'' Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo'lidagi qahromonlik unutilmaydi'' 9-may — Xotira va Qadrlash kuni — bu unutilmas sana jasorat timsoliga aylangan yurtdoshlarimizni yodga olish, ularning mardligi va Vatanga bo‘lgan sadoqatini hurmat bilan qadrlash kunidir.
Bu sana munosabati bilan Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tyutorlari N.Abduvafoyeva va Sh.Sadinova, fakultet koordinatori M.Tolibjonovlar boshchiligida faol talabalar ishtirokida Motamsaro Ona haykali yodgorligi poyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talaba-yoshlar yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini chuqur hurmat bilan yod etib, gulchambarlar qo‘ydilar. Ushbu tashrif yoshlarda vatanparvarlik, xotiraga sadoqat va tarixdan saboq olish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Xotira – bu o‘tmishdan saboq, kelajak uchun esa yo‘lchi yulduzdir.
Ajdodlar xotirasi — dilimizda, yuragimizda abadiy yashaydi.