Сообщение
SU
408 подписчиков
81
Ba’zan ayrim "korchalon mutaxassis”lar o‘zini bozorga solib:

— “Dizaynni-ku maning o‘zim juda zo‘r bilaman, ammo o‘sha dizayn-pizayn qib o‘tirishga voqtim yo‘qroq. O‘ziz dizayn qib bering.”

Shunday paytlarda bunaqangi ish palon pulga aylanadi, desam:

— “O‘h-xo‘o‘... Ja qimmat etvormadizmi? Man bu dizaynlani narxi nech pulga aylanishini juda yaxshi bilaman” va hokazo naqldagi xabarlar yozib turishadi...

Shunga o‘xshash holatlarda bunday “korchalon”lar bilan biror kelishuvga erisha olmasligimizni anglagan holda, ularni boshqa dizaynerga yo‘naltirib yuboraman.

Aslida-ku, har kim o‘z ishini qilgani ma’qul. Dasturchi yoki boshqa kishi kelib dizaynerga “aqllilik” qilishi, uning kim bo‘lishidan qa’ti nazar, bozordagi narx-navoni bilib-bilmay turib, narxlarni o‘zim belgilayman, deyishi umuman aqlga to‘g‘ri kelmaydigan, nodonlarcha ish tutishdir!

Bunday kimsalar xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga baho berib ko‘rganimda, shuni anglayman-ki, ularning birortasi ham mazkur sohada arzigulik tajribasi yo‘q, "yuzama-yuzaki bilim olgan" (“o‘zicha mutaxassis”) kishilar (ba’zida, dasturchilar ham) bo‘lib chiqishadi. Oxir-qibat, aynan mana shuning uchun ham, bu kabi kimsalar bilan aslo ish ko‘rmaslikka intilaman...

Men birorta ustasi farang dasturchilar bilan ishlagan taqdirimda ham, ulardan biror marta ham:

— “Eee... Dizaynning manavi joyini mana bunaqa qilish kerak edi” yoki “Shuni o‘rniga dizaynni mana bundog‘ qilganingiz tuzukroqmasmidi?" kabi ihtehzolar eshitmaganman.

Hattoki, mobil ilovalar dasturchilari ham o‘zlarini sipo tutadilar. Ular:
— “Chamalanayotgan funksiyalar o‘ta murakkab bo‘lgan taqdirda ham, ularni amalga oshirish men uchun juda qiziq”, – deyishadi.

Binobarin, ular dizaynerning ishiga aralashmagani singari, narx-navo borasida ham hech tortishib o‘tirmay, o‘zlariga monand "yo‘g‘on-yo‘g‘on" narxlarni ovoza qilishadi...

Tan olish kerak, hozirgi kunda bozorda ochiqdan ochiq ayrim “noshud-u notavon” dizaynerlar ham, "tutruqsiz" dasturchilar ham uchraydi, hamda ular o‘z xizmatini choychaqagayam arzimaydigan o‘ta "past" narxlarga sotishgayam rozi. Ular tomonidan “qo‘l uchida apil-tapil” bajarilgan mahsulot bilan hamma tan olgan "ustasi-farang" mutaxassislar ishini tenglashtirish – bunday jiddiy yumushga g‘irt ahmoqona “surbetlarcha” yondashuvdir!

"Ustasi-farang" mutaxassislar mijozning "ojizona" byudjetiga zor emas. Bunaqangi vaziyatlarda mijoz ham o‘z fahm-farosatini mundoq ishlatib, mutaxassislar saviyasi orasida farqqa to‘g‘ri baho berishi lozim yoinki mo‘ljal qilinayotgan byudjetni "dadilroq" qilib aytaverishi o‘zining maqsadiga muvofiqdir.

@suxrobblog | #fikrlar
Продолжая пользоваться нашим сервисом, вы соглашаетесь на использование файлов cookie.
О том, как мы используем файлы cookie, ознакомьтесь в разделе Политика конфиденциальности