Mensagem
⚡️XOTIRA UYG‘ONSA GО‘ZAL

Bugun tumandagi “Humo” istiroxat bog’ida joylashgan 11-son Madaniyat markazida kо‘p yillar davomida “Krasnogvardeysk” xо‘jaligi direktori bо‘lib ishlab, tumanda bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirishga munosib hissa qо‘shgan davlat mukofotlari sohibi Qо‘chqor Jumaniyozovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirda Qо‘chqor Jumaniyozov bilan yelkama-yelka bо‘lib ishlaganlar, shogirdlari, oila a’zolari, tuman va viloyat hokimliklarida ishlagan dо‘stlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Qur’on tilovat qilindi. Shogirdlari va dо‘stlari Qо‘chqor Jumaniyozovni shirin xotiralar bilan esga olishdi. Videootasvirda Qо‘chqor Jumaniyozov hayotiga va ish faoliyatiga doir fotolavhalar aks ettirildi.

Tadbir ishtirokchilari “Navrо‘z” bazmgohida bir piyola choy bahona Qо‘chqor Jumaniyozovni shirin xotiralar bilan esga olishdi.

✍️ Rabbim HOTAMOV

Kanalga ulaning:
@bulungurhayotii
Ao continuar a utilizar o nosso serviço, você concorda com o uso de cookies.
Para saber mais sobre como usamos cookies, consulte nosso Política de Privacidade