У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
Сообщение
18
187
9.9 k
"Innovatsion g'oyalar yetakchisi" ko'krak nishoni uchun tanlovga hujjatlar qabuli davom etmoqda

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni 30-aprelga qadar tuman/shahar hokimiyatlarida va oliy ta'lim muassasalarida tuzilgan komissiyaga taqdim etishingiz zarur:

- Fotosurat (elektron, 9х12 oʻlchamda, orqa fon oq rangda, jpg/jpek formatda).
- Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasporti/ID karta rangli nusxada, pdf formatida).
- Nomzod maʼlumotnomasi (doc yoki docx formatida).
- Tavsiyanoma (doc yoki docx hamda tasdiqlangan pdf formatida).
- Ilm-fan vа innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlar (patent, sertifikatlar, maqtov yorliqlar vа boshqalar, barchasi bir pdf hujjatda jamlangan holda), (maʼlumotnomalar, ularning ishlanmalari haqida annotatsiyalar (200 ta soʻzdan koʻp boʻlmagan)).
- Tavsiyanomalar (tasdiqlangan pdf formatida) (agar mavjud boʻlsa).
- Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirish rejalashtirilgan yangi loyiha. Bunda ishtirokchi tomonidan oʻzining ilmiy, amaliy, innovatsion, fundamental yoki startap loyihasi taqdim etiladi.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
25.04.2025, 17:38
t.me/ilmiy_darajali_kadrlar/1218
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены