Message
OT
13 776 subscribers
10
3
828
2025-yil 21-aprel kuni Madina Kasimbayevaning studiyasida Hamkorlik Memorandumi imzolanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi — bu taniqli dizayner Madina Kasimbayeva va Shayxontohur tuman politexnikumi o‘rtasidagi yangi hamkorlikning rasmiy boshlanishidir.

Ushbu tashabbus YUNESKOning Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan “O‘zbekiston qishloq hududlarida bandlik uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi doirasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida mamlakat bo‘ylab to’rtta kasb-hunar ta’lim muassasasi Ilg’or professional tayyorgarlik markazlariga aylantirilmoqda.

An’anaviy hunarmandchilik va zamonaviy ta’limni birlashtirgan ushbu tashabbus o‘quvchilar va o‘qituvchilarga ijodkorlik va dizayn sohalarida o‘sish, rivojlanish va yetakchilik qilish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

YUNESKO ta’lim va ijodiylik kesishgan nuqtalarni doimiy qo‘llab-quvvatlaydi.

✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
By continuing to use our service, you agree to the use of cookies.
To find out more about how we use cookies, please review our Privacy Policy