O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Mensagem
9-may – Xotira va qadrlash kuniga
bag‘ishlangan tadbirlar “Vatan ravnaqi,
tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik
unutilmaydi” shiori ostida o‘tkaziladi.

🧮 Tinchlik eng katta ne'matlardan biri hisoblanadi. Bu yil Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi nishonlanadi.

🇺🇿 Shu munosabat bilan urush qatnashchilari va nogironlarini, ularga tenglashtirilgan shaxslarni hamda 1941–1945-yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish bo'yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko'ra:
➖ Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 (o‘n ming) AQSH dollari miqdorida;

➖ Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m miqdorida;

➖ 1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.


📝 "BAG'DOD HAY
OTI" gazetasi | rasmiy kanal
26.04.2025, 09:35
t.me/bagdodhayoti/1414