O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Mensagem
AK
ATSO LIVE
772 assinantes
439
Talabalarning ma’naviyatini shakllantirish, dunyoqarashini boyitishda milliy o‘zligimizni aks ettirgan maskanlarda uyushtirilgan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Shunday maskanlardan biri poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni hisoblanadi. Adiblar xiyobonida qad rostlagan yozuvchi va shoirlarimizning haykallari timsolida o‘zbek millatining shonli o‘tmishi, bugungi erkin va ozod yurtni barpo etishda bosib o‘tilgan og‘ir hamda zalvorli yo‘llar ifodalangan. Bu o‘tmish zarvaraqlariga bitilgan va aslo unutilmaydigan tarixdir. 2025-yil 15-aprel kuni ushbu maskanda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi, O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi hamda Alfraganus universiteti hamkorligida “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi. Sayil davomida talabalar Besh tashabbus doirasida sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual bellashuvi, “Jadidlar merosi bilimdoni” ko‘rik tanlovida kuch sinashishdi. Shu bilan bir qatorda talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
15.04.2025, 18:32
t.me/akademiya_mima/1072
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas