Message
⚡️Bulung‘urda ipak qurti parvarish qilinmoqda

Bulung‘ur tumanida bugungi kunda boqilayotgan ipak qurtidan yuqori sifatli pilla xomashyosini olish koʻzda tutilgan boʻlib, hozirda tumanimizdagi barcha fermer xoʻjaliklariga pilla urugʻlari toʻliq yetkazib berilgan.

Bulung‘ur tumani hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Rizayev, Bulung`ur tuman Fermerlar Kengashi raisi B.Bosimov bilan birgalikda "Ipak yo‘li" va "O'zbekiston" agrofirmalari hududida joylashgan "Hamid bobo", "O'sar, Saidaxmat Shuhrat dalasi", "Qobilov Abror dalasi" fermer xoʻjaliklari tomonidan tarqatilgan ipak qurti ishchilarida ayni damda olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Kanalga ulaning:
@bulungurhayotii
By continuing to use our service, you agree to the use of cookies.
To find out more about how we use cookies, please review our Privacy Policy