Tomorqa yerlarini sug‘orishda samaradorlik oshmoqda
Boyovut tumanida aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanishini ta’minlash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Xususan, “Paxtakor” mahallasida ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib, umumiy uzunligi 1,1 kilometr bo‘lgan ariqlar tarmog‘ini betonlash ishlari dastur asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihaning hayotga tatbiq etilishi natijasida mahalla hududidagi tomorqa yerlariga suv yetkazib berish imkoniyati yaxshilanadi. Bu esa aholi bandligini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik