⚡️ “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi
Bugun 1-may kuni Bulungʻur tuman 2-son politexnikumida "Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumandagi umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari, ota-onalar, hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.
Tadbirda maktab oʻquvchilarining kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni politexnikumda mavjud ta’lim yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish, kelajakdagi kasb tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida mehmonlar uchun ochiq darslar, amaliy mashg‘ulotlar, ustaxonalar va laboratoriyalarga sayohatlar tashkil etildi.
Shuningdek politexnikimda tayyorlanadigan kasb va yo‘nalishlar haqida batafsil ma‘ĺumotlar berilib, oʻquvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Kanalga ulaning:
✅
@bulungurhayoti