O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Mensagem
#YANGI NAShR

“Mustaqillik yillarida Toshkent toponomiyasidagi transformatsion jarayonlar (1991-2007-yillar)” nomli monografiya chop qilindi

✏️ OʼzR FА huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz katta ilmiy xodim, tarix fanlar doktori X.Buriyevaning “Mustaqillik yillarida Toshkent toponomiyasidagi transformatsion jarayonlar (1991-2007-yillar)” nomli monografiyasi chop qilindi.

✔️ Mazkur monografiyada Toshkent shahrining eng yangi davr tarixiy toponimiyasi tadkik etilib, jumladan, 1991-2007 yillarda Toshkent shahar toponimlari, ularning tarixiy xususiyatlari va ularga oid tarixiy ma’lumotlar o’rin olgan.

📍 Mustakillik yillari Toshkent joy nomlariga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlar shahar mikrotoponimlarini tartibga solish va joy nomlarida tarixiylik hamda milliylik jihatlarini ask ettirish muhim rol o’ynashiga alohida e’tibor qaratilgan. Toshkentning tarixiy toponimiyasiga oid mulohazalar shahar tarixining turli qirralari - siyosiy, mamuriy, iqtisodiy, madaniy, tarixiy topografiya, o’lkashunoslik sohalari bo’yicha keltirilgan.

▶️ Mazkur tadqiqotdan olingan ilmiy xulosalar mstaqillik davrining dastlabki yillarida Toshkent shahri tarixi xususida keng va aniq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

❗️ Kitob tarixchilar, boshqa ijtimoiy hamda tabiiy fanlar mutaxassislari va keng kitobxonlarga mo’ljallangan.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
25.04.2025, 16:44
t.me/anruz/22716
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas