Andijon mahallasida yangi elektr uzatish tarmoqalari qurilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori ijrosi doirasida Oqoltin tumanida aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumanning Andijon mahallasida ushbu qaror asosida muhim loyihalardan biri hayotga tatbiq etilmoqda. Mahallada 111 ta elektr tayanch ustunlari o‘rnatildi va hozirda 4500 metr uzunlikdagi havo elektr tarmoqlari tortilib, 400 kVA hamda 250 kVA transformator punktlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining joylardagi amaliy natijasi bo‘lib, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda turmush sharoitlarini yaxshilash bilan birgalikda mahallada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik