizmat qiluvchi rahbarlar saralanmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt
25.04.2025, 12:26
t.me/namanganv_xtb/24341
Namanganda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🤔Bellashuvni ochib bergan viloyat hokimi o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev barcha qatnashchilarga omad tilash barobarida, yurtimizda yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.Talabgor jamoalar lug‘at boyligi, grammatika, o‘qib tushunish kabilarni o‘zida qamragan jami 36 ta test savollari hamda yozma ishni 2 soat vaqt mobaynida bajarishlari ko‘zda tutilgan.

🔗Viloyat bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi hamda keyingi bosqich (mamlakat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar jamoasi sovrindor deb topilib, mos ravishda 250, 200 va 150 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt
25.04.2025, 11:55
t.me/namanganv_xtb/24331
BOSHQARMA BOSHLIG‘I ATTESTATSIYA JARAYONLARINI KUZATDI

Bugun Namangan shahridagi 15 –maktabda malaka toifasiga ega bo‘lish istagini bildirgan 600 nafar jismoniy tarbiya, chizmachilik va musiqa fanlari o‘qituvchilari uchun attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayon bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i A'zamjon Isakov mazkur ilm maskanida bo‘ldi.

Biriktirilgan nazoratchilar bilan suhbatlashilib, sinov imtihonlari adolat va shaffoflik tamoyili asosida o‘tishi ta'kidlandi.

Attestatsiya real vaqt rejimida, barcha shart-sharoitlar yaratilgan, shuningdek, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlangan zalda onlayn tarzda o‘tkazilib, kuzatuv kameralari orqali yozib olinmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt
25.04.2025, 09:48
t.me/namanganv_xtb/24316
"O‘zbegim o‘g‘lonlari" jamoasi respublika bosqichida

☄️Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyorlash, jismonan sog‘lom va ma'nan yetuk yosh avlodni kamol toptirish, o‘z yurti o‘a xalqining taqdiri uchun yuksak mas'uliyat hamda javobgarlik hissini shakllag‘tirish maqsadida tashkil etilgan "Yosh chegarachilar" harbiy - vatanparvarlik musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔼Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda o‘g‘il - qizlar 16 ta shart asosida bellashdilar.

✔️ Yakunda Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabning "O‘zbegim o‘g‘lonlari" jamoasi 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

⌛ G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt
25.04.2025, 09:19
t.me/namanganv_xtb/24306
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa