✅Prezident davlat stipendiyalari bakalavriat boʻyicha oʻqiyotgan oxirgi kurs talabalariga hamda Nomdor davlat stipendiyalari bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.
✅Nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida, Prezident stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar esa ikki yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar.
✅Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng bir yil mobaynida magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘ladilar.
✅Men ana shu ustunlikka ikki marotaba erishdim.
🖥Kanalga obuna bo'lib qo'ysangiz ko'proq malumotlarga ega bo'lasiz❗️
🎓Maxmutullayeva's Study Blog 🚀