Сообщение
BU
740 подписчиков
136
⚡️ Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda

Bugun 1-may kuni Bulung’ur tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi hamda tuman FHDY bo’limi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” kursining navbatdagi o’quv darslari tashkil etildi.

O’quv darslari davomida Bulung’ur tuman hokimi o’rinbosari Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i N.Mamadiyarova, tuman FHDY bo’limi mudirasi G.Bahritdinova, tuman otinoyisi I.Ravshanovalar tomonidan yosh oila quruvchilarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ularning porloq kelajagi va baxtli hayotlarini kafolatlovchi omil ekanligi to’g’risida tushunchalar berildi.

Bu kabi o’quvlarning tashkil etilishidan maqsad – yosh oilalarni xususiy muammolarini hal etishda ularning bir-birlarini qo’llab-quvvatlashlariga erishish, shuningdek, bir-birlariga nisbatan ishonch xissini qaror topdirishdan iboratdir.

Dars yakunida oila qurayotgan yoshlarga sertkfikatlar taqdim qilindi.

Kanalga ulaning:
@bulungurhayotii
Продолжая пользоваться нашим сервисом, вы соглашаетесь на использование файлов cookie.
О том, как мы используем файлы cookie, ознакомьтесь в разделе Политика конфиденциальности