Mensagem
OT
12 395 assinantes
Repostar
723
#Xalqaro_hamkorlik
#Polsha

“O‘zbekiston-Polsha II Rektorlar Forumi”

Aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar!
Ayni damda Polshaning poytaxti Varshavada bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston-Polsha II rektorlar forumi”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan ishtirok etyapmiz.

Ushbu forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston va Polsha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar almashinuvi sonini oshirish, professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdir.

Forum doirasida hamkorlik memorandumlarini imzolash, shuningdek, ta’lim tizimidagi eng yaxshi tajribalarni o‘rganish bo‘yicha muhim muzokaralar olib borilmoqda.

telegram | facebook | instagram | x
Ao continuar a utilizar o nosso serviço, você concorda com o uso de cookies.
Para saber mais sobre como usamos cookies, consulte nosso Política de Privacidade