Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi faollari tomonidan “Mehr ulashib” loyihasi davom ettirildi. Bu safar loyiha manzili Toshkent shahridagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati bo‘ldi. Faollarimiz ushbu ta’lim dargohiga tashrif buyurib, bu yerda tahsil olayotgan bolajonlar holidan xabar olishdi.