Mensagem
Kursni tugatib 5000$ daromad. Oʻqib yuboraymi? ))

Kecha fintech kompaniyada ishlaydigan dasturchi tanishim bilan gaplashgandim. 3 yillikdan ziyod tajribasi bor middle dasturchilar 1500$ gacha oylik olarkan ularda, senior dasturchilari esa 3000$ gacha oylik olarkan...

— Yuqoridagi kishi kursni tugatgan oʻquvchilariga qanday qilib 5000$ lik daromadga olib chiqarkan, hayronman. Dasturchilar yaxshi bosqichga chiqishi uchun ham kamida 3 yil kerak. Shunda ham dasturchi ba'zi joylarda junior daraja ololmasligi ham mumkin... Nega dasturchilar bu holatga jimgina kuzatmoqda, bozorni chala mutaxassislar egallab, hamma joyni rasvo qilib boʻldi oʻzi?!

— Sal insof bilan matnlarni yozinglar degim keladi. Bir qarasam dizaynerlar orasida ham kurslarni reklamasida 1 oyda 2000$ topasiz. Bir oyda junior boʻlasiz, 2-oyda middlesiz. 4-oyda Team Leader. Kulgim keladi, nima bu ahvol? 😂

P.S. Bularga qarshi kurashmasa, chala ekspertlar koʻpayadi!

@suxrobblo
g | #kurs
Ao continuar a utilizar o nosso serviço, você concorda com o uso de cookies.
Para saber mais sobre como usamos cookies, consulte nosso Política de Privacidade