O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Mensagem
OT
OTFIV | Toshkent
7 624 assinantes
7
10
806
❗️Prezident farmoni:

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlanadi.

Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti sifatida qayta tashkil etiladi.

Shuningdek:

➖ Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilinadi;

➖ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

Farmon bilan quyidagi 2 ta Kengash tashkil etilib, uning a’zolari tarkibi tasdiqlandi:

➖ Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash;

➖ Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengash.

✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
22.04.2025, 07:11
t.me/otfiv_toshkent_boshqarmasi/4383
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas