O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Mensagem
⚡️“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o’rkaziladi

Hurmatli fuqarolar!
Bu xalqaro tajribaga asoslangan holda amalga oshirilayotgan rejaviy, har yili o‘tkaziladigan profilaktik tadbir.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur jarayonlarga oid ma’lumotlarni to‘g‘ri talqin qilishlarini so‘rab qoladi.
Joriy yilning 5-11-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-sonli Qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta’minlash, aholining zilzilada harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkaziladi.

Haftalik davomida mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting!

✍️ Bulung’ur tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi.

Kanalga ulaning:
@bulungurhayotii
6.05.2025, 09:00
t.me/bulungurhayotii/20077